Microsoft Word turkiston qaygusi ziyouz com doc



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/120
tarix06.10.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#152649
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   120
www.ziyouz.com kutubxonasi 
65
kelishib, aravaga tushgandan so‘ngra, kichkina yurib, bir katta saroyga yetdik. Bu esa 
necha tomonlab, ayniqsa, Olmota ulug‘ yo‘lining kelib qo‘shilgan joyida qurilib, o‘z 
vaqtida ko‘p obod kutilgan bo‘lsa ham, inqilob buzg‘unligida uni egalari tashlab qochgan 
ekanlar. 
Olmota, Chelak, Norin, Talg‘ar, Qo‘rom qishloqlaridan uy joylarini tashlab, bola 
chaqalari bilan ko‘chishib chiqqan musulmonlar bilan shu yerda ko‘rishdim. Lekin bola 
chaqalari bilan ko‘chkanlarning ko‘pchiligi konsul orqali Xitoy pasportini olganlikdan uy 
asbob, aravalar bilan chiqqan ekanlar. Bu saroy ichiga kirganimdan keyin eng achinarlik, 
og‘ir bir manzara ko‘zimga ko‘rina boshladi. Shundoqki, kun qattiq sovuq, o‘t 
yoqilmagan, saroy kutgan hech kim yo‘q, ichiga poxol to‘shalgan bo‘lsa ham, oyoq 
ostida payxon bo‘lgan. Uzundan uzun qorong‘u uy ichida yuzlari qayg‘ulik kishilar 
yotmish edilar. Sovuqqa chidayolmaganlari uy ichida o‘t yoqqanlaridan esa, burun 
yorg‘udek
achchiq tutun bilan uy to‘lmish edi. Ayniqsa, bir yosh xotin o‘zi kasal, oyog‘ 
ostida yotgan ikki kasal bolasi
ustida termilib yig‘lab o‘ltirg‘anini ko‘rgach, unga qattiq 
achindim. Balo tushganda bari kishi o‘zlari bilan bo‘lishib, rahm shavqat kabi fazilatlik 
ishlar ham haqiqiy musulmondan boshqa kishilar ko‘ngillaridan butunlay ko‘tarilar ekan. 
Yo‘lxat tekshiruvchi to‘sqovul oldimizda bo‘lib, boshqa yo‘l bilan o‘tish mumkin 
bo‘lmag‘anlikdan barimiz qo‘rqinchda qoldik. «Sadaqa baloni qaytarur», degan 
payg‘ambarimiz so‘zlari xotiramga keldi ersa, ikki bolasi bilan ochlik yalang‘ochlikda 
kasal yotgan shu xotinga taom va akchadan berib, uni suyuntirgan holda shunday 
ko‘chaga chiqsam, bir yuk mashinasi keldi. Unga qarab: «Bizni Oltiniman dovoni ostiga 
eltib tashla, senga muncha aqcha beramiz», desam, u ham «Bir shartim bor, ikki toy 
yukim tog‘dan soyga qulab ketgan, shuni chiqarib bersanglar, sizlarni olib ketar edim», 
dedi. Biz ham buni g‘animat bilib, darhol mashinaga chikdik. Biroq, o‘zimizni ishchilarga 
o‘xshatish uchun safar belgisi xurjun xalashlarimiz ko‘rinmasligi kerak edi. Shuning 
uchun qo‘llarida yo‘l xatlari bor, bola chaqalari bilan aravalik ketayotgan, Olmota 
atrofidan chiqqan taranchilarga to‘sqovul oldidan o‘tib olganimizcha shu narsalarni 
aravanglarga solib qo‘yaylik deb iltimos qilsak, qabul qilmadilar. So‘ngra, shu yoqqa 
hukumatning molini yuklab ketayotgan rus aravakashlariga 5 6 so‘m aqcha berishimizni 
aytib, xurjunlarimizni ularga topshirib, yo‘lga tushdik. Shu bilan bizni to‘sqovullar 
oldidan taraqlaganicha o‘tkazib, besh o‘n chaqirim yurgach, tog‘ belida to‘xtadi. 
Va’damiz bo‘yicha, soy ichida yotgan ikki toy yukni ming mashaqqatlar bilan yuqoriga 
chiqargach, mashinasiga solishib qo‘ydik. Allohning yordami, sadaqaning sharofati bi-lan 
bu balodan qutulib, Oltiniman oshuvini oshgandan so‘ngra, Boshchi saroyiga tushdik. 
Bu yerda So‘quluq tungonlaridan Xanjar halpa degan kishi bola chaqa, ot aravalari 
bilan bir saroyda yotgan ekan. Oltiniman dovonida qorbo‘ronda qolishganlikdan, ikki 
qo‘lini sovuq oldirib, ishga yaramay hayronlikda turmish edi. Men uchun bu ish ko‘p 
qulay kelgani ustiga, bular ham men kabi ishonimli bir yordamchiga muhtoj edilar. 
Shuning uchun barimiz birgalikda ishimiz o‘nglanib, aravachi xizmatini bajargan holda 
yo‘lga tushdik. Orada ikki qo‘nib, Bo‘rig‘ujur qishlog‘iga yetganimizda qarasak, bu yerga 
yuqorigilardan ham qattiqroq to‘sqovul qo‘yilmish ekan. Shunday bo‘laturib, ich ora 
aravachilaridek qamchini sudraganimcha, qorovulxona oldidan o‘tib 15 chaqirimcha 
yurgach, salomat Yorkent shahriga yetdik. 
Bu yerdan Xitoy chegarasi Qo‘rg‘os 46 chaqirim yo‘l bo‘lib, Sharqiy Turkistonda 
bo‘lgan Jung‘oriya o‘lkasining g‘arbiy chegarasi hisoblanganlikdan, bu shahar ilgari, 
ayniqsa, chor hukumati davrida obod bo‘lib, yaxshigina bezatilmish edi. Tarixiy va 
siyosiy ahamiyatga ham ega edi. Bu yerdagi ko‘pchilik turg‘un xalq bu tarixdan 
taxminan 200 yillarcha ilgari Oltishahardan keltirilgan, asli uyg‘ur bo‘lsa ham, o‘zaro 
taranchi deb ataladilar. Bularning kelib chiqish taryaxlari vaqti kelgach o‘z o‘rnida 


Turkiston qayg’usi. Alixonto’ra Sog’uniy 

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin