Microsoft Word tarixi muhammadiy ziyouz com doc



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə377/473
tarix02.01.2022
ölçüsü1,39 Mb.
#44324
1   ...   373   374   375   376   377   378   379   380   ...   473
MDh1lrJ9on4m7H1hd68aQWzfLbKYSrvbtDN2Qbk8

TO‘QQIZINCHI MO’JIZA 
Jobir ibn Samura degan sahoba rivoyat qilur: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam 
aytdilar: 
— Makkada bir tosh bor edi. Payg‘ambar bo‘lishimdan ilgari bu tosh oldidan har vaqt 
o‘tar bo‘lsam: «Assalomu alaykum, yo Rasulalloh», deb menga salom berur edi. U toshni 
shu kunlarda ko‘rsam ham taniydurman». 


Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
319
Bu tosh ersa Makka shahrida Hazrati Abu Bakr Siddiq qo‘ralariga qarshi ko‘cha yuziga 
qo‘yilmish edi. Odamlar buni ziyorat qilur emishlar. Bu kunlarda ersa, ikki Haramga ega 
bo‘lib turgan kishilar bu esdalik muborak mo‘jiza toshni yo‘qotish qasdida qaysi 
chuqurga eltib tashladi ekan? 
Rasululloh zamonlaridan qolib, shundan buyon saqlanib kelgan ikki Haramdagi turgan 
tarixiy joylarni vayron qilgan bu kishilar mazkur esdalik muborak toshni albatta 
qo‘ymagan bo‘lsalar kerak. 
Makka qabristoni «Jannatul mu’allo»dur. Madina mozori «Jannatul baqi’» atalur. Bunda 
esa onalarimiz Hazrati Xadicha, Hazrati Oisha, Payg‘ambarimiz amakilari Hazrati Abbos, 
Hazrati Usmon, imomi Hasan raziyallohu anhumlar bor edilar. Bulardan boshqa Madina 
mozorida o‘n olti ming sahoba bor, deb rivoyat qilurlar. 
Mana shularning qabr gumbazlarini buzib yer bilan tekis qilibdilar. Nega bundog‘ desalar, 
ziyoratga kelgan kishilar bulardan madad talab qilib hojatlarini so‘raydilar, bu esa kufr 
emishdur. Vahhobiylar ersa, o‘z mazhablaridan boshqa musulmonlarni mushrik 
hisoblagaylar. Bu so‘z ersa Islom sharafiga bek ulug‘ xiyonatdur. Qur’oni karim sha’niga 
eng katta jinoyatdur. Bir kishini kofir qilmoq, uning qonini nohaq to‘kkandan 
yomonroqdur. Xudodan o‘zga narsaga sig‘inib, Allohni eskarmasdan, shuning o‘zidangina 
hojatini talab qilish shariatda durust emasdur. Bu ishga hammamiz ham iqrordurmiz. 
Chunki mahluqdan hech kimarsa inson bo‘lsin, yo farishta bo‘lsin, Allohdan madad 
topmaguncha o‘z kuchi bilan boshqa bir mahluqqa albatta yordam qila olmagay. Lekin 
xohi tirik, xohi o‘lik mozor, mashoyix, kiromlar ziyoratiga borib, bularni orachi qilib 
Allohdan hojat talab qilsalar, nima ziyoni bordur? Buning durustlig‘ida shar’an hech 
qanday shak yo‘qdur. 
Payg‘ambarlar, aziz avliyolar, boshqalarni Xudo oldida shafoat qilgaylar, bu ersa oyat va 
hadis bilan sobitdur. Islom ahlida bu ishga qarshilik qilguvchilar yo‘qdir. Dunyo 
podshohlari oldida zarrachalik ulug‘ martabalik kishilar ham muhtojlarning hojatlarini 
chiqarib, gunohliklarini podshodan tilab jazodan qutqaza oladilar. 
Ma’lumdurki, Qur’onning mingta oyati ersa tarix bayoni uzra kelmishdur. Tarixiy ishlarni 
saqlamoq, Islom yo‘lida ilmiy-amaliy xizmat ko‘rsatgan zotlarga hurmat ko‘rsatmak 
butun inson olamida eng yaxshi ko‘rilmish ishlarning birisidur. Hozirgi yigirmanchi asr 
madaniyati ustida boshqalar Yer olami ma’lumotiga qanoat qilmasdan, yuqorigi olam 
atalgan oy, kunga qarab intilmoqdadurlar. Imkoniyat ichidagi borliq narsalarning sababi 
topilgan taqdirda uning vujudga chiqishi aniqdir. 
1907 yilda Islom olamidagi musulmonlardan Arafotga yig‘ilgan hojilar soni ikki milyonga 
yetgan edi deb, ishonimlik kishilardan eshitgan edik. O‘shal zamon gazetalari 
xabarlaricha, yolg‘iz Namangon uezdiga qarashlik yerlardan mingdan ortiqroq kishi haj 
safariga chiqqan edilar. Bu kunlarda esa (1959 y.), hajga butun sovet tuprog‘idagi 
musulmonlardan yigirmadan ortiq emasdur. 
Bayt: 
Bilmas ersa hech kimarsa bu musibat bo‘lg‘usi, 
Bildi ersa qayg‘udin har kunda ming qiynalg‘usi. 
Imom Termiziy Hazrat Ali karamallohu vajhadan rivoyat qilur: 
«Bir kuni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan birga yurib, Makka shahri atrofini 
aylanishdik. Bizga to‘g‘ri kelgan daraxtlar, toshlar oldidan o‘tganimizda: «Assalomu 
alaykum, yo Rasulalloh», deb ochiq so‘zlab, salom berishur edi. Ayniqsa, Jabroil 
alayhissalom Payg‘ambarimizga birinchi vahiy keltirgan kuni Hiro tog‘idan uyga 
kelgunlaricha yo‘lda yo‘liqqan daraxtlar, toshlar hammasi salom qilishdi. Rasululloh 
alarning salomlariga javob qaytardilar». 


Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   373   374   375   376   377   378   379   380   ...   473




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin