Microsoft Word tarixi muhammadiy ziyouz com doc



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə368/473
tarix02.01.2022
ölçüsü1,39 Mb.
#44324
1   ...   364   365   366   367   368   369   370   371   ...   473
MDh1lrJ9on4m7H1hd68aQWzfLbKYSrvbtDN2Qbk8

www.ziyouz.com kutubxonasi 
314
bo‘ldilar. Horunni mol-mulki bilan qo‘shib yer yutdi. Muso alayhissalom bilan Fir’avnni, 
Ibrohim alayhissalom bilan Namrud qissalarini, bulardan boshqa tarixiy voqe’alarni shu 
oyatlarda bayon qildi. Yana mingta oyat bilan ibrat olurlik har turli misollar, aql 
o‘rgatgudek hikmatli so‘zlar keltirdi. 
Besh yuz oyat halol, harom narsalarni ajratmoq uchun keldi. Islom shariatidagi borliq 
halol harom narsalar shu oyatlar bilan ajradi. 
Yuz oyat erta-kechda bandaning qanday duo qilishi kerak, Allohga qanday zikr, tasbeh 
aytishi lozim shularni bildiradi. 
Qolmish oltmish olti oyat ersa, ularni mansux demishlardur. Buning ma’nosi ersa, bu 
oltmish olti oyatlarning hukmi vaqtlik yurgizilmish edi. Vaqti yetgan o‘rinlariga boshqa 
oyatlar tushib, ilgarigi oyat hukmi to‘xtaldi, demakdur. Mana shunday bo‘lganni mansux 
oyati deb aytilur. Bundog‘ oyatlardan ba’zilarini Alloh taolo butunlay unutdirmish edi. 
Payg‘ambarimiz boshliq barcha sahobalar unday oyatlarni hech vaqt esga olmaydilar. 
Ba’zilari esa hukmlari ko‘tarilib, Qur’onda tilovatlari qolmishdur. Masalan, Kofirun surasi 
shundog‘dir. Qolganlari ersa Qur’onda oyatlari o‘qilib tilovat qilinur. 
Alloh taolo mansux oyatlarini bayon qilib Baqara surasida bu oyatni kelturdi: «Ma 
nansax min oyatin av nunsiho na’ti bixayrin minho av misliho alam ta’lam annalloha ala 
kulli shay’in qodir». Ma’nosi: «Qur’on oyatlaridan hech birining hukmini ko‘tarmadik yoki 
unuttirmadik. Agar shunday qilgan bo‘lsak andin yaxshiroq, foydaliroqni yo uning 
o‘xshashini keltirdik», demakdir. 
Qur’onning boshi Fotiha surasi, oyog‘i An-Nos surasi bo‘lib, uning tuzilish tartibi Lavhul 
mahfuzning tartibiga to‘g‘ridur. Lavhul mahfuzdagi Qur’on qudrat qalami bilan shu 
tartibda yozilmish edi. Jabroil alayhissalom Qur’on oyatlarini Lavhul mahfuzga to‘g‘rilab 
Payg‘ambarimizga o‘qib berdilar. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam sahobalarga 
buyurib shu kundagi Qur’on tartibicha qilib yozdirdilar. Qur’onning bu tartib yozilishi 
uning birinchi yozilishidur. 
Suyaklarga, taxta parchalariga, xat yozgudek har xil toza narsalarga yozib qo‘yilmish 
edi. Qur’onni butun yod olgan sanoqlik kishilar ham bor edi. Rasulullohning tirik 
vaqtlaridayoq Qur’on yozilmish ham sahobalar ko‘ngillarida yodlamish edilar. 
Ammo Qur’onning kitob suratiga keltirib, qog‘oz ustiga yozilishi ersa Hazrati Abu Bakr 
Siddiq xalifalik davrida butun sahobalarning ittifoqlari bilan amalga oshirilmishdir. 
Hazrati Usmon davriga kelguncha butun musulmonlar o‘qigan Qur’onlar ersa shu 
nusxadan olinmish edi. So‘ngra Qur’on qiroatida ixtilof chiqqach, shu nusxadan to‘rt 
nusxa yozdirib, Islom olamiga tarqatdi. Boshqalarini kuydirishga buyurdi. Bizning shu 
kunlarda o‘qib yurgan Qur’onimiz o‘shal Hazrati Usmon raziyallohu anhu yozdirgan 
Qur’on nusxalaridandur. 
Qur’on «Bo» harfi bilan boshlanib «Sin» harfi bilan tugadi. Bu ikkovi qo‘shilsa, «Bas» 
bo‘lur. Ya’ni, ikki jahonni topmoqqa Qur’on yetur, demakdur. 
Bayt: 
Nechun «bo» birla «sin» kelmishdi Qur’on bosh oyog‘ida, 
Demak ikki jahonning rahbari chun «bas» demakdur. 
Ammo Qur’onning dunyoga kelish tartibi esa, yozilish tartibidan butunlay boshqadur. 
Chunki Qur’onning birinchi vahiyda kelgani Alaq surasi edi, so‘ngra Muddassir, undan 
keyin Muzzammildur, eng oxirgi sura ersa, Tavba surasi edi. 
Qur’onning ulug‘ mo‘jiza ekanligini yuqorida aytib o‘tdik. Lekin buning mo’jizaligini 
bilmak uchun aql yurgizmak, fikr ishlatmak kerakdur. Aql ko‘zi ochiq olimlar oldida 
Qur’onning mo’jizaligida hech shak yo‘qdur. 
Shuning uchun Alloh taolo Payg‘ambarimizga ikki turlik mo‘jiza bermishdur. Birisi aqliy 
mo‘jiza, ikkinchisi hissiy mo’jizadur. Aqliy mo‘jiza Qur’ondur, hissiy mo‘jiza deb xalqqa 


Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   364   365   366   367   368   369   370   371   ...   473




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin