Microsoft Word turkiston qaygusi ziyouz com doc



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/120
tarix06.10.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#152649
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   120
www.ziyouz.com kutubxonasi 
70
To‘qmoqlik, qorako‘llik ko‘rib, bilib yurishgan o‘z og‘aynilarimiz ekanlar. Kishi tang 
qolurlik ishdurkim, mening to‘g‘rimda qayg‘urishib, so‘zlashib o‘ltirishgan vaqtlarida 
so‘zlari hali tugamay turib, ustilariga kelgan ekanmiz. Meni ko‘rgach, barilari hojidan 
kelgan otalarini ko‘rganday bo‘lib quvonishib ketdilar. Ayniqsa qorako‘llik uyg‘urlardan 
Ibrohimoxun oqtosma, yana birovi oti esimdan chiqmish, otushlik savdogar yigit. Bu esa 
To‘qmokda turgan chog‘ida kezik kasaliga mubtalo bo‘lgan va mening tajribam sababli 
shifo topgan ekan. Boshimda eski quloqchin (telpak), usti boshim harob, oyog‘imda 
ishlamchi (ishchi) etigi. Meni bu holda ko‘rgach, ichlari og‘riganlikdan ko‘ngillari 
qayg‘urib, ko‘zlari yoshlanmish edi. 
Ko‘rishmagan, quloq oshiq do‘stlarimiz har yerda ko‘p bo‘lgani uchun, mening 
kelganim bularga bayram kunlaridek ko‘rinib, tuqqan bilganlar uzoq yaqindan hafta o‘n 
kunlab uzilmay kelgali turishdi. Uch kun o‘tmay turib, bosh oyoq kiyim kechaklarimiz 
yangilanib, yor do‘stlarimiz tomonidan ziyofat chaqiriqlari boshlangani turdi. Shu yer 
odati bo‘yicha Turdoxunbek boshlab bizning hurmatimizga butun G’ulja boy 
savdogarlarini, qozi, muftiy a’lam, oxunlari boshliq ko‘zga ko‘rinarli kishilarni chaqirib, 
bir ulug‘ ziyofat o‘tkazdi. Buning tuganchisida boshi kimxap to‘n, oyog‘i toza narsadan 
ko‘ynak ishton, to‘qqiz kiyimlik bir bo‘g‘chaga (tugin) tugilgan, ustiga ot tuyog‘iday 
yombu (quyma oltin) qo‘yilgan tortuqni xalq ko‘zida keltirib, mening oldimga qo‘ydi. Shu 
bilan birga boylar orasida ziyofat boshlanib ketib, yana bir ikki joylarda yombusi bilan 
to‘qqizlangan tortuqlari bo‘ldi. 
Lekin, oylarcha, balki yillarcha davom etgan shu kabi katta ziyofatlarda ko‘rgan 
hurmat, siy sifatlar ko‘nglimdagi dardlik jarohatlarimga shifo berish emas, tuz 
qo‘ygandek bo‘lib sezilmokda edi. Chunki, katta kichik boy savdogarlar, muftiy a’lam, 
oxunlar boshliq butun xalq g‘aflat uyqusida yotgan, jaholat balchig‘iga butunlay botgan 
edilar. Buning ustiga iqtisodiy tuzoq qopqonlari har qadamda, halokat chuqurlari 
pardalangan holda har yerda qazilmish edi. Hech qaysilari bunga parvo qilmasdan, bular 
atrofida parvonadek jon qurbon edilar. Ayniqsa, bular ovuni ko‘rgan, tuzoqlariga tushib, 
uzishib qochgan, boy savdogarlarning ko‘ra bila turib qilayotgan ishlariga qarab: 
«Ko‘rgiligi bo‘lsa ko‘zi ko‘r bo‘lar ekan», deyishga majbur edim. Shundoq bo‘lsa ham 
og‘ir kunlarimda ko‘nglimni ko‘tarib, men uchun xizmat ko‘rsatgan do‘stlarimni Alloh 
rahmat qilsin! Bu voqeadan 37 yil o‘tgan so‘nggida, bu tarix yozilayotganida, yuqorida 
aytilmish ahboblarimizdan ikki uch kishigina qolib, boshqalarining esa hayot olamidan 
ko‘zlari yumilmishdir. Uz vaqtida ularga yordamim yetmagan bo‘lsa ham, ruhlariga 
fotiha o‘qib, qilgan yaxshiliklarini unutmaganligimdan tarix yuzida eskarib, 6u o‘rinda 
yozdim. 

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin