Microsoft Word tarixi muhammadiy ziyouz com doc



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə370/473
tarix02.01.2022
ölçüsü1,39 Mb.
#44324
1   ...   366   367   368   369   370   371   372   373   ...   473
MDh1lrJ9on4m7H1hd68aQWzfLbKYSrvbtDN2Qbk8

IKKINCHI MO’JIZA 
Raddish-Shams, ya’ni, botib ketgan quyoshni qaytarmoqdur. Bu voqea shundoq erdikim
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Xaybar urushidan qaytishlarida butun askar bilan 
Sahbo’ degan joyga kelib tushdilar. Shu yerda Hazrati Alining tizzasiga bosh qo‘yib 
yotib, ko‘zlari uyquga ketdi. Hazrati Ali ersa asr namozini o‘qimagan edi. Uyqulari 
buzilmasin deb qimirlamay o‘ltira berdi. Bir vaqtda Rasululloh uyqudan uyg‘ondilar, 
qarasalar kun botmishdur. 
— Asr namozini o‘qidingmi? — deb Hazrati Alidan so‘radilar. 


Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
316
— Yo Rasulalloh, uyqungiz buzilmasin deb qimirlamasdan o‘ltirdim. Namoz vaqti o‘tdi, 
o‘qiyolmay qoldim, — dedi. 
Anda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 
Ey bor Xudoyo, agar Ali sening xizmating va mening xizmatim uchun o‘ltirgan bo‘la, 
botgan quyoshni qaytarg‘il, namozini o‘qib olsin, — dedilar ersa, darhol lop etib kun 
chiqdi. Hazrati Ali namozini o‘qib bo‘lishi bilan kun botib, qorong‘ulik bosdi. 
Bundog‘ ishlarning bo‘lishi Xudo qudratiga qaralsa hech narsa emasdur. Oy-kunlarning 
chiqishi, botishi Alloh amri bilan bo‘lur. O‘n sakkiz ming olamda aning hukmidan tashqari 
qilchalik ish yo‘qdur. Ishondik, iymon keltirdik, ey rabbim, iymonimizni mangulik qil. 
Omin! 

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   366   367   368   369   370   371   372   373   ...   473




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin