Turkiston qayg’usi. Alixonto’ra Sog’uniy
www.ziyouz.com kutubxonasi
71
Turkiston, Farg‘ona mamlakatlarini qo‘lga kelturgach, O’rta Osiyoga podshoh bo‘lib, bu
yerlarda sakson necha yil saltanat surmishdur. Buning
davlati zavol topib Ilixo,
Bolosog‘un shaharlarining paydo bo‘lish voqealari esa, bu kitob boshida yozilgan edi.
Shuning uchun bu o‘rinda qaytarishni lozim topmadim.
Gurxon davlatchiligi zavol topib, taxminan qirq necha yil o‘tgan so‘nggida, butun
dunyoni titratgan Chingiz dahshati boshlanib, jahon chopuli natijasida olgan
mamlakatlarini to‘rt o‘g‘liga bo‘lib, taqsim qilmish edi. Hozirgi O’zbekiston, Sharqiy
Turkiston bilan o‘rtancha o‘g‘li Chig‘atoy bahodirga berilmishdur.
Ilgargi Turkiston odati
bo‘yicha, Chig‘atoy bahodirning saltanat taxtiga birinchi o‘ltirishi qoraxoniylar poytaxti
Talas (Jambul) shahrida bo‘lgan. Keyinchalik uni Ili o‘lkasiga ko‘chirib, shu kungi G’ulja
shahridan sakson chaqirimcha bo‘lgan «Qo‘rg‘os mozor» deb atalgan Olmalig‘ shahrini
poytaxt qilmishdur. Mana shu kundan boshlab, Olmalig‘ shahri Chig‘atoy xonlariga
poytaxt bo‘lib keldi. Bu oila hukmdorlarining eng so‘nggisi To‘g‘luq Temurxon vafot
topgach, uni shu yerga qo‘ydilar. Lekin bu kunlarda Olmalig‘ degan eski oti unutilib,
Qo‘rg‘os mozor deb atalmishdur. 1945 yili topilgan oltin kumush
tanga aqchalarida arab
harflari bilan «Zar Olmalig‘» deb yozilgan so‘zlarni o‘zim o‘qimish edim.
Hijriy 762 da chingiziylardan Olmalig‘dagi To‘g‘luq Temurxon butun Turon Turkiston
o‘lkasini o‘ziga qabul qilgan so‘nggida, o‘g‘li Ilyosxo‘jani ularga xon, Temur sultonni unga
vazir belgilab, o‘zi esa poytaxti Olmalig‘ga qaytmish edi. Shahar noz ne’matlarini
tatishmagan, turmush madaniyatidan yangigina bahra ola boshlagan, xonlari boshliq
Chiyna amirlari birdaniga Turon kabi jannat misollik joylarga ega bo‘lganliklaridan har
tomonlama
maishatga berilib, o‘zlarini to‘g‘ri tutolmadilar. Buning ustiga xon bo‘lmish
Ilyosxo‘ja bir mamlakatni boshqara bilgudek aql siyosati bor, ishga yaramlik kishi emas
edi. Xaiqarlik xonlari o‘zlariga qo‘shilib yordamchilari bo‘lgach,
unga suyanishib, kishi aytishga jirkanarlik zulm, xiyonat ishlarini qilishga kirishdilar.
Biroq ulug‘ xon tomonidan vazirlik mansabi berilgan sulton Temur yoshligidan tortib
diyonatparvar, adolatsevar bo‘lgani uchun qattiqqo‘llik bilan ularni bu zulmlaridan
qaytarishga turdi. Temur sultonning insonparvarlik bilan qilgan bu
ishiga u axmoq
zolimlar chidayolmay, uning ustidan yo‘q tuhmatlar qilishib, «Temurning bizga
bo‘ysung‘usi kelmaydi, ko‘p ishlarda bizga to‘sqinlik qiladi, u o‘zi xon bo‘lg‘usi bor, butun
mamlakat xalqi uni yaxshi ko‘rib yoqlaydilar. Ulug‘ xonning kichik xon yorliqlariga
e’tibori kam bo‘lganligi sababli bizning ishlarimiz ko‘p olg‘a ketmayapti», deyishib,
shunga o‘xshash, xonning g‘azabini qo‘zg‘aydigan so‘zlar
yozilgan holda poytaxt
Olmalig‘ga arz tushirmish edilar. Buni ko‘rgach, To‘g‘luq Temurxon sharqdagi chingiziy
xonlari ichida birinchi bo‘lib islomni qabul qilgan dindor, aqllik kishi bo‘lsa ham, O’rta
Osiyo xonligini qo‘ldan chiqarmaslik uchun, aqlga qarshi o‘laroq, Temur sultonning
o‘limiga buyruq yuboradi.
Bu xat yangidan ish boshlagan Temur sulton qo‘liga tushib qoladi. Buning ustiga
vahshiyona ravishda qili-nayotgan mo‘g‘ullar zulmiga chidayolmay butun Buxoro,
Farg‘ona ulamoyu mashoyixlari: «Agar bizlarni Tarag‘ay bahodir o‘g‘li Temur mo‘g‘ullar
zulmidan
qutqarar ekan, biz uning boshiga toj qo‘ndirib, oltin taxtga mindirgan holda
o‘zimizga shar’iy podshoh ko‘taramiz», degan butun xalq tilidan shar’iy fatvo chiqarib,
Temur sultonga topshirmish edilar.
Bunga ko‘ra bu jahon qahramoni, islom olamining ulug‘ qo‘mondoni, butkul turk
ulusining faxrlanarlik buyuk sultoni, Qur’ondagi «Allohga va uning payg‘ambari
Muhammadga va ham o‘zinglardan bo‘lgan podshohlarga itoat qilinglar», degan Alloh
hukmicha, Turkiston va boshqa bo‘ysung‘an mamlakatlarga haqiqiy shar’iy
va qonuniy
podshoh ekanligi shak shubhasizdir. Buyuk voqealar orqalik bu qahramonning butun
olamga atog‘i chiqib, dong‘i ko‘tarilib, butun dunyo xalqi tillarida uning tarixi doston