Microsoft Word texnik tizimlarni boshqarish fanidan


-Mavzu: Texnik tizimlarni boshqarish



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/56
tarix16.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#181668
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56
O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta Maxsus Ta’lim Vazirligi A

1-Mavzu: Texnik tizimlarni boshqarish. 
REJA: 


4
1.Fanni o’kitishdan maqsad. 
2.Fanning vazifalari. 
1.Fanni o’kitishdan maqsad. 
Fanning maqsadi tayyorlanadigan keng qamrovli mo’tahasisga texnik 
tizimlarni boshqarish bo’yicha ilmiy va amaliy bilimlar berish, texnik tizimlarni 
boshqarishni ilg’or zamonaviy uslublarni o’rgatish, fanga va o’z kasbiga qiziqishini 
orttirish. 
Jamiyat xayotida o’tgan XX asr fan va texnika asri sifatida tarix sahifalariga 
zarhal harflar bilan bitilganini yaxshi bilamiz. 
O’tgan yuz yillikning eng muhim mo’jizalaridan biri avtomobilning paydo 
bo’lishi, tarakkiy topishi, kundalik xayotimizning ajralmas bir qismiga, har jihatdan 
afzal zaruriy vositasiga aylangani bo’ldi. Bugun inson xayotini avtomobilsiz tasavvur 
etish mumkinmi?!
Yo’limizni yaqin qiladigan, bir zumda istagan malzilimizga eltib qo’yadigan 
avtotransport hisoblanadi. 
Qulayligi yana shundaki, u sizni istagan kuchangizga, qishloqqa, tog’u 
toshli manzillarga kirib boraveradi, yana tez harakatlanuvchi transport vositasi bo’lib, 
mo’ljaldagi joyingizga yetkazib qo’yadi, vaqtingizni tejaysiz, xiyotingizni mazmunli 
o’tishiga erishasiz. 
Avtotransport o’z mohiyati bilan yurtga farovonlik bag’ishlaydi, 
taraqqiyotimiz rivojini tezlashtiradi. 
O’zbekiston Respublikasi 1991 yil 31-avgust kuni Mustaqil deb e’lon 
qilingandan so’ng, respublikada avtomobilь ishlab chiqarish sanoatini barpo etishga, 
mavjud avtotransport vositalaridan samarali va unumli foydalanishga, xorijiy 
Davlatlardan yuqori darajali ishonchli hossalarga ega avtomobillarni sotib olishga 
hamda shu soha bo’yicha milliy mutaxasislar tayyorlashga qayta e’tibor berila 
boshlandi. 
Bugungi kunda jaxondagi avtomobillar soni 500 millionga yetdi, 2004 
yilga borib bu ko’rsatkich 580 millionni tashkil etishi ko’tilmokda. Buning 189 


5
millioni AQSH ga yana shunchasi Ovrupo mamlakatlariga to’g’ri keladi. Jaxonda 
ishlab chiqarilayotgan avtomobillarning uchdan birini Ovrupodagi avtomobil 
zavodlari ishlab chiqarmokda va bu har yili 13-14 mln avtomobilь demakdir. 
Avtotransport vositalarining holati quyidagicha: 
-engil avtomobillar AQSHda –130 mln, Germaniyada-35mln, Yaponiyada-
24,4 mln, Frantsiyada-20 mln. Angliyada-18 mln, Kanadada-11 mln. va 
O’zbekistonda-1 mln. dan ziyod. 
-yuk avtomobilari AQSHda-37 mln. Yaponiyada 8,5 mingta, Germaniyada-1,3 
mingta, Kanadada- 3,5 mingta, Frantsiyada- 2,9 mingta, O’zbekistonda esa 0,3 mln. 
-avtobuslar AQSHda-600mingta, Yaponiyada 230 mingta, Germaniyada-100 
mingta, Kanadada 55 mingta, Frantsiyada- 50 mingta, O’zbekistonda esa 200 ming. 
Angliyada 73 mingta. 
O’zbekiston Respublikasi ham o’zining ishlab chiqarayotgan avtomobillari 
bilan jahon bozoriga xissa qo’shmokda (O’zDEUavto, Samkochavto) yiliga bir necha 
yuz minglab yengil avtomobillar va avtobuslar ishlab chiqarmokda. 
Ushbu rakamlar qatoriga har yili tashiladigan 1 milliard tonnadan ziyod 
yuklar, 3 miliarddan ziyodrok yo’lovchilarni etiborga olinadigan bo’lsa faqat 
respublika avtomobilchilari emas, balki barcha ijrochilarimiz mutaxasislarimiz oldida 
ulkan iqtisodiy va boshqaruv muammolari o’z yechimini ko’tib turganini anglash 
kiyin emas.(Andijontrans ATK larini misol qilish kerak). 
CHunki bu ko’rsatkichlarning ikkinchi, uchinchi va keyingi bosqichlarda hal 
qilinuvchi boshqarish mexanizmlari (maqsadlar, qonunlar, nazariyalar., vazifalar, 
tamoyillar, andozalar, usullar ), boshqaruvchi tizimlar (statikada: boshqarishning 
tashkiliy tuzilishi-boshqarish organlari, kadrlar boshqaruvi, texnika; harakatda 
boshqaruv jarayonlari va boshqarish tizimini takomillashtirish), boshqaruvchi 
obektlarni tabiati, axborot almashish va xokazolar borki, ulardan kelib chiqib, 
zamonaviy bozor iqtisodiyotidagi ishlab chiqarish munosabatini yaratish, tashkilot va 
korxonalar iqtisodiyotini o’sishini ta’minlovchi ko’rsatma va tavsiyalar berish 
tadbirkorlik faoliyatida baho siyosatini o’rnatish oson muammo emas. 


6
Fanimizda avtotransport va texnika xizmati ko’rsatish korxonalari bo’g’inlari 
jamoasi ishiga bog’lik bo’lgan va bog’lik bo’lmagan texnik, texnologik, tashkiliy, 
iqtisodiy ko’rsatkichlarni darajasini aniqlash korxona ichidagi va tashqarisidagi 
holatlar, korxona bo’g’inlari orasidagi o’zaro bog’liqliklar, korxona rahbari va 
menejerlarining boshqarish yechimini qabul qilishi kabi xodisalar, munosabatlar 
jarayonlar, tizimlar obekt bo’lib xizmat etsa ularning xususiyatlari bilan bog’lik xolda 
yechilishi usul nuqtai nazaridan o’rganiladi. 
Avtotransport korxonalari menejmenti darsligining usuliga bozor munosabati 
taraqqiyotidan, jamiyat hodisalaridan, menejment fanidan kelib chiqadigan talablar 
asos qilib olinadi. Ularga binoan avtotransport korxonalari menejmentining uslublari 
yaratiladi. 
O’rganayotgan fanimiz ikki bo’limdan iborat bo’lib, birinchisida boshqarish 
jarayonini tashkil etishni umumiy muammosini tahil qilishga asosiy etibor qaratilgan. 
Bo’limda atotransport va aholi avtomobillariga texnik xizmat ko’rsatish 
korxonalarida: boshqarishnig yuqori bosqichida har xil mulkchilik sharoitida, 
transport tarmog’ida, texnik xizmat ko’rsatish sohasida boshqarish jarayonini tashkil 
etishning nazariy asoslari ko’riladi. 
Boshqarish jarayonining alohida funktsiyalari ko’rib chiqiladi. Bazi holatda 
bajariladigan ish tartibi tahil qilinsa u boshqa holatda – sub’ektlar, uchinchi holatda-
jarayonlarning mazmuni tahil qilinadi. Uni boshqarish jarayonining yo’nalishi 
tavsifi ko’pligini ongli ravishda inobatga olish maqsadida shunday qilinadi. 
Ikkinchi bo’lim avtomobilь transporti va aholi avtomobillariga texnika 
xizmati ko’rsatish korxonalari iqtisodiyotni boshqarishga bag’ishlangan. Bunda har 
qanday korxona ko’pgina iqtisodiy fanlar ta’sirida bo’lib ularning istiqbolli iqtisodiy 
qonunlari, nazariyalari, tamoyillari va andozalar asosida rivojlanishi innovatsiya 
(g’oya)larini amalda joriy qilish lozimligi yoritiladi. CHeklangan resurslardan 
samarali foydalanish, jarayonlar oqilona tashkil etish boshqarish va muntazam 
takomillashtirish manbalaridan biri bo’lib qolishi aytiladi. SHu bilan birga
o’rganilayotgan darsligimizda iqtisodiyotni boshqarish, zamonaviy ishlab chiqarish 
munosabatlari faoliyatini rivojlantirish, korxona bo’g’inlarida, resurslardan, asosiy 


7
sarmoyalardan tejamli foydalanishga, korxona iqtisodiyotida texnologik jarayonlarni 
loyihalash va ularni iqtisodiy baholash, korxona iqtisodiyotini boshqarishda 
menejerlarning roli, ijtimoiy guruhlarning faolligi, iqtisodiyotni boshqarish 
infrostrukturasi ko’rsatilgan. 
Korxona faoliyati elementlarini hisobga olish, iqtisodiy tahil qilishning ishlab 
chiqarish yoki xizmat ko’rsatish jarayonini tezkor va strategik boshqarish kabilarni 
yoritishga e’tibor berilgan. 
Fanimizning 
korxona 
menejmentidagi 
o’zaro 
aloqalar 
va 
umumiy 
boshqarishdagi muammolarni atroflicha yoritishdan iborat. Har bir korxona o’ziga 
xos, o’z maqsad va ahamiyati bor, o’zining masala va muammolarini o’zi yechadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin