Microsoft Word tarixi muhammadiy ziyouz com doc


TUJIB QABILASIDAN KELGAN ELCHILAR



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə349/473
tarix02.01.2022
ölçüsü1,39 Mb.
#44324
1   ...   345   346   347   348   349   350   351   352   ...   473
MDh1lrJ9on4m7H1hd68aQWzfLbKYSrvbtDN2Qbk8

TUJIB QABILASIDAN KELGAN ELCHILAR 
Tujib qabilasidan ersa, o‘n uch kishi elchi bo‘lib, Madinaga kelishdi. Zakotga chiqarishgan 
chorva mollarini birga haydab kelishgan edi. Bu qilgan ishlarini ko‘rib, Rasululloh ulardan 
bek rozi bo‘ldilar. Chunki bulardan boshqa hech bir qabiladan mundog‘ ish ko‘rilmagan 
edi. Rasululloh bilan ko‘rishib bo‘lgach, alar: 
— Yo Rasulalloh, chorva mollarimizdan Alloh buyurgan zakotlarimizni chiqazib sizga 
keltirdik, — deyishdi. 
Anda Rasululloh: 
— Ko‘p yaxshi. Lekin har yerdan olingan zakot mollarni shu yerning chog‘aylariga, kasb 
qilishdan ojiz qolgan muhtoj kishilarga berish kerakdir. Bir shahardan chiqqan zakotni, 
ikkinchi shaharga keltirib bermak loyiq emasdur. Bu mollarni o‘z yeringizga qaytarib 
borib, u yerning faqir, miskin muhtojlariga beringizlar, — deb buyurdilar. 
Anda: 
— Yo Rasulalloh, o‘z yerimizdagi faqirlarimizni to‘ydirdik. Alarni qanoatlantirib
ortiqchasini bu yerda keltirdik, — dedilar. 
Anda Rasululloh rozilik bildirib: 
— Agar banda bir yaxshilik ish qilmoqchi bo‘lsa, ul ishga chin ixlos, muhabbati bilan 
kirishmog‘i lozimdur. Ul agar shunday qilur ekan, bilsinki, Allohdan unga tavfiq 
yetmishdur. Bunday bo‘lgach, Islomga uning ko‘ngli ochilur, — dedilar. 
Rasulullohdan bu so‘zni eshitib, din ishlariga ko‘ngillari yanada qizg‘inlashdi. Qaytishga 
ko‘p shoshilmay, Qur’ondan qiroat o‘qishib, Islom hukmlaridan so‘rashgani turdilar. Buni 
ko‘rib, Rasululloh ulardan ko‘p rozi bo‘ldilar. Chunki bularning iymonlari yuzaki bo‘lmay, 
ongli ravishda Islomga kirdilar. So‘ngra o‘z yurtlariga qaytmoqchi bo‘lishib, 
Rasulullohdan ruxsat olgali kelishdi. Rasulullohning odatlari ersa, atrofdan kelgan 
elchilarga in’om qilmasdan qaytarmas edilar. Ul zot buyurdilarkim, bu qabila elchilariga 
boshqalardan ko‘proq in’om berilsin. Alar sovrunlarini olib bo‘lgach Rasululloh: 
— Sizlardan hech kim qolmadimi? — deb so‘radilar. 
— Yo Rasulalloh, qo‘sh poylab bir yosh bolamiz qoldi, — dedilar: 
Anda ul zot: 
— Ani kelturgaysiz, — deb buyurdilar. 
Kelgandan so‘ng ko‘rdilar, bir yosh o‘g‘lon emishdir. Ul aytdi: 
— Yo Rasulalloh, menim bu yo‘ldoshlarimning barchalari o‘z tilaklarini topdilar. Endi 
menim ham bir necha tilagim bordur. 
Anda Rasululloh: 
— Nima hojating bo‘lsa aytgil, — dedilar. 
Anda ul yosh bola: 
— Birinchi, Alloh mening gunohlarimni kechgay. Ikkinchi, rahmatidan meni yiroq 
qilmagay. Uchinchi, ko‘nglimga qanoat bergay, — dedi. 
Rasululloh ham: 
— Omin, shundog‘ bo‘lsin, — deb duo qildilar. Yana unga ham hadya berdilar. Shu bilan 
ular ham o‘z yurtlariga qaytishdi. 
Shu yili Rasululloh hajga borganlarida, bu o‘g‘ilning yo‘ldoshlarini ko‘rib qolib, ul bolani 
so‘radilar, ul ersa bu yili kelmagan edi. Ular aytdi: 
— Yo Rasulalloh, bu yerdan borgach, ul bolaning holi o‘zgardi. Shunday qanoatli kishi 
bo‘ldikim, agar dunYo xazinasi xalq ichida bo‘linur bo‘lsa, unga qarab qo‘ymagay, — 


Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   345   346   347   348   349   350   351   352   ...   473




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin