Microsoft Word texnik tizimlarni boshqarish fanidan


-Mavzu: Boshqarish jarayonlarini tashkil etish. Transport va texnika



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/56
tarix16.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#181668
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56
O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta Maxsus Ta’lim Vazirligi A

2-Mavzu: Boshqarish jarayonlarini tashkil etish. Transport va texnika 
xizmati ko’rsatish korxonalarida menejmentning predmeti va tahil usuli. 
REJA: 
1. Transport va texnika xizmati ko’rsatish korxonalarida menejmentning predmeti 
va tahil usuli. 
2. Korxona iqtisodiyotini tahil qilish usullari. 
1. Transport va texnika xizmati ko’rsatish korxonalarida menejmentning 
predmeti va tahil usuli. 


12
Korxona bo’g’inlari va bo’linmalarining ishlab chiqarish-xo’jalik faoliyati 
natijalari umumiy iqtisodiy ko’rsatkichlarida ifodalanadi. 
Bu ko’rsatkichlar darajasi tsex, kism, bo’lim, bo’linmalar jamoasi ishiga bog’lik 
bo’lgan va bog’lik bo’lmagan bir qancha texnik, texnologik, ijtimoiy, tashkiliy, 
iqtisodiy omillarning ta’siri bilan belgilanadi; ana shu omillar birinchi navbatda
iqtisodiy tahil predmeti hisoblanadi.
Menejmentning (boshqarishning) xozirgi usullari, ayniqsa bozor iqtisodiyotiga o’tish 
davrida, iqtisodiy tahil oldiga ishlab chiqarish (xizmat ko’rsatish)dagi sifat 
o’zgarishlarini o’rganishga va ularning miqdor baholarini aniqlashga qaratilgan 
vazifalarini qo’yadi va ishlab chiqarishdagi foydalanilmayotgan imkoniyatlarni 
aniqlash, belgilangan ko’rsatkichlar, topshiriq va me’yorlardan chetga chiqish 
sabablarini ochish, qoniqarsiz ish olib borayotgan bo’lim va bo’linmalarni sabablarini
aniqlash muhim va kerakli hisoblanadi. Iqtisodiy tahil oldida turgan har qanday
vazifa, tsex, qismning ishlab chiqarish xo’jalik faoliyati o’zaro bir-biri bilan 
bog’langan texnik iqtisodiy va ishlab chiqarish – texnik ko’rsatkichlari bilan 
tavsiflanadi. Ijtimoiy va ishlab chiqarish munosabatlari o’rtasidagi sabab-oqibat 
bog’lanishlari aniqlanadi, dalillar umumlashtirilib, qonun qoidalar darajasiga 
keltiriladi ya’ni tamoyili aniqlanadi. Iqtisodiy dalillar birinchidan, umumlashtirish 
uchun axborot xizmatini o’taydi; ikkinchidan, ular nazariyani tekshirish uchun asos
bo’lib xizmat qiladi. Korxona iqtisodiyotiga ta’sir etuvchi omillar, manbalar, 
imkoniyatlar, sharoitlar, vokealar, xodisalar ko’p bo’lgani uchun ulardan asosiylarini 
ajratishda iqtisodiyotning tahil usullaridan foydalaniladi. 
Ular: - obstraktsiyalash usuli
- deduktiv usul 
- induktiv usul
Dalillarni tartibga keltirish bilan ma’lum tizimga solib xulosaga kelish 
abstraktsiyalash usulidir. Abstraktsiyalash – bu iqtisodiyotning ilmiy andozasini 
yaratishdir. 
Deduktiv usulida nazariyadan iqtisodiy dalillar tahiliga o’tiladi. Bunda olga 
surilgan g’oyalar, xulosalar qaytadan dalillar asosida tekshirilib ko’riladi, umumiy 


13
holatlar, qonunlar va tushunchalardan xususiy va yakka xollarga o’tish bilan 
aniqlanadi.
Induktiv usulida emprik bilimdan abstraktsiyaga o’tiladi, nazariy xulosalar 
chiqariladi, sungra ulardan iqtisodiy siyosatga o’tishda foydalaniladi. Bu usulda 
xususiy xollar umumiy holatlarga o’tish bilan aniqlanadi, ya’ni dastlabki kuzatuvlar 
va tajribalar umumlashtirilib va ularning natijalari tahil qilinib umumiy holatlar 
belgilanadi. Induktiv usul iqtisodiy tahilga ko’prok mos keladi: Imkoniyatlarni 
aniqlashda; me’yorlarning chetga chiqish sabablarini yechishda; ayrim bo’lim va 
bo’linmalarda ishning konikarsiz bajarilishini aniqlashda. 
ATK va AATXKKlari bo’lim va bo’linmalarining faoliyatini tahil etishda, 
asosan induktiv usul, ya’ni quyi ishlab chiqarish yoki xizmat ko’rsatish pogonasini 
tahil qilishdan boshlanib, yuqori pogonasigacha o’rganiladi.
Ba’zi bir holatlarda farmonlar, qonunlar, bo’yruklarni bajarish uchun korxona 
tizimida ham deduktiv usul qo’llanilishi mumkin, ya’ni yuqoridagi axvollar 
aniqlanadi, oldinda turgan maqsad va muammoga asosan quyi pogonalar tahil etiladi 
va boshqaruv yechimlari qabul qilinadi. Iqtisodiy tahilda esa ko’prok korxonada
ishlab chiqarish-xo’jalik ko’rsatkichlari atroflicha aniqlanadi. 
Masalan; Mehnat unumdorligining o’sishi ishlab chiqarish xajmini 
ko’paytirishning hal kiluvchi omili hisoblanadi. Uskunalar va jarayonlarning texnik 
va texnologik parametrlari yaxshilanishi tufayli ishlab chiqarish xajmining ko’payishi 
o’z navbatida Mehnat unumdorligi darajasiga va ishlab chiqarish xajmiga bog’lik. 
Iqtisodiy tahil qilishda asosiy manba bo’lib tsex va uchastkalar faoliyatining 
tezkor hisobga olish va hisobot ma’lumotlari xizmat qiladi. Tezkor hisobga olish va 
hisobot asosiy ishlab chiqarish ko’rsatkichlarini bajarganlik darajasi xaqida kunlik
va smenalik bildirgichlardan, ishbay ishchilarning ish me’yorini bajarganligi 
xaqidagi hisobotlaridan va boshqa tezkor xujjatlardan iborat bo’ladi. Yozuvlarning 
mazmuni va tartibi ishlab chiqarish jarayonining borishiga tezkor aralashish va zarur 
axborotlarni tsexdan tashqarisiga o’zatish imkoniyatini berishi kerak. Bir qancha 
xollarda iqtisodiy tahilning qo’shimcha manbai sifatida korxonaning statistika va 
buxgalteriya hisoboti maьlumotlari jalb qilinadi. Bu maьlumotlar oylik, chorak, 


14
yarim yillik va yillik bo’lishi mumkin. Bu ko’rsatkichlar tsexlar, uchastkalarning 
tezkor va yillik rejalarida, xo’jalik hisobi, tijorat hisobi, naryad - byurtmalarida, tsex 
va uchastkalarning tijorat hisobida, korxonaning yillik rejalarida mavjud. 
SHunday qilib, tsexda va uchastkalarda tezkor tahil qilish jarayoni quyidagi 
manbalarni tavsiya etish mumkin (1-jadval). 
1-jadval. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin