Microsoft Word turkiston qaygusi ziyouz com doc



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/120
tarix06.10.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#152649
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   120
www.ziyouz.com kutubxonasi 
76
Manokeldi, Maxmal, Susamir degan yaylovlari bo‘lsa ham, Olmalig‘ yaylovlariga ko‘ra 
torlikdan boshqa yana siyosiy tomonlariga ko‘z solib, Chingiz avlodi hukumat 
poytaxtlarini Jung‘oriya markazi Olmalig‘da kurmish edilar. Bu o‘lkaning jug‘rofiy tomoni 
esa, sharqdan G’o‘biy cho‘li, g‘arbdan Oltunemar tog‘lari, janubdan Tyan-Shan 
Muzdovoni, shimoldan Oltoy tog‘lari bilan cheklanadi. Buning siyosiy tomoni: qoraxitoy 
Gurxondan boshqa, turk ulusining birinchi hoqoni O’g‘uzxon davridan boshlab XUSh 
asrga kelguncha, Turkiston hoqonlari sharqda Xitoy, g‘arbda Turon, Eron, 
Bag‘dodgacha; shimol va janubda Qozon, Bulg‘or, Afg‘oniston, Hindiston mamlakatlariga 
hukmron edilar. 
O’rta asrlar o‘tib, Ovrupoda ilm madaniyat ko‘tarila boshlangach, Kur’on hukmicha 
ulardan ulgu olib o‘rganishimiz lozim edi. Yo‘q, unga qarshi har yoqlama ilm ma’rifatdan 
ortda qolgach, butun mamlakatimizga, jannat misol ona Vatanimizga dini, tili boshqa 
bosqinchilar kelib bo‘ldi. Yolgizoq vatanimiz, hokimiyatimiz emas, qachonki xalq taqdiri 
butunlay kommunistlar qo‘liga o‘tti ersa, erk ixtiyorlaridan butunlay ajragan holda hech 
kim nafaqat bolachaqa, balki o‘z qora boshiga ham ega bo‘lolmay qoldi. Endi bundan 
birdan bir qutulish chorasi esa, zamonaviy ilm fanlarini to‘ligi bilan qo‘lga keltirib, 
qurollangan so‘nggida vaqti kelar ekan, Kur’on boshchiligi ostidagina musulmonlar ongliq 
ravishda qutulish harakatlarini qilar ekanlar, ana shundagina o‘zlarini bu balodan 
kutqaza oladilar. Bunday ishlarda esa avval Qur’on ko‘rsatgan yo‘l birlik, ittifoqlikni 
yaxshi saqlamoqdur. Ikkinchisi dushmanga qarshi turganda o‘limdan qo‘rqmaslikdur. 
Hech bir inson dunyoda abadiy yashamaydi. 
 
 
QUMUL VOQEASI 
Men G’uljaga kelgan kunlarimda Qumul (hozirgi Sinzyan uyg‘ur muxtor rayonidagi 
shahar) voqeasi yangidan boshlanib, xalq o‘rtasida har turlik shov-shuv so‘zlar 
ko‘paymish ekan. Qumul esa Urumchidan, taxminan, besh kunlik sharq tomonda bo‘lib, 
eski bir tarixiy shahardir. Buning atrofidagi 12 tog‘da 12 kand bo‘lib, bularda 
yashayotqan yarim ko‘chmanchi yerlik xalqlar esa, Qumul hokimi Vang xo‘jamning 
molchilaridur. Eshitishimizcha, xo‘jamning 100 mingdan ortiq har turlik chorva mollari 
ularning qo‘llarida boqilmoqda ekan. Butun tog‘liklar ota bobolaridan tortib, bu kishining 
chorvalari ustidan boqmachilik bilan kun kechirmoqda ekanlar. «Vang» demak, xitoy 
tilida kengashchi maslahatchi mazmunida bo‘lib, ba’zi bir kishilarga xitoy xonlari 
tomonidan aldab beriladigan oti ulug‘, suprasi quruq mansabdir. Bu tomonda G’ulja, 
Kuchar vanglari mashhur bo‘lsa ham, bulardan boshqa shaharlarda ham bu quruq 
unvonga ega bo‘lgan kishilar bordir. 
Karl Marks: «Kommunizm maslagi madaniyat taraqqiyotining ajralmas natijasi» 
deganlikdan, bu adashgan hasadxo‘rning so‘ziga ko‘rlarcha ergashgan kommunistlar, 
ayniqsa, ularning ka’basi sovet Rusiyasi, nafaqat Sharqiy Turkiston xalqiga, balki butun 
Xitoy mamlakatiga qaysi yo‘sun bilan bo‘lsa ham, bu maslakni kirgizmoqchi edilar. O’z 
shiorlarida «butun dunyoda ezilgan xalqlarga yordam beramiz», deb jar chaqirgan 
bo‘lsalar ham, aslida, bu mazlum Sharqiy Turkiston xalqlarining ozodliklariga hech 
roziligi yo‘q edi. 
Qumul vangligining boyligi va uning hech narsaga tushunmagan molchilari sonining 
ko‘pligi bu ishga el berishlik edi. Shunga ko‘ra, o‘lka markazi hisoblangan Urumchi 
shahridagi sovet elchixonasida bu fitna jamolg‘asi ko‘rilib, tegishli rejalar tuzilgandan 
keyin, inson iblislari orqalik ularga yoshirincha odamlar yuborildi. Qumul vanggining 
molchilari tayyorlangan so‘nggida, ular Xo‘janiyoz boshchiligida 1931 yili Xitoyga qarshi 


Turkiston qayg’usi. Alixonto’ra Sog’uniy 

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin