www.ziyouz.com kutubxonasi
11
o‘rganilayotgan, maktab, mahalla va ko‘chalarga nomlari qo‘yilgan Alixonto‘ra Sog‘uniy
va uning singari ko‘plab allomalarning har tomonlama chuqur asoslangan Vatan ozodligi,
milliy mustaqillik uchun kurash g‘oyalarini tarix kitoblarida keltirish maqsadga muvofiq
bo‘lar edi. O’zbek tili va adabiyoti darsliklariga Alixonto‘ra Sog‘uniyning Vatanni, ilmni,
o‘zligimizni ulug‘laydigan she’r va dostonlaridan parchalar ham kiritilsa farzandlarimiz
tarbiyasi uchun foydali 6o‘lardi.
O’zbek millatiga mansub ekanmiz, uning kelajagi uchun hammamiz mas’ulmiz. Shu
sababli millatimizning istiqbol tomon harakatida yo‘l ko‘rsatkich shamchiroqlaridan
bo‘lgan Alixonto‘ra Sog‘uniy haqida jamiyatimiz, birinchi navbatda, uning ongli qismi
ziyolilarimiz umumiy, asosli bir fikrni bildirganlarida nur ustiga a’lo nur bo‘lur edi.
Asarda yozilishicha, otamlar bobomlarni jallodlar qo‘lidan tun qorong‘usida qochirgan
ekanlar va ul zotning vasiyatiga binoan tarix kitobining davomini yozishga muyassar
bo‘ldilar. Bizga bunday ulug‘ sharafli ishlar nasib qilmagan bo‘lsa ham, bu kitobni
nashrga tayyorladim va uni to‘laligacha kompyuterga kiritdim. O’z xotiralarim, muallif va
asar to‘g‘risidagi ayrim taassurotlarim haqida ojiz fikrimni bu yerda bildirdim.
Yana shuni aytishim kerakki, muallifning o‘zi mazkur asarini qism yoki boblarga
bo‘lmagan. Asarni sinchiklab o‘rganish va nashrga tayyorlash jarayonida uning
mundarijasini berish lozim deb, uni taxminan 13 qismga bo‘lib nomladim. Asarda
ko‘rsatilgan kursiv ajratmalar, tushunilishi qiyin so‘zlar, ayrim shaxs va joy nomlari
uchun izohlar ham biz tomondan berilgan. Kitob muqovasidagi manzara ham muallifning
asosiy g‘oyasini ifodalaydi. Hayotbaxsh Turonzaminda ulug‘ Turkiston eli qadim
chinorining keyingi bo‘g‘in millatlari kallaklangani ko‘rsatilgan. Bu zaminga taxdid solib
bulutli osmon tagida ikki buyuk davlat manfaatlari qoya bo‘lib turibdi. Ufqda ozodlik
quyoshi tong otmoqda. Uning nurlarida kesilgan bo‘g‘inlar, albatta, ko‘karib o‘sishiga
ulug‘ ishonch ramziy bildirilgan.
Bu kitobni bosmaga tayyorlash va chiqarishda menga yordam bergan, ko‘maklashgan
kishilarga minnatdorchilik izhor etishni o‘zimning muqaddas burchim deb bilaman.
Birinchidan, 6u kitobdan parchalar tayyorlab oldinroq xalqimizni u bilan tanishtirgan va
bobomiz ilmiy meroslarini dunyoga tinimsiz targ‘ibot qiluvchi amakimiz
Qutlug‘xonto‘raning xizmatlari kattadir. U kishiga chuqur minnatdorchilik bildiraman.
Hozirgi kunda bu kitobning turkcha tarjimasi Turkiyada u kishining boshchiligida amalga
oshirilmokda. Ikkinchidan, qarib qolgan chog‘larida g‘ayrat qilib, bu asarni arab
imlosidan kirillga o‘tkazgan va uni ukamiz Abdullaxon, jiyanimiz Ma’rufxonlar bilan
birgalikda xatolarini to‘g‘rilab qayta bosgan akamiz Ahadxonto‘raga katta
minnatdorchilik bildiraman. U kishining bu tashabbusi kitobning tezroq bosilishiga turtki
bo‘ldi. O’g‘illari qishloq xo‘jalik fanlari doktori Furqatxon bobomizning bosh evarasi bu
kitobning bosilishiga birinchi fidoyilardan bo‘ldi. Kitobni chiqarish uchun zarur bo‘lgan
barcha moliyaviy masalalarda jonkuyarlik bildirib, yordamini ayamadi. Jiyanimning bu
himmati va g‘ayrati uchun unga ko‘p tashakkurlar aytaman. Barcha amakilarim,
ukalarim, jiyanlarim, o‘g‘lim va o‘rtog‘i Saidumar otamiz boshliq bu ishning har xil
jarayonida o‘z maslahat va yordamlarini ko‘rsatdilar. Ularga va bu yerda nomlari
aytilmay qolgan boshqa birodarlarimizga o‘z tashakkurlarimni ayturman.
Alohida minnatdorchiligimni qo‘lyozmani ko‘rib chiqib, taqriz yozib o‘zlarining qimmatli
maslahatlarini bildirgan O’zbekiston FA Tarix instituti direktori, professor D.Alimovaga,
tarix fanlari doktori S.A’zamxo‘jaevga, arxitektura fanlari doktori P.Zohidovga va Tarix
institutining yetakchi ilmiy xodimi, tarix fanlari nomzodi Q.Rajabovga bildiraman.
Tariximizning qorong‘u yillarida Vatanimiz ozodligi, millatimiz haq-ququqi uchun
kurashgan bu ulug‘ zotning kelajak avlod uchun vasiyat qilib aytgan yolqinli so‘zlari
xalqimizning o‘zligini anglashi, Vatan tuyg‘usining shakllanishi, g‘ururimizning