Microsoft Word tarixi muhammadiy ziyouz com doc



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə379/473
tarix02.01.2022
ölçüsü1,39 Mb.
#44324
1   ...   375   376   377   378   379   380   381   382   ...   473
MDh1lrJ9on4m7H1hd68aQWzfLbKYSrvbtDN2Qbk8

O‘N BIRINCHI MO’JIZA 
Imom Buxoriy, Imom Termiziy Hazrati Anas ibn Molikdan shundog‘ rivoyat qilurlar: 
«Bir kuni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Hazrati Abu Bakr Siddiq, Hazrati Umar, 
Hazrati Usmon raziyallohu anhumlar hammalari birga Uhud tog‘iga kelishib, aning ustiga 
chiqdilar ersa, tog‘ titragani turdi. 
Anda Rasululloh: 
— Ey Uhud, to‘xta. Sening ustingdagi kishilarning birisi Allohning payg‘ambaridur, 
ikkinchisi, aning yori Siddiq akbardur, qolgan ikkovlari shahiddurlar,— deyishlari bilan 
darhol to‘xtadi. 
Endi bu voqeada uch mo‘jiza bordur: 
Birinchisi, Rasululloh tog‘ tepasiga chiqishlari bilan aning titrab ketishi; 
Ikkinchisi, Rasululloh so‘zlarini anglab darhol to‘xtalishi. 
Uchinchisi, kelasi g‘aybdan xabar berishlaridurkim, Hazrati Umar va Hazrati Usmon 
ikkovlari ham shahid bo‘ldilar. Birinchilarini Eron asiri Hurmuz kofir, namozda 
turganlarida xanjar urib shahid qildi. Ikkinchilarini ersa, o‘zaro chiqqan fitnachilar 
uylariga bostirib kirib o‘ldirishdi, raziyallohu anhum. 

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   375   376   377   378   379   380   381   382   ...   473




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin