Microsoft Word turkiston qaygusi ziyouz com doc



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə83/120
tarix06.10.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#152649
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   120
www.ziyouz.com kutubxonasi 
83
unga ergashib yurgan askarlari tush tushga tarqalib, qochishga boshlamish edilar. 
Lekin qayoqdandurki, Jang Jun askarlaridan silinglari (ofitserlari) boshliq birmuncha 
askarlar kelib, bular bilan birlashgan holda G’uljaga qarab yurish qiladilar. Bu yerga 
kelgach, qurollangan tungoniy askarlar bularga qo‘shilib, Shing Duban tarafdori Xitoy 
xunxo‘zo askarlariga qarshi olomon to‘polon urush boshlagani turdilar. Tungon askarlari 
boshlig‘i xojulik qora botirlardan Madi degan kishi Turdioxun boy darvozasi oldiga oq 
bayrog‘ini tikib, uylarini askarlarga yotoqxona qiladi. Shunga o‘xshash 
qo‘zg‘olonchilarning askar boshliqlari G’ulja boylarining rozi bo‘lishi-bo‘lmasiga qaramay, 
ko‘plarining ortiqcha uylariga kirmish edilar. U vaqt sharoitiga ko‘ra, bu qilmishlari ular 
uchun zarurat bo‘lmish edi. G’ulja shahriga boshqa yoqdan kelgan, yoki yerlik bo‘lgan 
ko‘zga qarsharlik boylar hech yerga sig‘may, boshpana bo‘lguday bir joy topisholmay 
qolishdi. 
So‘ngra sovet Rusiyasi tuzoqchilari bularni qo‘lga tushirmoq qasdida, xalqparvarlik 
qilgan bo‘lib, go‘yo qo‘shnilik hurmatini saqlab: «Ularni himoya qilishni sovet hukumati 
o‘zining muqaddas vazifasi hisoblaydi», degan so‘zlar bilan tuzoq ichiga don sepmish 
edi. Zahardan shifo, tikondin gul umidi bilan Turdioxun boy boshliq atoqli boylardan bir 
qanchalari kelajakdagi takdirlarini o‘z jallodlari qo‘liga topshirdilar. Yoshirincha sovet 
elchixonasiga kirishib, ulardan yordam so‘rab: «Shahar egasiz qoldi, talon taroj, urush 
talash bu joyda ko‘paygali turdi, xalqparvar sovet hukumatidan butun xalq yordam 
berishini umid qiladi», dedilar. O’zlari kutib turgan bunday yoqimli so‘zni anglagach, 
qonuniy ravishda bo‘lsun uchun, ko‘pchilik xalq tilidan talabnoma suratida xat yozdirib, 
qo‘l qo‘ydirib olmish edi. 
Bechora xalq, ayniqsa, vatandan yiroqda bo‘lgan, mol mulki, joy jumidan ajrab, 
siyosiy mas’uliyat orqali nohaq jazoga tortilgan, bu yozuvchi kabi qochoqlar uchun eng 
og‘ir kunlar tug‘ilmish edi. Har qanday ongsiz bo‘lishiga qaramay, ko‘pchilik xalq 
Qo‘rg‘os soyi u tomonida og‘iz ochib yotgan qizil ajdarhoga yutilishdan qo‘rqar edi. Xiyol 
o‘tmay, shu qo‘rqinchlik kunlar boshimizga kelib, 1934 yili yanvar oyining oxirlarida 
«qo‘shnilarimizni saqlaymiz», degan bahona bilan chegarada kutib yotgan, to‘liq 
qurollangan sovet askarlari kira boshladi. Yo‘l bo‘yicha qarshilik ko‘rsatganlarni otib, 
yanchib oz fursat ichida G’ulja shahriga kirib, uch darvoza atrofida joylashdilar. 
Bu yokda esa Gasiling tarafdorlari bo‘lgan tungonlar va Jing Shurin, Jang Jundan 
qolgan, chirigan, eski cheriklar ikkiga bo‘linib, yarimi Harambog‘da qolgan, ko‘pchilik 
tungonlar esa To‘pado‘ngda Shing Dubanga qarshi, Xitoy xunxo‘zolari va oq rus askarlari 
bilan urushmoqda edilar. Qurol tomonidan har qancha yetishmasliklari bo‘la turib, 
tungon fidoyilarining jonbozliklari orqali vaqtlik bo‘lsa ham, g‘alaba qozonish umidi 
tug‘ilmish edi. 
Hayot olamidagi hamma ishlar sababga bog‘liq bo‘lgani uchun kuchlik, qurollik, tartib-
intizomlik sovet askarlari kirishi bilan butun ishlar o‘zgara boshladi. Dastlabda birlashgan 
tungon xitoy askarlarining markazi hisoblangan To‘pado‘ng ustiga to‘xtovsiz sovet to‘pi 
otilg‘ali turdi. Bunga qarshi hitoydan qolgan eski qurollari bilan qaysi kuch chidab tura 
olsin! 
Shunga ko‘ra butun o‘rindagi tungon askarlari va ham bularga tarafdorlar yengilib, 
qochishga majbur bo‘ldilar. Qizil askarlar kirishi bilan xunxo‘zolarga va boshqa o‘z 
tarafdorlariga yetarlik mikdorda qurollar tarqatmishdur. Ilgari tungonlardan yengilib, 
ko‘rinmay qochib yotgan xunxo‘zolar va ham kim bo‘lishiga qaramay hokimiyat egasi 
bo‘lsa, shuning yun-disidan foydalangan Dutov, Anenkov qoldiqlari oq ruslar
qurollangan holda ko‘chada yo‘liqqanlarinigina emas, uydan uyga izg‘ishib yurib 
tungonlardan topqonlarini qo‘ymay o‘ldirdilar. 
So‘zdan so‘z chiqar, hozirgi tariximiz 1969 yili bo‘lib, bundan 48 yil ilgari tungon 


Turkiston qayg’usi. Alixonto’ra Sog’uniy 

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin