Microsoft Word tarixi muhammadiy ziyouz com doc


HIMYAR PODSHOSI ELCHILARI



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə345/473
tarix02.01.2022
ölçüsü1,39 Mb.
#44324
1   ...   341   342   343   344   345   346   347   348   ...   473
MDh1lrJ9on4m7H1hd68aQWzfLbKYSrvbtDN2Qbk8

HIMYAR PODSHOSI ELCHILARI 
Yaman viloyatida yashaydigan katta bir qabila bor edi. Uning podshosi Horis ibn 
Abdukulol ko‘rishmay turuboq Islom dinini qabul qildi. So‘ngra o‘zining musulmon 
bo‘lg‘onligini bildirib, Rasulullohga elchi yubordi. Elchi qo‘liga noma yozib bermish edi. 
Madinaga kelgach, Rasululloh bilan ko‘rishib nomani topshirdi. O‘qib ko‘rgach, shunday 
keng bir o‘lka podshosi boshliq butun xalqi bilan Islom dinini qabul qilganligi uchun 
Allohga hamdu sano aytdilar. So‘ngra ularning nomlariga shu mazmunda javob yozdilar: 
«Bismillahir rohmanir rohiym. 
Allohning elchisi Muhammaddan Horis ibn Kulolga va Maofir va Hamdon qabilalariga 
salom. Ulug‘ Allohga hamdu sano aytgandan keyin shulki, Tabuk g‘azotidan qaytgan 
kunlarimizda sizlarning yubormish elchilaringiz Madinaga kelishdi. Ular bilan ko‘rishib, 
yozgan nomalaringizni o‘qidik. U yoqda bo‘lgan butun xabarlarni keltirdilar. Hidoyat 
topib Islom dinini qabul qilganlaringizni anglab, Allohga hamdu sano aytdik. Endigi ish 
ersa, Allohga va aning Payg‘ambariga har ishda itoat qilursiz. Har kuni besh vaqt 
namozni o‘z vaqti bilan ado qilursiz. Boy kishilarning zakot berishlari farzdur. Zakotni 
chala bermasdan tugal bergaylar. Muhammad ersa Allohning yuborgan Payg‘ambaridur. 


Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
297
Boy-kambag‘al demay barcha mo’minlarni do‘st tutadur. Zakot—sadaqa yemoq 
Muhammadga va uning oilalariga halol emasdur. Zakot, sadaqani boy musulmonlardan 
olurmiz va ularni kambag‘al, faqir, miskin, muhtoj musulmonlarga berurmiz. Allohning 
amri shudir. 
Musulmonlardan yig‘ilgan zakot, sadaqalarni, boshqalardan olingan oliq-soliqlarni biz 
tomondan yuborilmish kishilarga topshiringlar. Bularning raislari ersa Mu’oz ibn 
Jabaldur. Bu kishi sizlardan rozi bo‘lib qaytsin. Assalomu alaykum va rohmatullohi va 
barokatuh». 

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   341   342   343   344   345   346   347   348   ...   473




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin