Microsoft Word turkiston qaygusi ziyouz com doc



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/120
tarix06.10.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#152649
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   120
www.ziyouz.com kutubxonasi 
13
ortiqroq ko‘rdim. Chunki bu yerda 1931 yildan 1946 yilgacha bo‘lib o‘tgan ulug‘ tarixiy 
voqealarga o‘zim boshchilik qilib emgakim (mehnatim) singgan, ko‘zim ko‘rgan edi. 
Boshqa vijdonsizlar kabi tarix yuzini qoralashdan saqlanib, o‘tgan hodisalarda bo‘lgan 
voqealarni hech yoqqa burmasdan, bo‘lganicha to‘g‘ri yozishni o‘zimga lozim tutdim. 
Lekin, bu ikki o‘lkaning 
tarixi, siyosiy hollari bir-birlariga qattiq bog‘langan edi va ham butun dunyoga maydon
1
o‘qigan sovet hokimiyatining, 1917 yili qurilgan kunidan boshla 1931 yilgacha o‘tgan 
dahshat vahshatlik kunlarni xirmondan bir dona, balki dengizdan bir qatra bo‘lsa ham, 
yozib o‘tmoqni tarixiy vazifam deb bildim. Shuning uchun cheksiz qudratli ulug‘ Tangriga 
sig‘ingan holda Sharqiy Turkistonga o‘tkunimcha ko‘rganlarimni, qilgan ishlarimni bayon 
qilmoqchi bo‘lib so‘zga kirishdim. 
 
KOSHG’ARGA O’TISHIM 
Hayot tarixi insonlarning sinfiy kurashlaridangina iborat degan xato fikr Karl Marks 
tomonidan o‘rtaga yetishgan kunidan boshlaboq, xalqaro yopirilib yotgan hasad o‘ti 
qo‘zg‘alib, inson olamiga fitna-fasodlar eshigi ochilmish edi. Bu fikrni ko‘rlarcha qabul 
qilguvchi odamlar qo‘liga hukumat o‘tgandan so‘ngra, xalq o‘rtasida sinfiy ayirmachilikni 
va ham xususiy mulkni yo‘qotish uchun, ishchilar hokimiyati otidan dahshatli qonunlar 
chiqardilar. 
Uning natijasida qora ishchi, nodon dehqonlardan boshqa xalq ichida haqlik, haqsiz 
degan fitna g‘avg‘osi boshlandi. Dindorlarcha Alloh odati, dahriylarcha tabiat qonuniga 
qarshi turishib, hayot olamida bir tekis haqli yaratilgan insonlar ichidan bir qismini, 
o‘zlari chiqazgan xayoliy qonunlariga asoslanib, hayot huquqlaridan butunlay mahrum 
qildilar. Bu orqali otilgan-chopilgan gunohsiz kishilar hisobi yo‘q edi. Ulardan oshib 
qolgan haqsizlar va ham qochibpisib yurib qo‘lga tushmagan kishilar haqida har turli 
jazo belgiladilar. Ba’zilarning borliq narsalari yorg‘u (musodara qilish)
qilinib, bola-
chaqalari ko‘chalarga haydalib, o‘zlari uzoq yerlarga surgun qilindi; ko‘plari esa, uzun 
muddatli qamoqqa olinib, og‘ir xizmatlarga solindi. Xalq o‘rtasidagi ba’zi bir odamlarni 
qo‘rqitish va aldash yo‘llari bilan yoshirin xizmatlarga bog‘ladilar. 
Urush-so‘kish va qiynashlar dahshatidan imonlik-imonsiz, vijdonlik-vijdonsiz kishilar, 
bu mansabparast jallodlar oldida bir tekis turishga majbur edilar. Chunki topshiriqlari 
to‘liq ravishda bajarilmas ekan, ular uchun belgilangan og‘ir jazolar darhol amalga 
oshmog‘i shubhasiz edi. Hech qanday gunohsiz, o‘zlariga qarshi deb bilgan kishilarni 
tovush chiqmas yer osti uylariga kirgizib, qiynov ostida o‘ldirish kabi vahshiyliklari 
odatdagi ishlaridan edi. Bu jallodlar qo‘liga tushgan baxtsiz mazlumlar, qiynovning 
qattiqlig‘idan ko‘ngillaridagi so‘zlari, ko‘milgan mollarini yoshirib qolish buyon tursin, 
umrlarida eshitmagan, kishi xayoliga ham kelmaydigan siyosiy tuhmat so‘zlarini iqror 
qilishga majbur bo‘lganliklaridan, ko‘plari fojiali halok bo‘ldilar. 
Inqilob boshlanish davrida ko‘zga ko‘rinarli kishilar o‘z uylariga sig‘maganligidan, men 
ham o‘z Vatanim To‘qmoq (Qirg‘izistondagi Chuy viloyati markazi) shahrida turolmay, 
bizdan yuz chaqirim yiroqdagi So‘quluq degan joyda, tungonlar ichida kun kechirishga 
majbur bo‘ldim; chunki Buxoro o‘qishini shu zamon odaticha bitirib qaytganim so‘nggida, 
diniy ilm o‘quvchilari oz bo‘lsa ham shular ichidan topilur edi. Buning ustiga ular 
boshqalarga qaraganda, har to‘g‘riliq bizga yordamchi edilar. Tungon xalqining kelib 
chiqishi, tarixini o‘rni kelganda albatta yozishimiz bizning vazifamizdir. 
1919 yil oxirlarida Pishpekga (Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahri) qarashli Qora-
bolta, Oqsuv kabi 18 rus qishloqlari birlashgan holda bolsheviklarga qarshi qo‘zg‘olon 


Turkiston qayg’usi. Alixonto’ra Sog’uniy 

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin