Microsoft Word texnik tizimlarni boshqarish fanidan



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/56
tarix16.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#181668
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56
O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta Maxsus Ta’lim Vazirligi A

2. Faning vazifalari. 
Avtomobillarga firma usulida xizmat ko’rsatishni tashkil etish yo’llari, Bularni 
tashkil etishdagi iqtisodiy muammolari hal qilish bilan bog’lik bo’lgan muhandislik 
masalalariga muqobilona yondashish asosida tajriba, hisoblash va komьpyuter 
texnologiyasidan foydalanib o’qitish va yetkazishdir. 
Tarmokda ish sharoiti bilan bog’lik bo’lgan davlat qonunlari, texnik –
texnologik va loyihalash meьyoriy xujjatlar hamda firmalar ish usullari bilan 
tanishtirish, sistemali tahilning dasturiy maqsad va oldindan baholash usullarini 
o’zlashtirish, ishlab chiqarishdagi qarama-qarshiliklar, kamchiliklarni ko’ra 
bilish,odamlar bilan hamkorlikda ishlashni o’rgatish. 
Jamiyatimizning barcha sohasida, tashkilotlarda, korxonalarida insonlar 
ishlaydi, o’kiydi, maьlum vazifalar bajaradi, ular faoliyatini boshqaradi. 
O’zbekiston respublikasida davlat tasarrufida yarim millionga yakin turli 
quvvatga ega 2000 dan ziyod korxonalarda faoliyat ko’rsatmokda. (Andijontrans, 
Agentlik, Viloyatdagi ATK larni misol qilib aytish kerak). Aholi avtomobillari esa bir 
milliondan ortiq. Bularga texnik xizmat ko’rsatish uchun qator korxonalar mavjud. 
Transport vositasi xayotimiz va xo’jaligimizning «qon tomiri»ga o’xshatilishi bejiz 
emas. U yo’l va haydovchilarsiz, ularni taьminlovchi korxonalarsiz samarali, 


8
maqsadga muofiq ravishda aholiga va xalq xo’jaligiga transport xizmati ko’rsata 
olmaydi. 
Bu tizim muntazam rivojlanishda takomillashishdadir. Demak transport 
korxonalarining hodim yoki kadrlariga samarali ta’sir etib, oldilariga qo’yilgan 
maqsadlariga erishtirish korxona rahbari (egasi)dan bo’lim va bo’linmalar 
menejerlaridan har bir bo’g’in ijrochilaridan atroflicha yetuklik har davrning, faslning 
muhitning haroratini idrok qilgan xolda hozir javobgarlik talab qilinadi. Har xudud, 
jamoa, jamiyat, tabiat, xattoki har bir individning o’ziga xos qoidalari, tamoyillari, 
qonunlari, nazariya va bilimlari tinimsiz o’rganib, o’zgarib turadi. SHuning uchun bu 
yo’nalishda korxona maqsadiga erishishi uchun kadrlar saloxiyatidan samarali 
foydalanish usullari, bajariladigan ish tartiblari fanning predmeti bo’lib xizmat qilishi 
mumkin. 
Har qanday fan boshqa fanlardan o’z predmeti xususiyatlari bilan farq 
qilganidek, avtotransport korxonalarida menejment fanining predmetini ikkiga bo’lib 
qaraymiz: 
1. kadr (hodim)lar ruxiyatining predmeti. 
2. korxona iqtisodiyotining predmeti. 
Korxonada ishlayotgan hodimlar ruxiyatining predmeti deyilganda, avvalo, 
ruxiy xayotning muayyan dalillari nazarda to’tiladi, ruxiy xayotga doir har bir dalil 
esa ham miqdor ham sifat jihatdan tavsifli xususiyatlarga ega. Insonning idrok qilishi, 
xotira, tafakkur, iroda, xissiyoti ichki dunyosini, uning ruxiy xayotini tashkil etsa, 
insonning tevarak atrofdagi narsalar o’zgarib tursa ham idrok qilingan predmetning 
inson ongidagi obrazi nisbatan o’zgarmay kolaveradi. SHuning uchun ham ruxiy 
dalillar bilan birgalikda ruxiy qonunlar psixologiyada o’rganiladigan predmet bo’lib 
yuzaga chiqkan. 
Avtotransport va TXK korxonalari iqtisodiyotining predmetiga kelganda 
shuni aniq ajrata bilish lozimki, har qanday korxona – bu umumiy maqsad yo’lida 
ongli birlashgan insonlar faoliyat ko’rsatadigan guruh. Korxona maqsadiga erishsa
demak korxona hodimlari yutuqqa erishgan hisoblanadi. Korxona maqsadini ishlab 
chiqarish munosabati orqali amalga oshiradi. 


