www.ziyouz.com kutubxonasi
24
ajragani ustiga o‘z tilidan ham quruq qolar ekan, uning milliyati yutilib, hayoti munqariz (inqirozga uchragan, inqirozli) bo‘ldi demakdir. Bunga qaraganda shu kunlardagi Chiqish (Sharqiy) va Botish (G’arbiy) Turkiston bolalarining, ayniqsa Uyguristonning kelajagi shu dahshat ostiga tushganligi shubhasiz ko‘z oldimizda ko‘rinib turibdi. Yana o‘z so‘zimizga kelaylik. Men Koshg‘arga kelgan kunlarimda sovet hukumatining
yangi boshlang‘ich davri bo‘lib, dunyo hukumatlari oldida tanilmaganligidan hali bu
yerda elchixonasi ochilmagan edi. Lekin bu mamlakatning ilgaridan beri Chotrol dovoni,
Tibet orqalik Hindiston, Afg‘oniston bilan savdo aloqalari borligi ma’lumdir. Yorkent,
Xo‘tan viloyatlarida turg‘un ozu ko‘p ingliz tobunlari ham bor edi. Shuning uchun bular
bahonasi bilan Koshg‘arda bu davlatning elchixonasi ham uzun yillardan beri faoliyat
ko‘rsatib kelmishdir. Ma’lumdirki, inglizlar qaysi joyga qadam qo‘ysalar, «madaniyatsiz»
yerlik xalq g‘amxo‘rligi uchun kelganliklarini bildiradilar. Agar bu so‘z haqiqat bo‘lganda
Sharqiy Turkiston xalqini bolshevizm balosidan qutqarish sharoiti ularga oson topulur
edi. Biroq haqiqati bilan insoniyat g‘amxo‘rligini qiladigan payg‘ambarimiz Muhammad
alayhissalomdan va ham uning chinakam ummatlaridan boshqa birovning bu kabi ulug‘
sharafga erishmog‘i mumkin emasdir. Shu kunlari Oltishahar Uyg‘uristondagi Xitoy
hukumati esa qog‘oz yuzi, til uchi bilan davlat markazi Pekinga bog‘langan bo‘lsa ham,
o‘rta asr Xitoy xonligi davridan qolgan esdalik bir haykal ko‘rinishida edi.
Demak, har ikki Turkiston xalqi ongsizlik, ilmsizlik kasofatidan shu kabi qulay sharoitlar bo‘la turib ham, bulardan o‘z vaqtida foydalanish yo‘llarini topolmadilar. Ochiq bir maqsadni o‘z oldilariga shart qilib qo‘yib, tashkiliy ravishda ish olib borish uchun harakat qilgudek birorta odam yo‘q edi. O’zlarining kelgusi istiqbollari uchun hech kim qaygurmas edi. Chunki, bu bechora xalq xurofot zulmati, johiliyat botqogiga butunlay botgan edi. Bunga o‘sha davrdagi muhit aybdordir. K,ur’onning «Qul hal yastavillazina ya’lamuna vallazina la ya’lamun», ya’ni «Bilganlar bilan bilmaganlar har to‘grida teng kelolmaydilar» degan hikmatlik so‘zini, albatta, amalga oshirish kerak edi. Nima uchun keyingi asrlarda Turkiston xalqi bunday johiliyat botqogiga botdi? Buning bosh sababi dinni asosi bilan tushunmagan ilm-madaniyat dushmanlari hokimiyat tepasida bo‘ldilar. O’zlarini din homiylari deb e’lon qilib, xalqni ma’rifat nuridan mahrum, zamonaviy fanniy ilmlardan butunlay yiroq tutdilar. Chet davlatlar bilan aloqa boglamadilar, o‘qish o‘qitish ishlariga hech qanday ahamiyat bermadilar. Shuning uchun Turkiston xalqining ichida uygonish, fikr ochilish va bor sharoitdan foydalanish imkoniyatlari bo‘lmadi. Davlatning inqirozi, millatning ongsizligiga shu johillar sababchidur. Endi bu umidsizlanganim so‘shtida Afg‘oniston, Hindiston chegaralari bo‘shligidan
foydalanib, u tomonlarga o‘tishimni o‘ylagan bo‘lsam ham, yolg‘iz bosh qayg‘usida bola
chaqalardan ajrab, suyukli Vatanimni dushman qo‘liga tashlab ketishni o‘zimga loyiq
topmadim. Ayniqsa, yo‘ldoshlarim tungonlar ichida jonfido shogirdim Dovudhoji mendan
ajramasga shart qilib, qolishimga qattiq qarshilik ko‘rsatmish edi. Buning ustiga, Vaqtli
Kerenskiy hukumati qurilgan so‘nggida Farg‘onaga muxtoriyat berilib, uning o‘n ikki
kishidan iborat Muvaqqat hukumati tarkibiga polyak musulmonlaridan bo‘lgan Og‘aev
ismli bir yurist ham a’zo saylanmish edi. Muxtoriyat Millat majlisi a’zolaridan biri esa
akamiz Olimxonto‘ra janoblari edi. Bu ishga tishtirnog‘i bilan qarshi turishgan
bolsheviklar, musulmonlarning eng kekchil dushmanlari sanalgan armanilardan
to‘plangan askarlarni to‘liq qurollantirib, xalq ustiga keltirdilar. Bularning boshchi
qo‘mondonlari esa turk qoniga chanqagan, qonichkich Dashnoq firqasining a’zolari
bo‘lganlikdan Xo‘qand shahri ustida ko‘rsatgan vahshiyliklari o‘rta asr yirtqichlaridan
Chingiz dahshatlarini unuttipmish edi. Ongsiz xalq buni unutgan bo‘lsalar ham, dushman
suqqon nayzalarining zarbalaridan yuraklari parchalanmish, ko‘z qonlari bilan ko‘ngil