www.ziyouz.com kutubxonasi
82
yordam yetkazish bo‘lsa kerak, tungon qora 6otirlari bosh bo‘lib, har tomondan yerlik
xalq bosh ko‘targali turadilar. Sovet Rusiyasi zulmidan qochib o‘tgan har yerlik tungonlar
ham ularga qo‘shiladilar. Hamma fitna-fasod ishlarini uyushtirib, o‘z siyosatini o‘rinlatish
uchun har yoqlama hiyla makr, to‘r tuzoqlarini torttirib, payt kutub poylab yotgan sovet
Rusiyasi o‘z maqsadlarini tezdan qo‘lga keltirish uchun, kerak asboblarini tayyorlamish
edilar.
Shundoqki, ko‘rinishda To‘rbog‘atoy oq ruslaridan yasama 600 chamali qizil askar,
Urimchida Jang Jun o‘rnini egallagan Shing Duban tomonidan, Kuraga keltirilmish edi.
Yana shu qatorda 42 post chegarasi orqaliq o‘tgan yoshirin sonlik qizil askarlar esa
telefon simlarini sudrashib, dushman qarshisiga kelayotgan harbiylar kabi, to‘liq
qurollangan holda tayyor turmish edilar. Asli kutilgan maqsad esa, Ili o‘lkasida birinchi
askariy markaz o‘rnini olgan Kura qal’asini buzib, Jang Jun tayanchisi askar boshlig‘i Jing
Shurinni qo‘lga tushirish edi. Shuning uchun xitoylarcha eng kuchli hisoblangan 6u
qal’aning shimoliy darvozasi ostiga yoshirincha portlag‘ich qo‘yigan edi. Ustida arava
yurgidek qalinliqda bo‘lgan sapil darvozasini, har ikki tarafidagi to‘pxonalari bilan,
havoga ko‘tarib parchalab tashlamishdur. Buning ustiga haybat ko‘rsatish uchun, sovet
Rusiyasi zambaraklaridan otilgan o‘qlar qal’a ichiga tushganidan tashqari, momaqaldiroq
kabi gurkuragan aeroplan Kura shahri ustidan ikki uch aylanmish edi.
Bunga qarshi apiyunchi xitoylar, xon davri qoldiqlari bo‘lgan u kundagi eski qurollarini
ko‘tarishib, fil oldidagi pashshadek bo‘lib, qanday qarshi tura olsinlar! Chunki, hayot
olamining qonuni bo‘yicha inson ishlari butunlay sababga bog‘liqdir. Buni to‘lig‘i bilan
qo‘lga keltirmaganlar, mayli kim bo‘lsin uni egallab qo‘lga kelturganlarga, bosh egishga
majbur edilar. Shunga ko‘ra, Jing Shurin kuchlik dushmaniga qarshi turishga ojiz
qolgach, nochor, nima qilishini bilmay, nomardlarcha jon qutqarish chorasiga kirishadi.
1934 yili yanvar oylarida, yer ustini qor qoplagan qahraton kunlari, tun qorong‘usida mol
mulk, xazina, bola chaqalarini dushman qo‘liga qoldirib, o‘z boshini qutqazish uchun
Kura qal’asidan G’ulja tomonga qarab qochmishdir. Ertalab turganimizda qarasak, «Hay,
Jing Shurin kechalab qochib, lov-lashkari bilan G’uljaning sharqiy tog‘ tomoniga o‘tib
ketibdur», degan so‘z hammaning og‘zida eshitilmokda edi.
Dushman oldida bir hovuch chiqmaydigan fidoyi askarlariga qo‘monda berib,
qahramon Gasiling, Shing Duban otiga bo‘yalgan kuchluk qizil askar qarshisida 40 50
kunlab qahramonlarcha chidamliq ko‘rsatmish edi. Nomard iflos xitoy ersa, butun Ili
o‘lkasi chegara qo‘shinining bosh qo‘mondoni otag‘ini olgan, uzun yillardan beri xalq
tuzini tatib, noz-ne’matlarini yeb ichib kelgan, uch to‘rt kun bo‘lsa ham qarshilik
ko‘rsatolmay, qo‘yni bo‘riga topshirib, o‘zining qora boshini qutqazishga kirishmishdur.
Dovon yo‘llari qor bilan qoplanib, qatnov ishlari butunlay to‘silmish edi. Qish chillasi
sovuq kechalari uzun tun bo‘ylab yurganicha, bir taranchi qishlog‘iga yetib qo‘nmish edi.
Ertalab turib qarasa, qo‘rqqanga qo‘sh ko‘rinar degandek, o‘zini orqa oldidan butunlay
o‘ralib, dushmani qo‘liga tushib qolgandek ko‘rmishdir. Chunki orqaga qaytish imkoni
bo‘lmaganidek, tog‘ toshlar qor bilan qoplanganliqdan oldiga yurish yo‘llari ham butunlay
to‘silmish edi. Bunga qo‘shimcha, nomiga qo‘mondon bo‘lib, bu kabi ulug‘ vazifani bajara
olg‘udek o‘zining qobiliyati bo‘lmagach, shunchalik dahshatni ko‘tarolmay, o‘zini yo‘qotib
aqldan adashib qolmishdur. Mana shuning natijasida ertalab qanday bo‘lsa ham, tog‘
yo‘li bilan yurmakchi bo‘lib, ketayotganida oldidan kela-yotgan bekorchi bir odam
qorasini ko‘rgach, «Hay, dushman oldimizda o‘xshaydi», deb yo‘q qo‘rqinchi bilan,
kechasi yotgan uyiga qaytib kelmishdur. Kelishi bilan xayoli buzilib, ko‘p o‘ltirolmay
ichkari uyga kirib ketgach, xayol o‘tmay «qars» qilib o‘q ovozi onglanmish edi.
Atrofidagi odamlar yugurganlaricha kelishib qarasalar, o‘lar joyiga otib, chala
bo‘g‘izlangan tovuqdek, qonga bo‘yalgan holda tipirlab yotibdur. Bu hodisa bo‘lgach,