VATAN AHLLARIGA DEGANLARIM Tarixning aytishicha, shu Vatanimiz O’zbekiston o‘lkasini sharqdan, shimoldan chiqqan
balo sellari qoplab, necha martaba harob qilinganligi ma’lumdir. Shuning uchun bizning
ilgari porloq madaniyatimiz vayronlikka uchrab, nasllarimiz ham tabiiy o‘sishdan
to‘xtalganligi ko‘z oldimizda turadi. Chunki bizga chegaradosh Xitoy xalqi so‘nggi hisob
bo‘yicha yetti yuz millionga yetgan holda biz Turkiston xalqi bularga zamondosh bo‘lsak
ham, nega bularning yuzdan biricha bo‘lib, shu kunga dovur o‘n millionga yeta olmadik?
Buning sabablarini har yoqlama tekshirib ko‘rilganda turlicha bo‘lib chiqishi ko‘ngilga
keladi.
Lekin o‘tgan ulug faylasuflarning aytishlaricha hamda tarixiy tajribalarning
Turkiston qayg’usi. Alixonto’ra Sog’uniy
www.ziyouz.com kutubxonasi
27
ko‘rsatishicha, qaysi bir millat o‘z milliy davlatidan ajrab, uning hukumati yo‘qolar ekan, hukumat egasi bo‘lgan kelgindilar hisobiga yil sayin nasllari ozayib borib, eng so‘nggida butunlay yutilib ketishi tajribada ko‘rilmishdur. O’z hokimiyatidan ajradi demak inqirozga yuz tutdi demakdir. Shu sabablik dunyodagi onglik, madaniy millatlar o‘z hokimiyatlarini saqlash uchun necha millionlab qurbon berishga tayyordirlar. Holbuki, har bir millatga Iymon islomini saqlash Kur’on hukmicha qanday farz bo‘lsa, shu o‘xshash o‘zligini va o‘z millatini saqlash undan ham farzroqdir. Chunki payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam qaysi bir kishi o‘z otasini tashlab, boshqa birovning bolasiman desa yoki bir millat tili, dini, rasm odati boshqacha ikkinchi bir millatga yutilsa, mana shunday ishga norozilik bildirib, ularga la’nat o‘qidilar. Milliy hissini yo‘qotib, o‘z millatidan ajrash Qur’on hukmi bo‘yicha haromdir. Yer usti uchmohi (jannati) bo‘lgudek, jannat kabi noz ne’matlik, yaylovlari ko‘p, oqar suvlari mo‘l, bog bo‘stonlik go‘zal Vatanimiz O’zbekiston o‘lkasi atrofimizdagi ochko‘z ganimlar tomonidan har vaqt hujum ostida bo‘lib turganligi mashhur tarix kitoblarida yozilmishdir. Xozirgi kunimizdan 780 yillarcha avval dunyoga dahshat solgan o‘rta asr yirtqichlari, quyundek qoplagan Chingiz askarining birinchi zarbasi biz Turkiston ulusining ustiga tushgan edi. Yer yuzi insonlari uchun yaxshilik kutilgan yigirmanchi asrda chiqqan bolsheviklarning birinchi navbatdagi ogir zarbalariga yana biz Turkiston musulmonlari uchradik. Chunki, yuqorida aytilganicha, bu madaniyat davrining totliq yemishlaridan foydalanib, dunyo insonlari o‘z huquqlariga butunlay ega bo‘ldilar. Va ham bu orqalik ilm, madaniyat, hunar-sanoat yer yuziga tarqalib, Afrika cho‘llarigacha kira boshladi. Bizlardan boshqa har yerdagi ozu ko‘p millatlar esa Vatan bosqinchila-ridan qutulib, o‘z erklik milliy hukumatlarini qurib oldilar. Biz bo‘lsak, haqiqatda bol’sheviklar hukumati qurilgan kundan boshlab yolgiz milliy, diniy, vataniy haqlarimiz emas, balki insoniy huquqlarimizdan ham butunlay ajragan so‘nggida erksiz hayvonlar qatorida ishlamoqqa majbur bo‘ldik. Bir millatning o‘z^ huquqlari butunlay o‘z qo‘liga topshirilmagach, O’zbekiston oti qogoz ustida yozilishi bilan yoki boshqalarning yukini ko‘targan, aravasini tortgan eshak otlardek birmuncha o‘zbek nomidagi vijdonsiz, quruq haykallarni o‘z maqsadlarini qo‘lga keltirish uchun o‘rindiq ustiga o‘ltirgizib qo‘yish bilan u millat qanday ozodlikka chiqdik deya oladi? Balki, bunday millatlar shu kabi xiyonat pardalari ostida butun hissiyotlaridan ajragan holda yem bo‘lib yutilib, oxiri inqiroz chuquriga yuztuban yiqilib halok bo‘lishlari shubhasizdir. O’tmishdagi O’zbekiston o‘lkasida ming yillar davom etgan mustaqil davlatimizdan 1865 yili chor Rusiyasining bosqinchiligi natijasida ajragan bo‘lsak ham, boshqa ishlarimiz o‘z qo‘limizda edi. Buning ustiga Buxoro, Xiva hukumatlari 1920 yil o‘rtalarigacha saqlanib qolmish edilar. Butun sharoit qo‘llarida bo‘laturib, ongsizlik ofati, siyosat ko‘rligidan yuzlarcha yillab kutilmoqda bo‘lgan bu kabi qulay fursatni bekorga qo‘ldan chiqardilar. Yo‘q esa bu ikki o‘lka birlashib, uning ustiga xalq boyligi va yer boyligi qo‘shilar ekan, Vatanimiz Turkistonda milliy va madaniy kuchlik bir davlat qurish qobusi kelmish edi. Biroq baxtimizga qarshi bizda mudofaa quvvati yo‘qligidan o‘z yerimizda garib bo‘lib, o‘z merosimizga ega bo‘lolmadik. Endi bu o‘rindagi mudofaa quvvati nimadan iborat ekanligini o‘quvchilarga bildirib o‘tishimiz lozim bo‘ladi. Bosqinchilarga qarshi qo‘yilgan mudofaa quvvati ersa shu hozirgi zamonaviy ilmfan, qurol jabduqqa ega bo‘lishdan boshqa narsa emasdir. Yalinib yolvorib bulardan shafqat marhamat tilamak shaytondan insof-tavfiq umid etmak kabidir. Shunga ko‘ra, Vatan bolalari oldimizdagi kelajak kunlarni eskarib, zamonaviy ilm o‘qishga chin ko‘ngillari bilan kirishib, halol meros o‘z Vatanlarini egallash uchun mudofaa quvvati tayyorlashga tish tirnoqlari bilan yopishsinlar.