9
Avtotransport va TXK korxonalari ham fukarolarning, ham davlatning 
mulkiga asoslangan. Qo’shma korxona uning huquqiy shaxs huquqidan va Mehnat 
resurslaridan foydalanadigan mutaxasislarning mol-mulkini birlashtirish asosida
barpo etiladi. Bajariladigan maqsadlarga ko’ra avtotransport korxonasi avtomobilga 
xizmat ko’rsatuvchi va avtomobilni ta’mirlovchi korxonalar turiga bo’linadi: 
1.
Bajaradigan ish turiga karab – yuk, yo’lovchi tashiydigan, aralash, maxsus, 
shahardagi, shahardan tashkaridagi, shahar atrofi, mahalliy, shaharlararo, xalqaro 
avtomobilь transporti korxonasi. 
2.
Tavsiya maqsadi va ishlab chiqarish xo’jalik faoliyatiga karab – umumiy
foydalanish ATK va idoralar, vazirliklar, dehkonchilik sanoati birlashmasining 
korxonasi. 
Avtomobillashtirish jarayoni avtomobillar saroyining ko’payishi bilangina
chegaralanmay, balki kuchalarning avtomobillarni o’tkaza olishi qobiliyatini oshirish 
zarurligini, yo’l ko’rilishi va ularning kulayligi, to’xtab turish va saqlash joylarini 
tashkil etish, avtomobilь extiyot kisimlar sotish bo’yicha savdo korxonalari, harakat 
xavsizligi va atrof muhitni muxofaza qilishni ta’minlash, aholi avtomobillariga TXK 
korxonalari, omborxonalar, avtomobillarga yonilgi quyish shaxobchalari va boshqa 
korxonalarni qurish kabilarni qamrab oladi. 
Barcha korxonalarning faoliyati maxsulot pul muomilasi asosida ko’rilib 
xizmat ko’rsatish jarayonida va transport maxsulotini harid etishda vositalarning 
muntazam aylanish qonuniyatiga asoslangan. Lekin har bir turdagi avtomobilь 
transport korxonasi har xil moliyaviy tarkibda bo’lishi mumkin. 
Masalan: yuk tashiydigan ATK uchun yuk tashish ishidan, transport-
ekspeditsiya jarayonlaridan, yuklash – tushirish va boshqa ish bajarishda davomat 
olinsa, yengil avtomobilь- taksi korxonasining daromadi to’lovli masofaning miqdori, 
yo’lovchining avtomobilga o’tirish soni, o’rtacha avtomobilь-taksini mijoz ixtiyorida 
turishidan iborat. Korxonalarda ishlab chiqarish faoliyatini tashkil etish obektning 
ishlab chiqarish va boshqarish tarkibini tanlash va shakillantirishda, tizimning 
tarkibiy unsurlari orasidagi nisbat va ularning o’zaro tavsifini aniqlashda, 


10
korxonaning ishlab chiqarish (xizmat ko’rsatish) jarayonlarini optimallashga hamda 
zamonaviy texnologik jarayonlar yaratishda o’z ifodasini topadi. 
Xulosa qilib aytganda, korxonadagi aqliy va jismoniy kuchlardan, korxonaning 
asosiy mablag’laridan oqilona foydalanishga qarab korxonaning iqtisodiy faoliyati 
baholanadi. Iqtisodiy va ishlab chiqarish faoliyatlarining darajasi foydalanish 
samaradorligi ko’rsatkichlari bilan baholanadi. Bu ko’rsatkichlar esa asosiy predmet 
hisoblanadi, ularning korxona faoliyatida joriy etishda ilmiy fikrlash maxsuli bilan 
jamoa a’zolarining xayotiy muammolaridagi tushunchalaridan farq qila bilish lozim. 
Masalan: Bozor deganda, ko’pchilik yig’ilib savdo qilinadigan joy tushuniladi. 
Ilmiy fikrlash maxsuli sifatida qaralsa bozor-bu pul yordamida ayirboshlash, ya’ni 
odamlar o’rtasida oldi-sotdi munosabatlarini anglatadi, bu ham ko’p o’rganiladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin