Microsoft Word tarixi muhammadiy ziyouz com doc



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə367/473
tarix02.01.2022
ölçüsü1,39 Mb.
#44324
1   ...   363   364   365   366   367   368   369   370   ...   473
MDh1lrJ9on4m7H1hd68aQWzfLbKYSrvbtDN2Qbk8

www.ziyouz.com kutubxonasi 
313
Endi oqillar oldida bu ochiq masaladurkim, bir necha soat ichida boshqa bir tillik kishidan 
Qur’onga o‘xshash kitob aytgudek darajada ilm o‘rganish hech bir mumkin emasdur. Aqli 
o‘zida bor kishilar buni xayoliga ham keltira olmagaylar. Nasturo rohibga o‘xshash bir 
kishi emas, yana shunga o‘xshash milyonlab olimlar yig‘ilsanlar ham Qur’onning «Inno 
a’tayno» kabi bir qisqa surasini ham chiqara olmagaylar. 
Ahli kitob olimlari Rasulullohni sinamoq uchun Tavrot va Injilda yozilmish birmuncha 
xabarlardan so‘rashdilar. Muso bilan Hizr alayhissalomlarning suhbatlaridan, Yusuf 
alayhissalom va uning akalari haqidagi voqealaridan, Ashobi Kahf, Zulqarnayn 
xabarlaridan, inson ruhining haqiqati nima ekanligidan Rasulullohga savol berdilar. Vahiy 
orqali bu savollar Rasulullohga ma’lum bo‘ldi. So‘ragan savollariga qanoatlantirib javob 
berdilar. Alar ko‘rdilarkim, Rasulullohning bergan javoblari o‘z kitoblari Tavrot va Injilga 
to‘g‘ri kelib, tasdiq qilmoqdan o‘zga chora topolmadilar. 
Muhammad javobi to‘g‘ridur, deb iqror qildilar. Ba’zilari insofga kelib, iymon keltirgan 
bo‘lsa ham kufr, hasad balchig‘iga botgan bir qanchalari bu ulug‘ ne’matdan quruq 
qolishdi. 
Chunki haqiqiy hidoyat Allohdan bo‘lsa ham, hidoyat talab qilmoq bandaning vazifasidur. 
Talab qilmagan kishilarni hidoyat qilmoqqa qudrati yetsa ham uni ato qilmaydur. Banda 
o‘z ixtiyoricha kelib tavba eshigini qoqib, Allohdan hidoyat so‘ramog‘i kerakdur. 
Banda so‘ramaguncha, ul eshikni ochmoq Allohga odat emasdur. 
Endi Qur’onda xabar berilmish g‘ayb ishlarning hammasini bu o‘rinda yozmoqchi bo‘lsak, 
bir kitob bo‘lur. Yuqorida yozilgan so‘zlarimiz ersa daryodan bir tomchidur. 
Yana shuni bilmak kerakkim, Qur’onning mo’jizaligini aql ishlatgan, fikr yurgizgan 
kishilar boshqalardan yaxshiroq bilgaylar. Islom dinining haqligini bilgudek, haq yo‘lni 
botil yo‘ldan ajratgudek aqlni Alloh taolo barchaga bermishdur. Shunchalik aqlning 
bo‘lishi bari insonda barobardur. Shuning uchun Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi 
vasallam marhamat qilib: 
— «Qur’on sening foydangga hujjatdir yoki ziyoningga hujjatdur. Ya’ni, Qur’onga iymon 
keltirib aning yo‘lida o‘lsa, foydasi uchun hujjat bo‘lgay, yo‘q esa, ziyoni bo‘lib chiqqay. 
Qur’on Yer ustiga kelgandan keyin unga iymon keltirib amal qilmaganlarning Xudo oldida 
uzr aytgudek tillari yo‘qdur. 
O‘tgan payg‘ambarlarga berilgan mo’jizalar ular dunyodan o‘tgandan so‘ngra ummatlari 
qo‘lida qolgani yo‘qdur. Ammo menga berilgan mo’jizalarning eng ulug‘i Qur’ondur. Buni 
ummatlarim qo‘lida qoldirdim. Unga amal qilgan kishilar ersa qiyomatgacha haq yo‘ldin 
adashmagaylar, — dedilar. 
Qur’onda 114 sura bo‘lib, bir rivoyatda 6666ta oyat bordur. Bundan mingta oyat 
amrdur, ya’ni Alloh taoloning buyruqlaridurkim, ularni qilmoqqa mo’min bandalarni 
buyurmishdur. Yana ming oyat nahiydur, ya’ni, mo’min bandalarini qilmanglar, deb 
qaytargan ishlaridur. 
«Amr» buyurmoq, «nahiy» qaytarmoqdur. Allohning buyurgan ishlari ersa barchasi 
yaxshilikdur, aning qaytargan ishlari bari zararlikdur. Demak, Alloh taolo insonlarni 
yaxshilikka buyurib, yomonlikdan qaytarmish ekandur. Yana ming oyati va’dadur, ya’ni, 
Alloh taolo Qur’onga amal qilgan bandalariga dunyoda oxiratda yaxshilik berurman, deb 
shu oyatlarda va’da bermishdur. 
Yana ming oyati va’iddur, ya’ni, Qur’onga amal qilmaganlarni dunyoda va oxiratda azob 
qilgayman, deb shu oyatlarda qo‘rqitmishdur. 
Yana mingta oyat ilgarigi ummatlarning, Payg‘ambarlarning tarixlaridur. Ya’ni, qaysi 
qavmga qaysi payg‘ambar keldi? Iymon keltirgan, keltirmaganlarning hollari qandoq 
bo‘ldi? Payg‘ambarga qarshilik qilgan qavmlar boshiga xudo tarafidan qanday balolar 
keldi? Alarning qaysilari to‘fon suvida g‘arq bo‘lib, ba’zilari g‘azab yeli bilan halok 


Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   363   364   365   366   367   368   369   370   ...   473




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin