www.ziyouz.com kutubxonasi
19
bo‘lsa ham, es topgan kunimdan boshlab, har ish Allohdan iznsiz bo‘lmaydi degan
ishonchim borlig‘idan o‘ziga topshirib, bu ishning sababiga kirishdim. Shundoqki, choy
qaynashi bilan: «Qani, mirzalar, choy ichib olaylik, biz bo‘lsak qo‘lingizda turibmiz»,
degan bo‘lib, darhol xurjundagi yog‘liq kulcha, moyliq qazi, meva chevalarni chiqarib
dasturxonga to‘qdim.
Ilik uzilgan ko‘klam vaqti edi. O’zlari och bo‘lsa kerak, bo‘ri qo‘yga tekkandek taomga
hujum boshlab yeyishgani turdilar. Qonishgandan so‘ngra: «Xo‘sh, endi so‘rashib-
tanishaylik, qayoqdan chiqdingiz, qayoqqa bormoqchisizlar?», deyishdi. Men ham
to‘g‘risini so‘zlab:
«Qo‘limizda hech qanday qog‘ozimiz yo‘q, hozirgi zamonni ko‘rib turasiz, o‘zimizdan
cho‘chigan kishilarmiz, chegaradan o‘tib, Koshg‘arga bormoqchi bo‘lamiz», dedim.
Mening bu so‘zlarimga ishonib, boshqa gumon qilmagan bo‘lsa ham, otkaz mollar bormi
xayoli bilan bizga qarab: «Mehmonlar, xafa bo‘lmanglar, qonun bo‘yicha xurjunlarni
qarashimiz kerak», deb menikidan boshlab qaragan edi, qo‘liga kitob chiqdi.
Boshqalarnikini ham ko‘rganday bo‘lib, so‘ngra aytdi: «Sizlar yaxshi kishi ko‘rinasizlar,
barimiz musulmon bolasimiz, buning ustiga qo‘linglardan non yeb, tuz tatib qoldik.
Bizning boshchimiz o‘ris, sizlarni ko‘rib qolsa, Noringa qaytarib haydashdan tortinmaydi.
Endigi bizning yordamimiz shulki, bu cho‘ng yo‘lni qo‘yib, haligi yo‘linglarga kirsanglar
Beloshuv orqali o‘tib, chegara soqchilaridan besh chaqirim yuqori Toshrabotga
tushasizlar», deyishdi.
Biz uchun 6u kabi g‘amxo‘rlik qilishini undan kutmagan edik. Bu so‘zni anglashimiz
bilan uni olqishlagan holda orqaga qaytib, Qo‘shmoq hojim boshchiligi ostida yo‘lga
tushdik. U yerda peshin nomozini o‘qib otlangan edik. Ikki tog‘ orasidan suv bo‘ylab
yurganimizcha uch to‘rt soatlardan keyin Beloshuv dovoniga yetib keldik. Qarasak,
dovon o‘rtasida bir chaqirimcha yer oppoq qor bilan qoplangan bo‘lsa ham, narigi kun
chiqar tomoni ko‘rinib turardi. Biroq ko‘klam vaqti kelib, qor yumshab qolganlikdan,
qaerga ot solsak, qulog‘igacha qorga ko‘milib, bir bosim olg‘a yurishga yo‘l topolmadik.
Endi bir yokdan kechqurungi tog‘ izg‘irin sovug‘i suyagimizdan o‘tib borayotgan bo‘lsa,
ikkinchi tomondan, tun qorong‘usi yaqinlashmoqda edi.
Buni ko‘rgan men: «Bu yo‘limiz kelishmadi, tun bo‘yi qorong‘uda sovuqqa qolib, bir
xatarga uchramaylik, qaytsak qanday bo‘lar?», desam, Qo‘shmoqhojim: «Hay taqsir,
hammadan qaytishimiz xatarlikdir, tog‘ to‘lgan yo‘lto‘sarlar ichidan o‘tishimiz kerak. Har
qanday bo‘lsa ham orqaga qaytmaylik», deb so‘z talashib, ko‘z jaldirashi ustida turgan
chog‘imizda, dovonning tepasidan bizga qarab kelayotgan bir kishining qorasi ko‘rindi.
Hizr ko‘rganday, uni intizorlik bilan kutib turdik. U kishi bilan ko‘rishib holimizni aytdik.
Agar yo‘l topib bizni dovondan o‘tkazib qo‘yar ekan, ellik so‘m berishga va’da berdik. Bu
kishi o‘zi yayov bo‘lgani ustiga, kech kirib tun qorong‘usi tushkanlikdan: «Borar joyim
olis edi, yo‘lda qiynalib qolaman», deb ijirg‘angan bo‘lsa ham, aylanib-o‘rgilib uni
ko‘ndirdik. «Qani bo‘lmasa turinglar!», deb bir otni yetaklaganicha, oldimizga tushdi.
«Qayoqdan yo‘l topar ekan?», deb qarab tursak, qor ustidagi eski yo‘lni qo‘yib, tog‘
bag‘ridagi yalama muzga ot solgan edi, oyog‘i toyib yumalagancha besh o‘n quloch
tubanroqda yotgan qalin qorga ko‘mildi. Ming turlik mashaqqat bilan uni chiqarib
olgandan so‘ngra, boshqaroq yerdan yo‘l topib barimiz salomat o‘tdik. Qo‘lidagi tayog‘ini
sancha sancha eski yo‘l iziga tushdi. Bizni ergashtirganicha o‘zi yayov, biz otliq
yurganimizcha eson omon dovondan oshirib qo‘ydi. Suyinganimizdan va’dalashgan
aqchani oshig‘i bilan berib, uni qaytardik.
Tun qorong‘usi bosib, yurar yo‘limiz anchagina qo-rong‘ulashib qoldi. Dovondan
qutilgach bel oshib, ikki tog‘ orasidagi uzun o‘zanga tushdik. Usti qor, muz bilan
qoplangan bo‘lsa ham, ostida suv oqayotganligi sezilib turardi. Tun qorong‘usida