Microsoft Word tarixi muhammadiy ziyouz com doc


BANI HORIS QABILASINING ELCHILARI



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə347/473
tarix02.01.2022
ölçüsü1,39 Mb.
#44324
1   ...   343   344   345   346   347   348   349   350   ...   473
MDh1lrJ9on4m7H1hd68aQWzfLbKYSrvbtDN2Qbk8

BANI HORIS QABILASINING ELCHILARI 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Xolid ibn Validni Hars qabilasiga yubordilar va 
alarga avval ularni dinga da’vat etib, qabul qilmasalar jihod qilmoqliklarini buyurdilar. 
Bular ersa Najrondagi nasoro arablariga yaqin yerda turishar edi. Hazrati Xolid bu joyga 
keldi ersa, qabila ichiga jarchilar tarqatdi. Ular turib: 
— Ey odamlar, Islom diniga kiringlarkim, mol-jonlaring salomat qolib, oxiratinglar obod 
bo‘lgay,— deb qichqirdilar. 
Alar ham qabul qilishib, to‘p-to‘pi bilan Islom diniga kirgali turishdi. Hazrati Xolid boshliq 
butun askarlar qabila ichiga taralib, alarga Qur’on o‘qitib, Islom dinining asoslarini 
o‘rgatdilar. Bu voqeani bayon qilib Hazrati Xolid Rasulullohga xat yozdi ersa, shundoq 
javob keldi: «Islomga kirgan qabilalardan vakillar olib, o‘zi ham tezlikda qaytgay». 
Buyruq kelishi bilan qabila elchilarini olib, hammalari Madinaga keldilar. 
Bular ichida qabila kattalaridan Qays ibn Husayn, Yazid ibn Abdulmudon, Yazid ibn 
Mujmul va boshqa bir necha mashhur raislaridan bor edi. Bular bilan ko‘rishgandan 
so‘ngra o‘z ixtiyorlaricha dinga kirganlari uchun ularga rozilik bildirdilar. Ular ham 
Allohga ko‘p hamdu sano aytishdi. 
Bu qabila ersa Islomdan ilgari johiliyat zamonida qaysi qabila bilan urush qilsalar, u 
qabilani yengar edilar. Bu ish arablar ichida mashhur edi. Rasululloh ulardan shuni 
so‘rab: 
— Qabila urushlarida doim sizlar yengar edinglar, buning sababi nimadur? — dedilar. 


Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
298
Anda ular: 
— Yo Rasululloh, birlik ittifoqimizni hech vaqt buzmadik, birovga zulm qilib, o‘zimiz 
urush boshlamadik. Mazlumlik holda majburlik bilan urushga kirishdik, xorlik bilan 
yashamoqdan o‘limni ortiq ko‘rib, undan qochmadik, shuning uchun Alloh bizga yordam 
berdi, — deganlarida, Rasululloh bu so‘zni tasdiq qildilar. 
So‘ngra Qays ibn Husaynni butun qabila ustiga amir qo‘yib, qaytmoqqa ruxsat berdilar. 
Bir kuni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sahobalar bilan o‘ltirib edilar, ularga qarab: 
— Eng so‘nggi ummatlarim boshlariga bir zamon kelurkim, och qolgan bir to‘p kishilar 
o‘rtasiga qo‘yilgan bir tovoq oshni qanday talashib yesalar, menim ummatlarimni ham 
boshqalar shunday qilib yeydi, — dedilar. 
Buni eshitgan sahobalardan birovi turib: 
— Yo Rasulalloh, u kundagi ummatlaringiz ozlikdan boshqalardan yengilib, shundoq 
kunlarga qolg‘aylarmu? — deb so‘radilar. 
Anda Rasululloh: 
— Yo‘q, o‘sha kunda ham ummatlarimning sonlari ko‘p, lekin sifatlari yo‘qdur. 
Shundoqkim, alarda Islomiyatga to‘g‘ri kelmaydigan ikki yomon ish paydo bo‘lur. Birisi, 
xirsi dunYo bo‘lib, baxil bo‘lgaylar. Ikkinchisi, o‘limdan qo‘rqqaylar. Qachonkim o‘limdan 
qo‘rqib, jihoddan qochar ekanlar, ummatlarim xorlikka qolgay. Bu ummatning avvali 
nima bilan rivoj topgan bo‘lsa, eng oxiri ham shu bilan rivoj olg‘ay, — dedilar. 
Aqli yorug‘, fikri ochiq kishilarga shu so‘zlarning o‘ziyoq yetarlidur. Sollallohu alayhi 
vasallam. 

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   343   344   345   346   347   348   349   350   ...   473




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin