Microsoft Word turkiston qaygusi ziyouz com doc



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə95/120
tarix06.10.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#152649
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   120
www.ziyouz.com kutubxonasi 
95
Alloh taolo zakotini temir qo‘rg‘onni qurmish kerak edi. Dunyoga ko‘ngli bilan qattiq 
berilganlikdan, Qur’on hukmiga, payg‘ambar so‘ziga gumon keltirib, zakotsiz, xayr 
ehsonsiz yig‘gan, qo‘rg‘on tashqarisida qolgan qora mol dunyolarining it qushlarga yem 
bo‘lishidan kim saqlay oladi? Qur’onning aytishicha, hech vaqt Alloh taolo mo‘min 
qullariga ato qilgan halol rizqlarini haromxo‘r kofirlarga yedirishi mumkun emasdur. 
Yana o‘z so‘zimizga kelaylik. «Davlatim boshimda bo‘lgach, yor jo‘ralarim qoshimda» 
degandek, quvvati o‘chgan, davlati qochgan kunlarda har kimning o‘e oilasi, ayniqsa, 
ota onasi yoki g‘arazsiz do‘sti bo‘lmasa, bulardan boshqalari dushman tomoniga o‘tib 
ketadilar. Shunga ko‘ra, Turdoxunboy oilasidan xabar olishga shuncha ko‘p yor do‘stlari 
bo‘la turib, birortasi ham yaramadi. Buni ko‘rgach, o‘zim har qancha tashvish ichida 
turgan bo‘lsam ham chidab turolmay, yarim qo‘y eti, bir tandir kulcha yoptirib, marhum 
ayolimizni kirgizib edim, eshikdan kirishi hamon katta kichik bola chaqalari: «Hay, bu 
dunyoda bizni ham yo‘qlovchi kishimiz bor ekan», deb, yig‘i sig‘i bilan eng achinarlik 
og‘ir bir holda, qarshi olibdilar. 
Birinchi navbatda qo‘lga olingan bu kishilarning mol mulki, qo‘ra-joylari butunlay 
yorg‘u bo‘lib, oilalari uchun boshpana bo‘lg‘udek joy qolmagach, ularni G’ulja shahri 
atrofiga tarqatib yubormish edi. Bular bilan eng so‘nggi aloqamiz shu bo‘lib, keyingi 
kunlarda esa, bizga o‘xshash kishilarning barchasi o‘z tashvishi bilan bo‘lib, boshqani 
unutmish edilar. Chunki bu jallodlar qaysi yo‘l bilan bo‘lsa ham, ikki kishining birini 
iskovichlik xizmatiga bog‘lab, xalq ichiga ko‘p buzuqlik soldi. «Po‘choq pulga iymonlarini 
sotadurlar», degan Qulxo‘ja Ahmad sultonim so‘zlari shu kunlari amalda ko‘rilmish edi. 
Jannat misollik, urug‘ aymog‘lik, suyukli ona Vatanimizdan ajragan holda omon 
olg‘udek joy izlab kelmish edik. Qizil sehrchilar shum qadamlari yetishi bilanoq bu 
yerlardan ham xayr barakat yo‘qolib, tinchlik, omonlik butunlay ko‘tarildi. Bu voqea 
bo‘lmasdan ilgari sharqiy ichki Xitoy, janubiy Hindiston yo‘llari ochiq turgan bo‘lsa ham, 
ish boshlanishi bilan ort atrof yo‘llar butunlay to‘silmish edi. Bizga o‘xshash siyosiy 
qochoqlar uchun olam qorong‘u bo‘ldi. 
Boy o‘g‘li qushining shum ko‘zi kechasi ochilgandek, 6u qonxo‘r jallodlarning ko‘zlari 
ham kechada, ayniqsa yarim tundan o‘tganda ochilur edi. Ko‘p kishilar o‘z uyida 
yotolmay, agar yotsa ko‘ngli tinchib uxlayolmay, bola-chaqalari bilan yurak o‘ynoqi 
bo‘lgan holda kun o‘tkazmokda edilar. Yana bu inson vahshiylari nohaq, hech qanday 
gunohsiz kishilarni zulm ostida dahshat vahshat bilan kechalab bosqonlariga qanoat 
qilmay, ushlagan kishilarining qo‘l oyoqlariga og‘ir zanjir kishanlar solish, bularning 
suygan odatlari edi. 
Mana qarang, XX asrda insonlar huquqining oyoq osti qilinishini! Birinchi navbatda 
ushlangan kishilar so‘nggida zulm haddan tashqari oshdi. Og‘ir kunlar, qo‘rqinchli tunlar 
bilan uch to‘rt oylik qish o‘tib, ko‘klam kunlari yetkach, yana yangidan yangi qo‘rqinchli 
ishlar, sovuq xabarlar eshitilgali turdi. Shundoqki, ikkinchi navbatda qamoqqa olinadigan 
kishilar tizimi ichida mening ham borlig‘im ma’lum bo‘lmish edi. Shunga ko‘ra har bir 
kechasi biz uchun tong otmaydigan uzundan uzun, g‘am qayg‘u tunlari bo‘lib, necha xil 
qo‘rqinchli xayol uyqusi ostida ag‘anab yotib tong ottirmoqda edik. Chunki har kecha 
ertalab turganimizda paloni palonilar bu bosqinchilar tomonidan hibsga olingan xabari 
eshitilmoqda edi. 
Shu hol bilan 6 10 kunlar o‘tgan so‘nggida, bir kecha yarim tun vaqtida, ko‘cha eshigi 
taqillag‘ali turdi. O’g‘limni chaqirib: «Asilxon, och eshikni!», degan o‘zbeklar oqsoqoli 
Sharop shangyuning (rais, mahalla raisi) dovushi eshitildi. «Hozir, ochqichni topay», 
degan bahona bilan o‘g‘lim yugurganicha kelib, menga xabar berdi. O’zim ham 
tayyorlanib turgan edim. Tashqariga chiqsam havo o‘zgarib, qattiq bo‘ron yomg‘iri bo‘lib 
turgan ekan. Dushmanga taslim bo‘lish uchun tavakkal qilib oldiga chiqay deb bir ikki 


Turkiston qayg’usi. Alixonto’ra Sog’uniy 

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin