Microsoft Word tarixi muhammadiy ziyouz com doc



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə381/473
tarix02.01.2022
ölçüsü1,39 Mb.
#44324
1   ...   377   378   379   380   381   382   383   384   ...   473
MDh1lrJ9on4m7H1hd68aQWzfLbKYSrvbtDN2Qbk8

O‘N UCHINCHI MO’JIZA 
Anas ibn Molik rivoyat qilur: 
Bir kuni Rasulullohga bir kishi idish hadya berdi. Sahoblardin bir nechalari shu yerda 
o‘ltirishgan edi. Anda Rasululloh: 
— Shu hozirda bu idishdagi taom tasbeh aytib turadur. Men uning tovushini eshitdim, 
yaqinroq kel, sen ham eshitursan, — deb alardan biroviga buyurdilar. 
U kishi ham yaqinroq kelib, quloq soldi ersa, taomdan chiqqan tasbeh tovushini ochiq 
eshitdi. 
So‘ngra Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu taomdan og‘izlariga solib edilar, 
og‘izlarida turib yana tasbeh aytdi, muni ersa shu yerda bor sahobalar eshitdilar». 
Ibn Mas’ud ham: «Rasululloh bilan taom ustida o‘ltirgan chog‘imizda tasbeh aytgan 
taom tovushini ko‘p uqqanmiz», deb rivoyat qilur. 
Makkadan Madinaga Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hijrat qilib kelganlaridan 
so‘ngra muhojir, ansor sahobalar Alloh amri bilan ikki-ikkidan do‘stlashdilar. Shunda Abu 
Dardo bilan Salmon Forsiy o‘rtalarida do‘stlik bog‘lanmish edi. Bir kuni ikkovlari o‘ltirib 
edilar, oldilariga bir tovoq osh keltirdilar. Bu taomdan yeyayotganlarida osh tovog‘i 
tasbeh aytgani turdi. Buning tovushini har ikkovlari angladilar. Bu ham Rasulullohning 
mo’jizalaridan edi. 

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   377   378   379   380   381   382   383   384   ...   473




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin