Microsoft Word tarixi muhammadiy ziyouz com doc



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə344/473
tarix02.01.2022
ölçüsü1,39 Mb.
#44324
1   ...   340   341   342   343   344   345   346   347   ...   473
MDh1lrJ9on4m7H1hd68aQWzfLbKYSrvbtDN2Qbk8

www.ziyouz.com kutubxonasi 
296
AZDI SHANU’A QABILASINING ELCHILARI 
Azdi Shanu’a qabilasidan bir jamoa kishilar elchi bo‘lishib, Madinaga kelishdi. Bularning 
raislari ersa Surad ibn Abdulloh nomli bir kishi edi. Rasulullohni ko‘rishlari bilanoq 
ko‘ngillari Islomga moyil bo‘lib, barchalari iymon keltirdilar. Rasululloh ko‘rdilarkim, 
bularning raislari fazl-sharafga ega bo‘lib, har ishga yararlik ekandur. Qavmining 
musulmonlariga uni amir qilib, Islomga kirmagan Yaman qabilalari bilan jihod qilmoqqa 
buyurdilar. Shu bilan o‘z yurtiga qaytgandan so‘ngra u yerlik musulmonlardan bir 
qo‘shin askar tayyorlab, jihod niyati bilan chiqdi. 
Jurash degan bir shaharga kelib Islomga taklif qildi ersa, qabul qilmagach, ularni qamal 
qildilar. Bu urush bir oyga cho‘zilib, har ikki tomondan anchagina odam chiqimga 
uchradilar. 
Shahar aylanasi qalin qo‘rg‘onlik, kuchlik qopqalik, eng tepalik joy bo‘lgani uchun uni 
olish musulmonlarga og‘irlashdi. Qal’abuzar jabduqlari yo‘qligidan dushmanni 
qo‘rg‘ondan chiqarmoq arg‘asida o‘zlarini ularga qochgan bo‘lib ko‘rsatdilar. Bularni 
qochdi deyishib qal’adan chiqib orqadan quvlashganicha Shukur degan tog‘ga 
yetganlarida musulmonlar qaytarma hujumga o‘tib, dushmanlaridan ko‘p kishini 
o‘ldirdilar. Qolganlarini ersa asir oldilar. 
Urush boshlanmasdan ilgari shu shahar xalqi Madina xabarini bilib kelmak uchun ikki 
kishi yubormish edi. Ular kelib, Rasululloh bilan ko‘rishdilar. Bularning Madinaga birinchi 
yo‘l kelishlari edi. Ko‘rishib bo‘lishlari bilan: 
— Shukur degan tog‘ni bilganinglar bormi, qay yerda bo‘lur? — deb sahobalardan 
so‘radilar. 
U ikki kishi bu so‘zni anglagach, darhol turishib: 
— Yo Rasulalloh, u bizning yerimizdur. U joyda nima ish bo‘ldi? — dedilar. 
Rasululloh bo‘lgan voqeani, ularning qirilganini aytib berdilar ersa, anglashlari hamon u 
ikkovi to‘xtovsiz yurishib o‘z ellariga kelishdi. Qarasalar xuddi Rasululloh aytgandek ish 
bo‘lmishdur. U shahar xalqi bu so‘zni anglashib ko‘ngillari Islomga moyil bo‘ldi. 
Madinaga qaytadan elchilar yuborishib, hammalari iymon keltirdilar. 
So‘ngra Rasululloh sollallohu alayhi vasallam u shahar atrofidagi yerlarni o‘zlariga ko‘ruq 
qilib berdilar. 

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   340   341   342   343   344   345   346   347   ...   473




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin