Microsoft Word texnik tizimlarni boshqarish fanidan


-mavzu. Respublikada texnik tizimlar boshqarish taraqqiyotiga bog’lik



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/56
tarix16.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#181668
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   56
O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta Maxsus Ta’lim Vazirligi A

3-mavzu. Respublikada texnik tizimlar boshqarish taraqqiyotiga bog’lik
xukumat qaror va qonunlari, uning mazmun va vazifalari, tashkil qilish 
usullari va talablari. 
REJA: 
1.
O’zbekiston Respublikasining «Avtomobilь transporti to’g’risida»gi qonuni. 
(1998yil 29-avgust) 
2.
O’zbekiston Respublikasining «SHahar yo’lovchilar transporti to’g’risida»gi 
qonuni. (1997 yil 25-aprelь). 
3.
O’zbekiston avtomobilь transporti sohasida monopoliyadan chiqarish va 
boshqaruvni tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari Prizidentning 
2001 yil 4-iyundagi PF-2871 sonli farmoni va Vazirlar Maxkamasining 2001 yil 
5-iyundagi 245-sonli qarori. 
4.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 1998 yil 11-iyundagi 296-
sonli «O’zbekiston avtomobilь va daryo transporti agentligini tashkil etish 
to’g’risida»gi qarori. 
1. «Avtomobilь transporti to’g’risida»gi qonun. 
Mazkur qonunning maqsadi O’zbekiston Respublikasida avtomobilь transporti 
faoliyatining huquqiy asoslarini shakillantirishdan iboratdir. Qonunda quyidagi 
asosiy tushunchalar qo’llaniladi:
-avtomobilь transporti tarkibiga yuridik va jismoniy shaxslar kiruvchi, iqtisodiyot 
va aholining yo’lovchilari, bagaj va yuklarini, shu jumladan pochtani (yo’lovchi, 
bagaj, yuk) avtomobilda tashishga bo’lgan extiyojlarni ta’minlovchi ishlab chiqarish-
texnologiya majmui; 
-avtotransport vositalari-yo’lovchilar, bagaj, yuklar tashishga hamda maxsus ishlarni 
bajarishga mo’ljallangan avtomobillar, shatakchi avtomobillar, tirkama va yarim 
tirkamalar; 
-tashuvchi-mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlar asosida avtotransport 
vositasiga ega bo’lgan, tijorat asosida yo’lovchilar, bagaj yuklar tashish xizmatini 


18
ko’rsatadigan hamda bunga maxsus ruxsatnomasi (litsenziyasi) bo’lgan yuridik yoki 
jismoniy shaxs; 
-mijoz (yo’lovchi, yuk oluvchi, yuk junatuvchi)-tuzilgan tashish shartnomasiga 
muvofik tashuvchining xizmatlaridan foydalanuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs; 
Avtomobilь transporti to’g’risidagi qonun xujjatlari ushbu qonundan va 
boshqa qonun xujjatlaridan iboratdir.
SHahar yo’lovchilarini tashish sohasidagi 
munosabatlar O’zbekiston 
Respublikasining «SHahar yo’lovchilar transporti to’g’risida»gi qonun bilan ham 
tartibga solinadi. Yo’lovchilar, bagaj va yuklar tashish harakat xavfsizligini 
ta’minlash qoidalari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi tamonidan 
tasdiqlanadi. Agar O’zbekiston Respublikasining avtomobilь transporti to’g’risidagi 
qonun xujjatlarida nazarda to’tilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo’lsa
xalqaro shartnoma qoidalari qo’llanadi. Qonun 31 ta moddadan iborat bo’lib unda
avtomobilda tashish turlari, litsenziyalash, standartlash, davlat qonuniyati mahalliy 
organlarining asosiy vakolatlari, favkulotda holatlarda avtomobilь transportining ishi 
va xaqazolardan tashkil topgan va Oliy Majlis qarori bilan 1998 yil 29-avgustda 
tasdiqlangan. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin