Microsoft Word turkiston qaygusi ziyouz com doc



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə80/120
tarix06.10.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#152649
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   120
www.ziyouz.com kutubxonasi 
80
bo‘lsa ham islom ruhida tarbiyat topgan, shahidlik ishqida o‘limni o‘ylamagan jon fido 
musulmon askarlari, ish ko‘rgan qahramon Gasiling qo‘moqdasidagi tungon askarlari 
boshliq, ko‘pchilik olomonlar «Ollohu akbar» sadosini ko‘kka ko‘tarib, dushman qal’asiga 
yopishg‘ali turdilar. Qal’a ustidagi dushman askarlari tarafidan otilgan to‘p to‘fonglarga, 
ular tomonidan ko‘rsatilgan har turlik qarshiliklarga qaramay, to‘rt besh soatlik qattiq 
jang so‘nggida Gujung shahrini oldilar. 
O’z vaqtiga ko‘ra qo‘zg‘olonchi musulmonlarining bu kabi ulug‘ g‘alaba qozonishlari 
o‘lka bo‘ylab yashagan yerlik xalqning ruhini ancha ko‘tardi. Buning ustiga bu ikki 
qo‘mondon Gasiling, Xo‘janiyoz qahramonlig‘i el og‘zida doston bo‘lib, dushmanlarni 
ancha qo‘rqitmish edi. Haqiqatda esa, bu urushda ish ko‘rsatib, eng qahramonliq 
qilg‘onlar nizomiy askarlar boshlig‘i Gasiling va ham uning inisi Shusiling bo‘lib, bular 
farmonidagi fidoyi tungon askarlari edi. 
Ilgaridan beri bu yerda saqlanib kelgan eski qurol yaroq, urush uskunalari va ham 
Jang Jun hukumati qisilib qolgan vaqtda sovetdan olgan yangi qurollardan, eskisi yangisi 
bo‘lib 25 mingdan ortiqroq qurol yaroq o‘lja olinmish edi. Zamonaviy urushlarda esa, 
ko‘pincha hujumchi askarlardan ortiqroq chiqim bo‘lishi tabiiydur. Shunga ko‘ra yog‘dirib 
turgan o‘qqa qaramasdan Shusiling qo‘mondasida sapil ustiga hujum boshlagan tungon 
fidoyilaridan, qo‘mondonlari boshliq ko‘pgina askarlar qurbon bo‘lmish edi. Hech narsaga 
tushunmagan, jaholat balchig‘iga butunlay botgan Qumul, Turpon qo‘zg‘olonchilari 
boshlig‘i Xo‘janiyoz, Momutsiling o‘zlari qarshi urushayotgan Jang Jun bayrog‘i ostida va 
uning ortida kimlar mo‘ralab yotqanini qaydin bilsinlar! Makkorlar tarafidan atayin tashkil 
qilingan fitnachi ig‘vochilarning so‘zlariga tezdan aldanib, «Gujung urushidan olingan 
o‘lja mol, qurol jabduqlarni o‘rtada barobar bo‘lmadi, eskilarini qoldirib, yangilarini o‘zlari 
olishdi», degan fitna so‘zlar bahona bo‘lib, uyg‘ur tungon musulmonlarining ittifoqlari 
buzila boshladi. 
Haqiqatda esa, bolani otadan ajratqudek buzg‘unchi sehrchilar ilhomi bilan Xo‘janiyoz, 
Momutsilinglarning miyalariga mansabparastlik o‘rnatilmish edi. Birlik ittifoqlik ustida 
ichgan qasamlari, ko‘targan Qur’onlari qayoqlarda qoldi? Shunga qarab hurmatini 
saqlamadilar. Anglashimizcha Gasiling o‘rtaga kishi qo‘yib, «Ular kelsunlar, ko‘rishib 
so‘zlashaylik, oramiz buzulg‘udek bizlardan biron ish o‘tgani yo‘kdir, atrofimizdagi kofir 
dushmanlarimiz butunlay o‘rab turgan shunday og‘ir kunlarda biz musulmonlar o‘zaro 
birlik, ittifoqimizni yo‘qotsak, Qur’on hukmini buzib dinimizga xiyonat qilib, o‘z qo‘limiz 
bilan o‘zimizni halokat chuquriga tashlagan bo‘lamiz», demishdur. Shu o‘xshash so‘zlar 
bilan oralaridagi qasam ichishib, Qur’on ko‘tarib qilishgan ahdu paymonlarining 
buzulishini eskartib, bularning ortidan qanday yomon ko‘ngilsiz ishlarning kelib chiqishini 
ko‘rsatib chaqirsa ham, ular qabul qilmaganlar. 
So‘z shu yerga yetganda, o‘tmishdagi islom ulamolarimiz o‘rtalarida munozara 
maydoni bo‘lgan haqiqiy iymon, taqlidiy' iymon masalasi ko‘nglimga kelmish edi. 
Taqlidiy iymon Tangri oldida maqbulmi, yo maqbul emasmi? degan savol ustida 
to‘xtalishib, bu haqda ko‘p bahs-munozara qilmish edilar. Uzun tekshiruvlardan so‘ng, 
«Taqlidiy iymon zohir shariat oldida dunyolik hukmlar uchun qabul qilinsa ham, haqiqiy 
iymon bo‘lmaganlikdan Alloh qoshida maqbul emas», dedilar. Haqiqiy iymonlik odam 
xudo va rasulni o‘rtaga qo‘yib ont ichib, Kur’on ko‘tarib va’da bergan bo‘lsa, bunday ulug 
ahdni boshiga o‘lim qilichi kelsa ham buzmaydur. Agar buzar ekan, undaq odamning 
iymoni yuzaki, hali ko‘ngliga kirmagan, til uchida bo‘lib, munofiqlik alomatidur. 
Agar haqlik kishi ko‘ngliga kirgani rost bo‘lar ekan, botillik belgilari ul odamdin
albatta, yo‘qolgusidir, chunki iymon nuri yoritgan ko‘ngil ichida kufr qorongusining 
turishi kunduz yorugi bilan kecha qoronguligining birga bo‘lishi demakdir. Ular nifoq va 
jaholatlik kasofatidan dushmanlariga aldanib, arzimagan, bo‘lmagan ishlar bahonasi 


Turkiston qayg’usi. Alixonto’ra Sog’uniy 

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin