Microsoft Word tarixi muhammadiy ziyouz com doc



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə380/473
tarix02.01.2022
ölçüsü1,39 Mb.
#44324
1   ...   376   377   378   379   380   381   382   383   ...   473
MDh1lrJ9on4m7H1hd68aQWzfLbKYSrvbtDN2Qbk8

O‘N IKKINCHI MO’JIZA 
Rasululloh qo‘llarida mayda ushoq toshlarning tasbeh aytishlaridur. 
Bu voqeani bir necha mashhur hadis olimlari o‘z kitoblarida keltiribdurlar. Imom 
Bayhakiy, Imom Tabaroniy Hazrati Abu Zardan rivoyat qilurlar. 
«Bir kuni Rasulullohni hilvatda topdim, yolg‘iz o‘ltirur ekanlar. Kelib salom berdim, javob 
bergan so‘ngida: 
— Ey Abu Zar, nima uchun kelding? — deb so‘radilar. 
— YO Rasulalloh, muhabbatingiz tortib keldi, — dedim. 
— O‘ltir, — deb iltifot qildilar, yonlariga o‘ltirdim. 
O‘zlari gapirmagach, men ham hech narsa so‘ramadim. So‘ngra ko‘p xiyol o‘tmay 
Hazrati Abu Bakr Siddiq shoshilgan kishidek ildam yurib kelib salom berdi, javob 
berganlaridan so‘ng: 
— Ey Abu Bakr Siddiq, seni kim keltirdi? — dedilar. 
— Yo Rasulalloh, sizning muhabbatingiz, — dedilar. 
— O‘ltir, — deb unga ham ishorat qildilar. 
Shunday qilib, ketma-ket Hazrati Umar, Hazrati Usmon ham kelishdi. Alardin ham 
shundog‘ so‘radilar ersa, javoblari biz aytgandek bo‘ldi. So‘ngra Rasululloh sollallohu 


Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
321
alayhi vasallam yerga qo‘l uzatib bir siqim mayda tosh oldilar. 
Hovuchlarini ochishlari bilan u mayda toshlar sado qilib tasbeh aytishgali turdi. Ari 
g‘o‘ng‘illagandek ularning tasbeh tovushlarini atrofda o‘ltirgan sahobalar eshitdilar. 
So‘ngra changallaridagi mayda toshlarni yerga qo‘ydilar. Tasbeh aytib turgan toshlar, 
yerga qo‘yishlari bilan to‘xtab, jim bo‘lib qolishdi. Yana ularni olib, Abu Bakr Siddiq 
olaqoniga qo‘yib edilar, yana tovushlari chiqdi. Andin olib yerga qo‘yib edilar, tasbehdan 
to‘xtadi. 
So‘ngra shu tartibda Hazrati Umar, Hazrati Usmon qo‘llariga soldilar, yana tasbeh aytgali 
turdi. 
Hazrat Ali u kuni yo‘q edilar. So‘ngra Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu 
uchovlaridan boshqa sahobalar qo‘llariga ham qo‘ydilar ersa, hech birlarining qo‘llarida 
tasbeh aytmadi». 
Bundan ma’lum bo‘ldikim, boshqa sahobalarga qaraganda choryorlarning Xudo oldida 
darajalari ulug‘ ekandir. Raziyallohu anhum. 

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   376   377   378   379   380   381   382   383   ...   473




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin