www.ziyouz.com kutubxonasi
67
yuqoriroq joyda yasalgan minoracha ustida ham, bir qorovul o‘tgan ketganlarni tekshirib
turmish edi. Bular oldidan o‘tish biz uchun ancha og‘ir bo‘lsa ham, boshqa choramiz
yo‘qligidan o‘tishga majbur edik. Biroq, biz u yerga yaqinlashganimizda nima bo‘ldi
ekan, qarab turgan qorovul yuqoridan tushib, shoshilganicha askarxona qo‘rg‘oniga kirib
ketdi. Buni ko‘rgach biz ham ot yurishini tezlatib, qo‘rg‘on eshigidan ellik qadamcha
o‘zg‘an edik: «Hoy-hoy», degan chaqiriq tovushi kela boshlagach, yo‘ldoshimga
«qarama qarama», deb eshitmagan kishidek ketaverdik. U ham ikkinchi chaqirmadi.
Xudo o‘nglab bundan ham ziyonsiz o‘tib oldik.
Shu yurganimizcha o‘rtalikdagi to‘qay ichida ketayotganimizda chegara saqlovchi
Shiva, Solan cheriklaridan qurollik bir otliq odam oldimizdan chiqa kelib: «Hay, to‘xta,
qaerdan kelasizlar? Narigi yokdan o‘tgan kishilarga o‘xshaysizlar. Yo‘lxatlaring bormi?»,
dedi. Buning dahshatin ko‘rgach, boshqa so‘z aytqali bo‘lmadi. Yo‘ldoshim G’iyosoxun
xitoy pasportini ko‘rsatib edi, unga qaramay yoniga solib olib: «Qani yomug‘o (turmaga)
yuringlar», deb bizni haydaganicha yo‘lga tushdi. Yo‘ldoshim ikkovi xitoychalab nari-beri
aytishib, yarim soatcha yurganimiz so‘nggida qarasam, ish ko‘payadiganga o‘xshaydi.
Bir tadbir ishlatmoqchi bo‘lib: «Hay loya, ruxsat bering, tahorat sindirib olaylik», deb
shu yerga tushdik. So‘ngra uni bir chetga chaqirib: «Bu kishining pasporti bo‘lsa, kuchlik
yo‘lxatlari ham bor, qaerga olib borilsa ham foydasi yo‘q, quruq ovoragarchilik bo‘ladi,
undan ko‘ra bir oz choy puli olib bersam qanday bo‘lar ekan?», dedim. «Choy puli»
qulog‘iga kirgach «mohu mohu»lab, darrov so‘zi yumshab qoldi. Yo‘ldoshim bunga rozi
bo‘lmagan bo‘lib tursa ham, men zurlag‘andek bo‘lib ko‘rinib, 20 tangani qo‘liga berishim
bilan orqasiga qaramay chopqanicha ketdi.
B a y t: Qadri yo‘q gavhar so‘zing olchoq kishilar oldida, Durni taqsang na bilur, it og‘ziga tashla suyak. Shu bilan buning ham og‘zi yopilib, qaytib ketishi bilan biz ham shu yurganimizcha
Suyding shahriga yetdik. Bu esa Ili o‘lkasida qurilgan shaharlardan biri, yo‘lovchilar
saroyida bir kecha yotib, ertasi kuni G’ulja shahriga qarab yo‘lga tushdik. Bir soatcha
yo‘l yurganimizdan so‘ngra Qura shahriga keldik. Kura Ili o‘lkasida qurilgan to‘qqiz
qo‘rg‘on ichida eng ahamiyatligi, ayniqsa, harbiy tomondan o‘lka bo‘yicha hukumat
markazi hisoblanur edi. Bu yerga kelgach, erkin hayotda o‘z ixtiyoricha yashayotgan
baxtlik kishilarni ko‘rib, qattiq ta’sirlanmish edim. Chunki, sovet hukumati qurilgandan
boshlab, ularning shum qadamligidan tirikchilikka kerak har narsa qahatchilikka
uchramish edi. Chegaradan o‘tgach qarasak, do‘konlarda turlik mollar tiqilib yotmish edi.
Boshqa davlatlardan keltirilgandir deb gumon qilib so‘rasak, bu mollarning hammasi
sovet tomonidan yuborilmish ekandur.
Bu hukumat qurilgan kunidan boshlab, o‘z xalqining har qancha qiyinchilik, og‘ir
ahvolda yashayotganiga qaramay, balki butun narsalarini iqtisodiy tuzoq qilib,
boshqalarni ham o‘z yo‘liga tortish uchun, chet ellarga chiqarib turishni o‘ziga qonun
tutmish edi. Sovet hokimiyati zulmi ostida ezilayotgan yerlik xalqlar esa, butun oilasi
barobar jon kuchlari bilan ishlab, o‘z tuproqlarida yetishtirgan mehnat hosilining yuzdan
biriga ham ega bo‘lolmaydilar. Yolg‘izgina mehnat hosilotiga ega bo‘lmaslik emas, balki
bular qo‘l ostida yashovchi kishilar insoniy huquqlaridan ham butunlay mahrum etilgan
holda, hayvonlarcha erkixtiyorsiz xizmat qilishga majburdirlar.
Dunyo yaratilib, inson nasli yer ustiga tarqalgan kunidan boshlab, hech bir zamonda bu kabi aqldan tashqari, buzuq maslakli olchoq odamlar xalq ustida hukmron bo‘lmaganligi ma’lumdir. Shuning uchun eng ogir dahshatlik kun qaysi deb payg‘ambarimizdan so‘raganda: «Haromzodalar o‘gli haromzodalar xalq ustidan ixtiyorsiz hukm yurgizsa o‘sha kun», dedilar. Yana Rasulullohning aytishlaricha, har bir