Microsoft Word turkiston qaygusi ziyouz com doc



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/120
tarix06.10.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#152649
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   120
www.ziyouz.com kutubxonasi 
74
taroq ko‘targanlar taramochi, sirg‘a ko‘targanlar sirg‘ali deb atalib qoldi. 
Shu kunlarda ham Samarqand shahri atrofida «Sirg‘ali», «Taramochi» nomida ikki 
urug‘ o‘zbeklar yashamokdadir. Yana Chingiz zamonida ustiga taxt o‘rna-tilgan, xalq 
og‘zidagi tarixiy oqtosh, ko‘ktoshlarni, har birining o‘ziga loyiqlab yasatilgan aravalarga 
soldirib, ularni ham Samarqandga keltirmish edi. Anglashimizcha, oqtosh Samarqand 
Temur o‘rdusida shu kunga davr saqlanib kelgan bo‘lsa ham, ko‘ktosh, Samarqand 
ruslar tomonidan bosib olingach, uni Temur sultonning taxti o‘rnida ko‘rishib, Peterburg 
muzeyiga yuborilgan degan xabarni anglamish edik. Har qanday bo‘lar ekan, O’zbekiston 
muzeyxonalarini ziynatlashga loyiq tarixiy esdaligimiz boshqa ahamiyati qolmagan bo‘lsa 
ham, o‘z egalari qo‘lida bo‘lishi lozimdir. 
Yana o‘z so‘zimizga kelaylik. G’uljaga kelganimizda tushgan kishimiz esa, bizning bir 
yurt, bir mahalla qadrdon og‘aynimiz bo‘lgani uchun, bu yerdan boshqa yoqqa chiqishga 
rozilik berishmadi. Bularning roziligiga qarab, yarim yilga yaqin shularnikida turib 
qoldim. Qarasam, sovet Rusiyasi tomonidan u yerga ham har yoqlama iqtisodiy tuzoqlar 
qo‘yilib, sayyodlik to‘rlari har qadamda tortilmish ekan. Dahriylar davlati qurilgan 
kunidan boshlab, men G’uljaga o‘tgan 1931 yilgacha siyosiy tomondan butun sovet xalqi 
cheksiz og‘irchiliklar kechirgan holda, iqtisodiy tomondan ham eng qattiq qismchilik 
ko‘rmoqda edilar. Shunga qaramay, iqtisodiy borliq narsalarini ko‘z bo‘yov qilib, atrofga, 
ayniqsa G’uljaga chiqarmish ekandir. 
Endi bu yerda yashovchilar esa, ko‘pchiligi uyg‘ur musulmonlari bo‘lib, bulardan 
tashqari tungon, qirg‘iz, qalmoq, qozoq, shiva, sulun, oz bo‘lsalar ham bu yoqdan 
borgan o‘zbek, o‘ris, no‘g‘ay qochoqlari bor edi. Bu musulmonlar ichida no‘g‘oylar, 
ko‘pchiligi diniy tomondan bor yo‘q orasida bo‘lsalar ham, zamonaviy tushunchalarga 
ega kishilar edi. Qolganlari cheklik ma’lumot egalari, uch to‘rt kishidan boshqa boshdan 
oyoq barchasi qora botqoqqa botmish edilar. Ayniqsa, shu yoqdan borgan ko‘ngli ko‘r 
o‘zbek boy savdogarlari hech narsa ko‘rmaganday bo‘lishib, parvonalar kabi savdo 
«olovi» atrofida aylanmoqda edilar. 
Shundoqki, islom shariatida aroq ichish musulmonlarga qanday harom qilingan bo‘lsa, 
undan foydalanib tijorat qilishlari ham, qat’iyan harom qilinmishdur. G’uljaga 
kelganimizda anglamish edik, sovetdan o‘tgan mollar ichida eng ko‘p foyda chiqadigan 
narsa ichimlik ekandur. Shuning uchun haromxo‘r boy savdogarlar buni ko‘rganda 
boshqa mollarga qaramay, oz haloldan ko‘p haromni ortiq ko‘rishib, shunga 
kirishganlikdan ko‘plarining qilgan tijoratlari haromga aylanmish edi. Axiri «Al habiysotu 
lil habiysin», ya’ni «palit palitga? degan Qur’on oyati mazmunicha, uzundan beri yig‘ilib 
kelgan harom mollari, o‘z loyig‘i haromxo‘rlar og‘ziga tushib tugadi. Qur’on-da: 
«Innolloha lo yug‘oyyiru mobi qovmin hatto yug‘oyyiru ma bi anfu sihim», ya’ni «Bir 
millat o‘zlariga yuklangan Alloh hukmini o‘zgartmaguncha ularga bergan ne’matni Alloh 
ulardan olmaydi», demakdur. Qisqasi, qilma deganni qilib, qil deganni qilmaganlar, Alloh 
hukmini buzib o‘zgartiruvchilardur. 
Yana o‘z so‘zimizga kelaylik. Ili o‘lkasi Chingizdan ilgari Gurxon davrida ko‘p obodon 
bo‘lganligi tarixlardan va ham ilgari buzulgan shaharlar harobalaridan ko‘rinib turadi. 
G’ulja shahri atrofida bir necha harobalar bordirkim, eskidan qolgan har turlik oltin 
asboblar, tanga tillalar ko‘p chiqqanlikdan yerlik xalq u yerlarni Oltunliq deb ataydilar. 
Shu kunlari bo‘lsa har yokdan, ayniqsa, ichkari Xitoydan keluvchilar qazishib, bu 
yerlardan ko‘p narsalar topib olmokdalar. 
Bu oradan 80 necha yil o‘tib, Gurxon davlati yiqilib, bu yerlar harob bo‘lgan so‘nggida, 
Temuriylar davriga kelguncha, uzoq yillar chingiziylarga markaz poytaxt bo‘lganligini 
yozmish edik. Biroq, bu taxt egalari Chingiz avlodining birinchi hoqoni Chig‘atoy bahodir 
boshliq, eng so‘nggisi To‘g‘luq Temurxonga kelguncha, shu oiladan o‘tgan boshqa 


Turkiston qayg’usi. Alixonto’ra Sog’uniy 

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin