Microsoft Word turkiston qaygusi ziyouz com doc



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə86/120
tarix06.10.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#152649
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   120
www.ziyouz.com kutubxonasi 
86
eshakchilarga qo‘shilib, muz dovon orqali Oltishahar tomonga o‘tib, u yoqdan boshqa 
tomonga ketmoqchi bo‘ldik. Lekin safar jamol-g‘amiz tayyor bo‘lguncha, sirimiz yoshirin 
tutinganlikdan uy oila, yor do‘stlarimizning bu ishdan xabarlari yo‘q edi. Yo‘lga 
chiqishimizdan ikki uch kun ilgari oilalarimiz va boshqa og‘ayni tuqqanlarimiz xabar 
topishib, hammalari yig‘i sig‘i qilg‘ali turdilar. Kechagina suyuklik ona Vatanimizdan, 
urug‘-aymoq, elyurtimizdan majburiyat orqasida ajrashib, to‘kilgan chochilgan holda yot 
el, yot yerlarga kelgan edik. O’zimiz olgan jabr jafo jarohatlarimiz, firoq kunlaridan 
estalik qolgan ko‘ngil dog‘larimiz hali sog‘ayib ketmagan edi. Buning ustiga hayot 
olamida eng oz uchraydigan bu kabi bir ulug‘ voqea yana boshimizga tushdi. 
Xudo rahmat qilsin, Muhammadyorning (Alixonto‘raning o‘g‘li) ayasi: «Sizni qarab 
turib dushmanlar qo‘lida ko‘rganimizdan, Alloh omonatiga topshirganimiz yaxshiroq, 
xudo bu-yurganicha, kundalik kunimizni ko‘rarmiz», degan bo‘lsa ham, qizimiz Aziz 
poshsho: «Kechagina biz kelib, bugun Sizdan tiriklay ajrab qolsak bunga qandoq 
chidag‘ali bo‘lur. Jo‘jalardek yosh bolalar ichida biz nima qilamiz», deb qayg‘ulik ko‘z 
yoshini to‘kkali turdi. Buning ta’siridan otalik mehrim qo‘zg‘alib bormasga va’da berib, 
ko‘ngillarini tinchitdim. 
Endi ikki og‘iz so‘zni Gasiling ustidan aytishga to‘g‘ri keladi. Shundoqki, bu qahramon 
Urumchiga yaqin Qutubiy, Sanjiy qayrag‘achlig‘ida 40 kunga yaqin jon-fidolik bilan sovet 
askarlariga qarshi turgan bo‘lsa ham, g‘alaba asbobi dushman qo‘lida bo‘lgach, nochor 
orqaga chekinmish edi. Qur’on ko‘targan, va’daga vafo qilmagan qora johil Xo‘janiyozga 
yarashmoq uchun yana bir martaba elchi yuborib qarasa ham, ul qabul qilmagach: «Hay 
bu kofir kishisi ekan», deb unga qarshi hujum boshlamishdur. Birinchi hujumdayoq, 
bosh-oyoqqa qaramay, Xo‘janiyoz, Momutsiling askarlari boshalamon bo‘lib, Kuchar 
tomonga qarab qochgali turdi. Gasiling ersa askarlariga qo‘monda berib, orqadan 
quvlaganicha iz bosa yurib o‘ltirmishdur. 
Buni ko‘rgan qizil sehrchilar, bu ishni bo‘ldirish uchun necha oylab ilgari qurgan 
rejalari to‘g‘ri chiqqach, bu haqdagi maqsadlarini tezroq qo‘lga keltirish chorasiga qattiq 
kirishkali turdi. Shundoqki, fitna oloviga alanga berish uchun tili bir, dili boshqa vijdonsiz 
bir necha munofiqlar doim Xo‘janiyoz askarlari ichida topshiriq xizmatlarini bajarmoqda 
edi. Shunga ko‘ra, bu qora johillar Kuchar shahriga kirganda, uzundan beri bu yerda 
turgan, jallodlar qo‘lidan qochib jiloy (Vatanidan haydalgan) vatan bo‘lgan, namanganlik 
do‘stimiz Mahammadxon mahsum o‘zi ish ko‘rgan, hamma narsaga tushungan kishi edi. 
Musulmonlarning o‘zaro birlik ittifoqlari buzulg‘anligini ko‘rgach, buni isloh qilmoqchi 
bo‘lib, Momutsiling oldiga kelmishdur. 
Bilganicha nasihat yuzasidan har yoqlama so‘zlar keltirib: «Qur’on hukmicha, birlik 
ittifoqlik musulmonlarga farz bo‘lmishdur. Turkiston musulmonlari ustiga ilgari keyin 
barcha ofat balolar esa shu ittifoqsizlik shumligidan boshimizga keldi. Ilgaridan beri 
uygur o‘zbek musulmonlari qon qarindosh va din-qarindosh bo‘lganligimiz uchun, har 
davrning achchiq chuchugini, mehnat mashaqqatlarini birga o‘rtoqlashib 
tortishgandurmiz. O’z vaqtida ilm markazi bo‘lib quvvati islom atalgan Buxoro, yetti 
iqlimga ega bo‘lgan Amir Temur poytaxti Samarqand, bundan boshqa Fargona va butun 
Turkiston musulmonlari dinsiz bosqinchilarning zulmi ostida, molmulkidan, dunyolaridan 
ajragan holda kuyib, kullari ko‘kka sovrilmoqdadur. 
Bu din dushmanlari kofirlar, ayniqsa, inson olamining ogusi fitna fasod, madaniy makr 
hiyla kor bol’sheviklar Turkiston musulmonlarini insoniy huquqlaridan butunlay ajratib, 
hayvonlar qatorida erksiz majburiy ishlatayotganligini ko‘rgan bilganlardan 
eshitgandursiz. Bizga o‘xshash o‘z vatanlaridan judo bo‘lgan qochqunlar atrofingizda 
uymalanishimizdan biror yaxshilik chiqarmu degan umid bilan termulib turibmiz. Endi bu 
ishning birdan bir chorasi shulki, Gasiling bilan kelishib, butun musulmonlar bir ittifoqda 


Turkiston qayg’usi. Alixonto’ra Sog’uniy 

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin