www.ziyouz.com kutubxonasi
87
bo‘lib, dushmanga qarshi harakat qilsak, shundagina, biz uchun yaxshilik yo‘li ochilur edi», demishdur. Bu so‘zni onglashi bilan Momutsilingning nimadandur g‘azabi qo‘zg‘alib, «Hay, bu
andijonlik o‘zi tungon tarafdori bo‘lg‘oni uchun bizni ham u johillarga tobun qilmoqchi
bo‘ladur. Bu so‘zidan qaytguncha qulog‘idan tuvrukqa (ustunga)
mixlab qo‘yinglar», deb
buyurmishdur. Shuning bilan bechora Mahammadxon mahsum bu qora nodonlarga
nasihat qilaman deb, qulog‘idan ustinga qadalgan holda bir necha soat azob tortmish
edi.
Shu orada bular orqalaridan quvib kelayotgan Gasiling askarlari yetib kelishi bilan
Xo‘janiyoz, Momutsilinglar 6u yerda ham turolmasdan Oqsuv tomonga qarab qochgali
turdilar. Urumchida Jang Jun hukumati yiqilib, o‘rniga sovet yordami bilan Shing Duban
hukumati qurulgach, bu o‘rnashib olg‘uncha, Oltishahar Uyg‘uriston o‘lkasi bo‘ylab,
qo‘zg‘olonchilar har joydan bosh ko‘tarmish edi. Sovet Rusiyasi Ili o‘lkasida o‘z
siyosatiga moslashtirib, Shing Duban hukumatini qurishga kirishgan bo‘lsa, naq u
fursatda yana o‘z tarafidan tayyorlangan Andijon qirg‘izlaridan Ishoqbek Koshg‘ar
tomoniga kirg‘izilmish edi. Xo‘tan xalqi 1933 yili atrofi bilan qo‘zg‘olon ko‘tarishib, xitoy
boshliqlarini qoldirmay o‘ldirishgan so‘nggida, o‘z ichlaridan bir kishiga Shohmansur
laqabini berib, uni askar boshlig‘i qilib, shu orada xaj safaridan kelgan Sobit domlani
hukumat raisi saylamish edilar. Ilgaridan beri Oltishahar poytaxti Koshg‘ar bo‘lib
kelganlikdan, Sobit domla boshliq askarlari bilan barchalari Koshg‘arga kelib, ras-miy
islom hukumatini qurish uchun yo‘lga chiqmish edilar.
Islom oshiqlari oq ko‘ngil, sodda musulmon bechora uygurlar: «Biz otiga bo‘lsa ham islom davlati qurdik», deb poytaxt qurish maslahatida karnay-surnay, nog‘ora-dombara chalishib, yo‘lga chiqqan askarlarni ko‘rishganlarida suyunganlaridan «Islom ochildi-yo, islom ochildi» sadolari bilan yer tepib o‘yinga tushgani turdilar. Alloh qullari, Muhammad alayhissalom ummatlari bularning ixlos etiqodlari ko‘ngillarida ko‘milib yotgan. Agar u gavhar ochilur ekan, har yaxshilikga yaramliqlari va ishda qobiliyatlilari borligi shaksizdur. Biroq bu becho-ralarning diniy va ham siyosiy ishlarda zamonga tushungan haqiqiy qolovuzlari (yo‘lboshchilari) bo‘lmagandur. Shuning uchun Botish, Chiqishdagi biz Turkiston musulmonla-ri, bosqinchilarga asrlar bo‘ylab oyoqosti bo‘lib kelganmiz. Ayniqsa bu so‘nggi yarim asr ichida sovet Rusiyasi dinsiz kommunist vahshiylarining jabr zulmlari ostida eng haqoratli hayot kechirmoqdamiz. Endi Qur’on hukmiga ko‘ra, zolimlar zulmiga chek qo‘yilgan bo‘lmasa ham, hech qo‘yildi deganlikdan, vaqti kelar ekan, ustimizda turgan togdek qora bulutlar to‘xtovsiz ravishda tarqalgusidur. Yana o‘z so‘zimizga kelaylik. Xo‘tan askarlari shu yurganlaricha, yo‘l bo‘ylab ularga
hisobsiz kishilar quyilgan holda, 1934 yili oxirlarida Koshg‘arga kirdilar. Urumchi
hukumati yiqilgan kunidan boshlaboq, butun Uyg‘uriston o‘lkasi bo‘yincha tartibsiz
ravishda har joyda maslaksiz to‘polonchilar bosh ko‘tarmish edi. Endi esa, bir tomondan,
suv bulg‘atib loyqalangan so‘nggida, baliq ovlab o‘rgangan sovet makkorlari,
tutandiriqlarini tayyorlab turgan holda, o‘z zamonasini tushunmagan maqsadlari ulug‘,
lekin siyosat olamidan yiroq, har tomonlama qo‘llari quruq, bir to‘da ish ko‘rmagan
tajribasiz odamlar, bu kabi ulug‘ inqilobni bajarishlari odatga ko‘ra mumkin emas edi.
Chunki moddiy va siyosiy tomondan zamonaviy kuchlik hukumat hisoblangan sovet
Rusiyasi bunga qarshi bo‘lib, u har yerda o‘z siyosatiga to‘g‘ri kelmagan islom hukumati
qurilib qolishiga hech qachon yo‘l qo‘ymas edi. «Butun dunyo ezilgan millatlariga yordam
beramiz», degan shiori bo‘lsa ham, o‘z manfaati yo‘lida yerlik xalqni doim qurbon qilib
keldi.
Birdan bir yo‘l, agar men o‘ylagandek, butun xalqqa so‘zi o‘timlik-obro‘ylik bo‘lishi ustiga, dohiylik sifatiga ham ega bo‘lgan, zamonasiga tushungan bir tadbirkor kishi