www.ziyouz.com kutubxonasi
81
bilan o‘zaro birlik ittifoqlarini buzdilar. Shuning natijasida bo‘layotgan ozodlik inqilobiy ishlariga ham qattiq zarba yetmish edi. Bulardan xalqning kutgan totliq xayoliy umidlari ham uzildi. Shu voqeadan keyin 1931-1932 yillari yana uchta katta hodisa sodir bo‘ldi. Ul
kunlarda men G’ulja shahrida bo‘lganim va bu hodisalar haqida to‘liq ma’lumot yo‘qligi
uchun har birini ayrimcha tartibi bilan yozishga imkoniyat bo‘lmadi. Shuning uchun u
voqealarni ilgari keyin bo‘lsa ham, yozib o‘tishga majbur bo‘ldim.
1. Yuqorida aytilganicha, sovet Rusiyasining siyosati Sharqiy Turkiston Uyg‘uristonni
ham O’rta Osiyodagi O’zbekiston va boshqa yasama «ston»larga o‘xshatib, o‘ziga
qo‘shib olish edi. Biroq, bu ishni yuzaga chiqarish uchun, eng avval uzun yillardan beri
davom etib kelayotgan xon davrining qoldig‘i, Jang Jun hukumatini o‘rtadan ko‘tarish
lozim edi. Shunga ko‘ra Kreml makkorlari hammadan ilgari bu ishni bajarish chorasiga
kirishdilar. O’z o‘zidan chirib, yiqilishga yaqinlashgan Xitoy istibdod hukumati esa
bularga qarshilik ko‘rsatish u yon tursin, o‘z jonlarini qutqazish uchun Urumchidagi sovet
elchixonasi bo‘sag‘asiga bosh qo‘yib, omon qolmish edi.
U vaqt yaponlarning dahshatlik hujumlari ostida butun Manjuriya o‘lkasidan ajrab,
boshqa joylari taxdid qilinayotgan Chan Kayshi hukumati tomonidan yordam umidi
butunlay uzilmish edi. Shuning uchun elchixona makkorlari ishlari qulaylashib, Jang Jun
hukumatini o‘zlari orqali qochishga majbur qildilar. Shundoqki, Jang Jun 1933 yili
qahraton qish sovug‘i, yanvar oyida Cho‘chak yo‘li bilan qochib, Rusiya orqalik markaziy
Xitoyga ketdi. Buning so‘nggida Gujung urushida g‘alaba qozongan Gasiling, Xo‘janiyoz,
Momutsilinglarni yuqorida aytilganicha, ittifoqlikka keltirolmagach, Urumchida
bo‘layotqan o‘zgarishlardan foydalanmoqchi bo‘lib, markazni qo‘lga keltirish uchun,
Urumchiga hujum boshlamish edi.
Sovet Rusiyasi elchixonasi makkorlari buni ko‘rgach, ishlatmoqchi bo‘lgan makp
hiylalari buzilib ketishidan qo‘rqib, qattiq hayajonga tushmish edilar. Chunki, bu yerdan
Jang Jun qochgandan so‘ngra sovet konsuli yordami orqalik yangidan hukumatni qo‘lga
olgan Shing Duban, Gasiling hujumini qaytarg‘udek kuchga ega emas edi. Shunga ko‘ra
o‘z maqsadini qo‘lga keltirish uchun markazdan yordam so‘ragach, yoshirincha oldindan
tayyorlab qo‘yilgan va chegarada turgan sovet harbiy kuchidan keragicha kirgizdilar.
Zamonaviy qurollangan askariy kuchga, odatdagicha qurollangan Gasiling askarlari
qanday qarshi tursin! Shunday bo‘lsa ham, «Fiysabililloh» so‘zi yozilgan, kafan o‘rnida
liboslik kiygan, qahramon Gasiling qo‘mondasida bo‘lgan, fidoyi musulmon askarlari
Urumchi ostonasida, ayniqsa, Sonji, Qutubi oralig‘ida kuchlik, qurollik bosqinchilarga
qarshi qirq kun davomida ko‘rsatgan chidamliq qahramonliqlari tillarda doston
bo‘lmishdur. Imkoniyat boricha kuch qudratlarini qo‘llaganliklari uchun, Alloh ulardan,
albatta, rozi bo‘lg‘usidur. So‘ngra tabiat olamining qonuniga muvofiq, g‘alaba sabablari
yetishmaganlikdan, bu qahramonlar oxiri chekinishga majbur bo‘ldilar.
Shu orada Kuradagi (G’ulja bilan Suydung orasidagi shahar) 5-10 ming xitoy askari
qo‘mondoni Jing Shurin Urumchida Jang Jun hukumati qamal ostiga olinganligini
onglagach, yonboshida mo‘ralab poylab yotgan kuchlik dushmanidan xabari yo‘q, siyosiy
ko‘rligidan o‘z holini chog‘lamay, Jang Junga yordam qilish uchun 5 ming askarni olib
yo‘lga chiqmish edi. Doxi yongza va Jingdan o‘tar o‘tmas, Jang Jun qochib, Cho‘chak
orqaliq chegaradan o‘tib ketganligini eshitgach, 5 10 kun sarson bo‘lib yo‘lidan qaytmish
edi. Bular qaytib kelguncha, Qo‘rg‘os chegarasidagi qizil sehrchilar butun ishlarini
bajarib, keraklik o‘rinlarni nishonlab qo‘ymish edilar.
Urumchi, G’ulja ikki ora aloqalari butunlay uzulganlikdan: «Gasiling askarlari g‘alaba
qozonib, Urumchini olmishdur; yaqin kunlarda Ili o‘lkasiga ham qadami yetsa kerak»,
degan har turlik yolg‘on yashiq tashviqot xabarlari ko‘paygali turadi. Niyatlari Gasilingga