Microsoft Word tarixi muhammadiy ziyouz com doc



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə352/473
tarix02.01.2022
ölçüsü1,39 Mb.
#44324
1   ...   348   349   350   351   352   353   354   355   ...   473
MDh1lrJ9on4m7H1hd68aQWzfLbKYSrvbtDN2Qbk8

BANI SA’D ELCHILARI 
Bani Sa’d qabilasidan Nu’mon nomli bir kishi shundog‘ rivoyat qilurkim: 
— Qabilamizdan bir necha kishilar bilan Rasulullohga elchi bo‘lib keldik. U chog‘da arab 
xalqi ikki sinf bo‘lmish edilar. Bir qismi ersa o‘z ixtiyoricha Islomga kirib, mol-jonlariga 
omon topmish edi. Islomni qabul qilmagan ikkinchi qismi qo‘rqinch ostida qolmish edilar. 
O‘z yerimizdan chiqqanimizcha to‘g‘ri kelib, Madina shahri ichiga kirdik. Masjid eshigi 
oldiga kelganimizda qarasak, bir janoza hozir turmishdir. Rasululloh kelib janoza 
namozini masjidda o‘qidilar. Biz ersak bir joyda bu namozga qatnashmay qarab turdik. 
So‘ngra namozdan bo‘shagach, bizga qaradilar. Bizni chaqirib: 
— Qaysi qabiladan bo‘lursiz? — deb so‘radilar. 
— Bani Sa’d Huzaymdan bo‘lurmiz, musulmon erurmiz, — dedik. 
— Andoq ersa, bu o‘lgan birodaringiz janozasiga nechuk qo‘shilmadingiz? — dedilar. 


Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
301
Anda biz aytdik: 
— Yo Rasulalloh, sizga bay’at bermasdan ilgari mundog‘ ishlar joiz bo‘lmagay, deb 
o‘yladik. 
Rasululloh aytdilar: 
— Qaysi joyda iymon keltirur ersangiz, to‘liq musulmon bo‘lursiz. Butun Islom hukmi 
sizga lozim bo‘lg‘ay. 
So‘ngra barchamiz qo‘llarini tutib, bay’at topshirdik va qaytib o‘z o‘rnimizga keldik. 
Ichimizda eng kichik yosh bir kishimizni qo‘shxonamizga qo‘yib ketgan edik, xiyol o‘tmay 
ortimizdan odam yuborib, Rasululloh bizni qaytarib keltirdilar. Bu yosh kishimiz ilgarilab 
kelib, Rasulullohga bay’at berdi. Biz ani taqdim qilib: 
— Yo Rasulalloh, bu kishi ichimizdagi eng kichigimiz va xizmatchimizdur, — dedik. 
Anda Rasululloh: 
— Sayyidilqavmi xodimuhum, ya’ni bir qavmning raisi, u qavmning xizmatchisi bo‘lur. 
Alloh unga barakot bersin, — deb duo qildilar. 
Shu onda duolari qabul bo‘lib, barimizdan Qur’onni yaxshi o‘qidi. Unga kun sayin qilgan 
ishlari barakotlik bo‘ldi. Muni ko‘rib, Rasululloh uni namozda bizga imom qildilar. Yosh 
bo‘lsa ham aqli va axloqi ortiq bo‘lganlikdan qabilamiz ustiga uni amir qo‘ydilar. So‘ngra 
har qaysilarimiz bir necha uqiya kumushdan hadyalar olib, o‘z yurtimizga qaytdik. 

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   348   349   350   351   352   353   354   355   ...   473




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin