Turkiston qayg’usi. Alixonto’ra Sog’uniy
www.ziyouz.com kutubxonasi
94
askarlarini o‘tkazmaslik uchun, Shin Shisho qismog‘iga sovet tomonidan 20 ming
chamali askar qo‘yilmish edi. Butun Sharqiy Turkiston, G’arbiy Turkistonga o‘xshab har
yoqlama sovet siyosatiga o‘ralgan holda iqtisodiy ishlarini o‘z qo‘llariga olgan bo‘lsa
ham, xitoy hukumatiga yaponga qarshi ittifoqdosh bo‘lganligidan qog‘oz ustida bu o‘lka
Jungguning ayrilmas bir qismi hisoblanar edi.
Shunday qilib, Sharqiy Turkiston Uyg‘uriston tuprog‘i Chanqayshi xitoy hukumatiga
qaragan bo‘lsa ham, ostirtdan sovet Rusiyasi har tomonlama o‘z ta’siri ostiga olish
uchun qattiq kirisha boshladi. Ayniqsa, bu o‘lkaning iqtisodiy
ishlari butunlay Sovetga
bog‘liq bo‘lgani uchun, tijorat ishlari to‘sqinlikka uchrab, bu sohada ko‘pchilik kishilar
kasbdan ajrab, ishsiz qolishga to‘g‘ri keldi. Ma’lumdirki, qanchalik xalqaro iqtisodiy
qismchilik ko‘payar ekan, shunchalik bular halokat tuzog‘iga yaqinlashadilar.
Eshitar quloqqa yoqimlik olti shiorni oldiga otib, sovetning nayrangi bilan butun xalqni
turlik o‘ying‘a o‘ynatqali turdi. Buning ustiga yaponlarga qarshi orqa safimizni
mustahkamlab xitoy Chanqayshi hukumatiga yordam
beramiz degan bahona bilan
boylardan ko‘plab soliq ola boshladilar. Shunday qilib xalqni turlik yo‘llar bilan o‘ynatib,
1937 yilga yetgach, o‘z rejasiga muvofiq birdaniga ish o‘zgarib, qish sovug‘i yanvar
oyida G’ulja shahridan birinchi navbatda Turdoxunboy boshliq 30 dan ortiq kishi hech
qanday sababsiz qamoqqa olindi. Shundoqki, oldinroq sovet konsuli tuzgan reja orqalik
kerakli kishilar G’ulja voliysi Chusiling tomonidan majlisga chaqirildilar. Kechasi soat 12
larda majlisdan qaytib kelayotganda tayyorlab qo‘yilgan to‘rt
nafar qurollik xitoy askari
ularning oldidan chiqa kelib, Turdoxunboyning mashinasini to‘xtatadi. Uning qishlik
kiyimini yechintirib, bir qavat ko‘ylagi bilan o‘zini yolg‘iz qorong‘i podvalga qamab
qo‘yadi. Boshqa qo‘lga olinganlarning ahvoli bu ishdan ochiq ma’lumdir.
Yarim tunda hech narsadan xabarsiz yotgan oilasi ustiga bostirib kirib, yirqichlarcha
dahshat solib, xotin, qiz, kelinlarining bo‘yn boshlaridagi butun
ziynat asboblarini talab
olib, o‘zlarini eski kiygiz to‘shaklari bilan qarshisidagi qaqshab, muzlab yotgan
Axtamboyning quruq qo‘rosiga shu qahraton qishda haydab chiqarishadi. Eng achinarlisi
shu ediki, Turd-xunboyning 20 yoshdan o‘tgan Nurtoy va 20 ga hali yetmagan
Ahmadbek degan ikki gunohsiz o‘spirin o‘g‘lini, yotgan yerlaridan shunday sovuqda
ko‘ylakchan haydab olib borib podvalga qamaganlar. Shu qamalganidan so‘ng bir necha
oy vaqt o‘tgan bo‘lsa ham, bular haqida hech qanday xabar topish imkoniyati yo‘q edi.
O’zlaridan
xabar olish buyoqda tursin, noz ne’mat vaqtida birga bo‘lgan, eng yaqin
ko‘rgan oshno og‘aynilarining hech qaysilari, ularning och yalang‘och qolgan oilalari
holidan xabar olishga ham jur’at qilolmadilar.
Birinchi navbatda qamalgan kishilarning qo‘ra joy, mol-mulk, uy-ro‘zg‘or, jonliq jonsiz
barcha
narsalari olinib, bola chaqalari ko‘chaga haydab chiqarildi. Turdoxunboy inisi
Qurbontoy qori, qulog‘i yo‘q hisobidan garang bo‘lgani uchun, davlat sherigi bo‘lsa ham,
qo‘ra joy o‘z oldiga bo‘lib boshqa o‘ltirg‘anligi uchun unga tegmagan edilar. Vaqtida
seldek kelgan, qaytarida yuz o‘girib quyundek ketayotqan davlatni qo‘li bilan to‘smoqchi
bo‘lib, qo‘y desak unamay, chet yoqada qolgan mol dunyolaridan qisib qimtib
yoshirincha olib qolmoqchi bo‘lib edi, Xitoy birdan ushlab, qo‘ra
joy bilan borliq
narsalarini yog‘u qilib, o‘zini qamab qo‘ydi. Bechora singlisi Toshxon xitoy
amaldorlarining bo‘sag‘asiga bosh urib qatnayverishi natijasida 70 kun deganda
Qurbontoy qori bo‘shanib chiqdi.
B a y t:
Davlat boshdan ketarda keng kiyiming tor bo‘lur,
Qo‘y degang‘a ko‘nmagan orachig‘a zor bo‘lur.
Allohning amrini qilib, nahiydan qaytmagan kishilarni balodan kim qutqara olg‘usidir.
Xdlol kasb bilan musulmon molini dunyolik, oxiratlik ofatlaridan omon saqlash uchun