www.ziyouz.com kutubxonasi
90
Qanday bo‘lsa ham urush ishlarida ozu ko‘p tajriba ko‘rgan Gasiling buni ko‘rgach,
Maxusang qo‘mondasida bir bo‘lik askar belgilab, qochqunlarni quvlashga yuborib, o‘zi
Oqsuv elidan so‘qush solig‘i olish uchun to‘xtamishdur.
Shu kunlari esa Koshg‘ar shahri har tomondan to‘plangan, bir biri bilan
kelisholmagan, ongsiz, siyosatsiz bir necha qora kuchlar markazi bo‘lmish edi.
Shundoqki, Xo‘tan tomonidan Sobit domlam boshliq Shohmansur qo‘mondasida kelgan
Xo‘tan askarlari; Urumchi hukumati yiqilgach shahar bosib birinchi qo‘zg‘olon ko‘targan
O’smon qirg‘iz; bunga qarshi yo‘q mansabni talashib qurbon bo‘lgan kucharlik aravakash
Temirjujang; Farg‘ona tomonidan ko‘chib o‘tgan qo‘zg‘olonchilar qoldig‘i Yusufjon
qo‘rboshi va bulardan boshqa bir qancha qurollangan, ongsiz qorabotirlardan bo‘lib,
anchagina xalq kuchi bir o‘ringa to‘planmish edi.
Bu musulmonlar har qancha ongsiz bo‘lganlari bilan hali dinsizlar hokimiyati bularga
kirib, shum ta’sirlari o‘tmaganlikdan, ko‘ngillarida ozu ko‘p islomiyat muhabbati
saqlanmish edi. Agar ahvolga onglik yondashib, o‘tkir so‘zlik, hurmat egasi bo‘lgan
birorta odam o‘rtaga otilib chiqib, yangidan qurilg‘on erkin Turkiston hukumatiga
Oqsuvdan kelayotgan Gasilingni bosh qo‘mondon saylashib, qarshi olishgan bo‘lsalar,
musulmonlar o‘rtasiga bu qadar buzg‘unchilik tushib, munchalik ko‘ngilsiz ishlar
chiqmaslig‘i mumkin edi.
Biroq, ikkinchi Buxoro atalgan Koshg‘ardan bosh-lab, butun Oltishahar Uyg‘uriston
o‘lkasida bu kabi ulug‘ siyosiy ish uddasidan chiqqudek yetuk bir odam yo‘q edi. Shuning
uchun bechora musulmonlar shunchalik og‘ir bo‘lgunlikga uchramish edilar. Chunki,
davlat qurish asboblari qo‘lida tayyor turg.an bo‘lsa ham, ularni o‘z o‘rnida ishlata
olg‘udek ustakorlari yo‘q bo‘lg‘ach, undan foyda ololmadilar. Buning ustiga qizil
makkorlar, musulmonlarning o‘zaro ittifoqlari bilan qurilmoqda bo‘lg‘an yangi
hukumatlari, birorta davlat vositasi ila dunyoga tanilib qolmasin deb, buning chorasiga
qattiq kirishmish edi.
U kunlari esa Koshg‘arda sovet Rusiyasiga qarshi Angliya elchixonasi ham ishlamoqda
edi. Yerlik xalqdan tashkiliy ravishda ish olib boruvchi siyosiy ki-shilarning yo‘qligidan va
ham jug‘rofiy o‘rnimiz madaniyat olamidan bek yiroq tushganligidan, biz ikki Turkiston
yerlik xalqi asrlar bo‘yi kutilgan shu inqilobiy o‘zgarishlardan yetarlik ravishda foyda
ololmay qoldik. Shunga ko‘ra, bizlarning taqdirimiz o‘z dushmanlarimiz qora qizil
ajdarholarning hisobiga qarab belgilanmoqda edi.
B a y t: Umidsiz bo‘lma Sog‘uniy, umiding ko‘zgusi bordur, Qorong‘u kecha so‘nggidin quyoshning chiqg‘usi bordur. Endi yuqorida aytilganicha, Gasiling o‘zi Oqsuvda to‘xtalib o‘z qo‘mondonlaridan
Maxusang qo‘l ostida bir bo‘lik askarni Koshg‘arga yubormish edi. Bular esa Xo‘janiyoz,
Momutsiling askarlarini quvlaganicha Koshg‘arga yaqinlashib keladilar. Ilgaridan beri
ko‘pchilik Oltishahar xalqi quruq otaq, yolg‘on davruq, xurofiy so‘zlarga berilgan
bo‘lganlikdan, Xo‘janiyozliklarning Gasiling askaridan qochib kelayotqanliklari, bular
uchun qattiq qo‘rqinch tug‘dirmish edi. Qisqasi, Koshg‘ar xalqi keng dalada cho‘ponsiz
qolgan, atrofini och bo‘rilar o‘rab olgan, bir to‘da egasiz qalin qo‘ylar kabi bo‘lib turgan
holda, tungon askarlari yetib kelishadi. Bularga qarshi hech qanday chora ko‘rilmaganligi
ularga ma’lum bo‘lgach, erkinlik bilan tilagan joylariga tushib o‘rinlashib oladilar. So‘ngra
qarasalar, o‘zlari uchun va ham yerlik musul-monlar uchun kutulgan foydalik ishlar
ustida maslahat ko‘rsatib, bular bilan kelishib so‘zlashadigan birorta odam bo‘lmadi.
Bechora ko‘pchilik musulmonlar, ikki dunyo boshlig‘imiz deb sanagan, har yaxshilikni
shulardan kutgan chalamulla domlalari siyosat olamidan xabarsiz, to‘g‘risi haqiqiy
islomiyatdan bahrasiz bo‘lib, etiqod ishonchlari bo‘shligidan musulmonlar boshiga