Microsoft Word tarixi muhammadiy ziyouz com doc


HAMDON QABILASI ELCHILARI



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə348/473
tarix02.01.2022
ölçüsü1,39 Mb.
#44324
1   ...   344   345   346   347   348   349   350   351   ...   473
MDh1lrJ9on4m7H1hd68aQWzfLbKYSrvbtDN2Qbk8

HAMDON QABILASI ELCHILARI 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yana Xolid ibn Validni Yaman viloyatiga yubordilar. 
U yerda yashayotgan katta qabilalarning birovi shu Hamdon qabilasi erdi. Hazrati Xolid u 
joyga borgach, olti oygacha xalq ichida yurib, ularni dinga da’vat qildi, lekin hech kim o‘z 
ixtiyoricha dinga kirguvchi bo‘lmadi. Bu xabar Rasulullohga yetdi ersa, bir noma yozib, 
Hazrati Alini yubordilar. Xolid ibn Validni o‘z oldilariga chaqirib oldilar. Hazrati Alini 
kelayotganlarini anglashib butun qabila xalqi to‘sishib chiqishdi. Shu chog‘da qaysi bir 
namoz vaqti kirgan edi. Hazrati Ali azon aytib, takbir tushirib, o‘z askarlari bilan saf 
bog‘lashib namoz o‘qidilar. Boshqa qabila xalqi ersa qarashib turdi. Namoz o‘qigandan 
so‘ngra Hazrati Ali Rasulullohning bularga yozgan xatlarini saf oldiga chiqib turib, butun 
xalqqa o‘qidilar. Bu muborak nomadagi so‘zlarni anglashlari bilan barchalarining 
ko‘ngillari Islomga moyil bo‘lib, iymon keltirdilar. 
So‘ngra bu voqeani Hazrati Ali yozib, Rasulullohga chopar bilan yubordilar. Xatni o‘qib, 
bu ulug‘ ne’mat shukronasi uchun darhol sajdaga bosh qo‘ydilar. Yaxshilik ko‘rilgan 
chog‘da shukr sajdasini qilish shuning uchun ummatlariga sunnat bo‘ldi. Rasululloh 
sajdadan bosh ko‘tarib: 
— Assalomu ala Hamdan, assalomu ala Hamdan, — deb ikki marta aytdilar. 
Bu qabila Hazrati Ali qo‘lida iymon keltirishgandan so‘ngra qabila kattalaridan bir necha 
kishilarni boshchi qilib, Madinaga elchi jo‘natmish edi. Shu orada ular ham kelishib qoldi. 
Bularning raislari Ibn Molik degan kishi erdi. Payg‘ambarimiz bilan ko‘rishgandan keyin, 
oldilarida turib arablar odatlaricha Rasulullohni, Islom dinini maqtab fasohat bilan 
kelishtirib bir qancha she’rlar o‘qidi. Chunki u zamon arablari o‘qish-yozishdan har 
qancha yiroq bo‘lsalar, yana ularning til o‘suklari eng yuqori ko‘tarilganlikdan qabila 
raislari shoir yoki notiq xatib bo‘lishlari eng ulug‘ sharaf sanalur edi. Shuning uchun 
Rasululloh arab odatlarini hurmatlab, o‘z oldida o‘qilgan she’rlarni zavq bilan eshitib, uni 
taqdirlar edilar. Shu kabi muning o‘qigan she’rini ham tinglab o‘ltirib, o‘qib bo‘lgach, uni 


Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
299
yaxshilab ruhini ko‘tardilar va uni butun Hamdon qabilasiga amir qilib yubordilar. 
Raziyallohu anhum. 

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   344   345   346   347   348   349   350   351   ...   473




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin