Microsoft Word tarixi muhammadiy ziyouz com doc



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə384/473
tarix02.01.2022
ölçüsü1,39 Mb.
#44324
1   ...   380   381   382   383   384   385   386   387   ...   473
MDh1lrJ9on4m7H1hd68aQWzfLbKYSrvbtDN2Qbk8

O‘N BESHINCHI MO’JIZA 
Imom Ahmad, Imom Nasaiy hazrati Anasdan rivoyat qilurlar: 
«Madinalik sahobalardan bir kishining ishlatib yurgan tuyasi bor edi. Bir kuni u tuyaning 
xo‘yi buzilib, hech bir kimarsani yaqiniga keltirmaydigan bo‘ldi. Oldidan kelgan kishiga 
ajdarhodek og‘iz ochib, hujum qilur edi. Butun ishlari to‘xtab, tirikchilikdan qoldi. Nochor 


Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
323
bo‘lib u tuya egalari Rasulullohga arz qildilar: 
— Yo Rasulalloh, ishlatib turgan bir tuyamiz bor edi, ichishga va ekinlarimizga shul tuya 
bilan suv tashir edik. Nima bo‘ldiki, fe’li aynab, yaqiniga kishini keltirmaydurgan bo‘lib 
qoldi. Xurmo daraxtlarimiz va boshqa ekinlarimiz chanqoqlikdan qurishga yaqinlashdi. 
Buni anglab, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sahobalar bilan tuya bor joyga 
keldilar. Rasululloh tuya oldiga bormoqchi bo‘ldilar, anda tuya egalari: 
— Yo Rasulalloh, bu ersa quturgan itdek bo‘lmishdur. Sizga hujum qilg‘aymu deb 
qo‘rqamiz, — dedilar. 
— Yo‘q, menga hujum qilmas, — deb tuyaga qarab yurdilar. 
Tuya Rasulullohni ko‘rgach, darhol kelib oldilariga cho‘kib sajda qildi. Ul jonivor o‘z 
holicha tovushini chiqazib bukullab so‘zlagandek bo‘ldi. 
Ana Rasululloh: 
— Bu tuya sizlardan shikoyat qilur. Ko‘p ishlatib oz yedirur emishsiz. Endi ersa, andog‘ 
qilmagaysiz, to‘ydirib yediring, holiga qarab ishlatingiz, — dedilar. 
So‘ngra tuyani tutib egasiga topshirib edilar, burungidan ham yuvoshroq bo‘lib, hech 
qanday qarshilik qilmadi. Buni ko‘rgan tuya egalari: 
— Yo Rasulalloh, bu ersa aqli yo‘q hayvon bo‘laturib sizga sajda qildi. Biz aqllik insonlar 
nechukdirkim sizga sajda qilmagaymiz, ruxsat bering sizga sajda qilaylik, — dedilar. 
Anda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: 
Maxluqqa sajda qilmoq durust emasdur, balki mahluqlar o‘z holiqlariga sajda qilurlar. 
Agar mahluqqa sajda qilmoq ravo bo‘lur edi, xotunlar o‘z erlariga sajda qilur edilar, — 
dedilar. 
Erlarning haqlari xotinlari ustida naqadar ulug‘ ekanligi bu hadisdan ma’lum bo‘lsa ham, 
lekin sajdaga loyiq bo‘lguvchi erlar esa xotunlarning dunyolik, oxiratlik haqlarini 
qoldirmay bajarib turuvchi erlardir. 

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   380   381   382   383   384   385   386   387   ...   473




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin