Microsoft Word tarixi muhammadiy ziyouz com doc



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə371/473
tarix02.01.2022
ölçüsü1,39 Mb.
#44324
1   ...   367   368   369   370   371   372   373   374   ...   473
MDh1lrJ9on4m7H1hd68aQWzfLbKYSrvbtDN2Qbk8

UCHINCHI MO’JIZA 
Bu ersa daraxtlar tilga kelib Payg‘ambarimizga salom berishidir. Bu mo’jizani ko‘zlari 
bilan ko‘rgan yaqin yuz sahoba rivoyat qildi. Bular ichida chahoryorlar boshliq, ulug‘ 
sahobalardan ko‘p kishilar bordir. 
Hazrati Umar rivoyat qilur: 
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan g‘azot safariga chiqdik. Yo‘lda ketayotgan bir 
a’robiyni ko‘rib: 
Qayon borursan? — deb so‘radilar ersa: 
Uyimga borurman, dedi. 
Shunda ul zot: 
Yaxshilik topmoqqa qandaysan? — deb edilar, u nimadur dedi. 
Anda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 
— Meni Alloh taolo butun Yer ustiga Payg‘ambar qilib yubordi, yaxshilikka yetganing 
shuldur, deb marhamat qildilar. 
A’robiy: 
— Men sening Payg‘ambarligingni qaydin bilurman? Bu aytgan so‘zing rostligiga kim 
guvohlik bera olur? — dedi. 
Anda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam soy ichida ko‘rinib turgan bir tup daraxtga 
qarab: 
— Ana shu daraxt menim Payg‘ambarligimga guvohlik berur. Sen unga borib, seni 
Rasululloh chorlaydi degil, kelib guvohlik bersun, — dedilar. 
A’robiy borib u yog‘ochga shu so‘zni aytdi. Daraxt oldi, orqa, ikki yoniga egilib qimirladi. 
Yer yorib tomirlarini sudraganicha to‘g‘ri Rasululloh oldilariga kelib: 
«Assalomu alayka yo Rasulalloh», deb salom berdi. 
A’robiy: 
— Daraxtga buyurgil, yana o‘z o‘rniga qaytsun, — dedi. 
Rasululloh amr qildilar ersa, ildizlarini chuvalandirganicha qaytib borib, o‘z joyiga 
o‘rnashdi. Bu ulug‘ mo’jizani ko‘rgan a’robiy darhol iymon keltirdi. So‘ngra: 
— Yo Rasulolloh, ruxsat bering, sizga sajda qilurman, — dedi. 
Anda Rasululloh: 
— Maxluqqa sajda qilmoq durust emasdur. Agar tuzuk bo‘lsa edi, xotinlar erlariga sajda 
qilsun, deb buyurgay edim, — dedilar. 
— Yo‘q esa ruxsat bering, qo‘l-oyog‘ingizni o‘payin,— dedi. 
O‘pishga ruxsat qildilar. 
Pir-ustozlar oyoq-qo‘llarini o‘pmaklik shundan qolgandur. 

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   367   368   369   370   371   372   373   374   ...   473




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin