Microsoft Word turkiston qaygusi ziyouz com doc



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/120
tarix06.10.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#152649
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   120
www.ziyouz.com kutubxonasi 
40
xonligiga rozilik bildirib, unga bergan bayatlari o‘rnida qo‘llanib kelingan turk 
tuzuklarining birisidir. Shunda taxt toshi puchmog‘laridagi uymalangan tillani atrofdan 
kelgan ulus vakillari — beklar bo‘lishib olur ekanlar. Mana, madaniyat vahshiylari 
Vatanimizga qadam qo‘ymasdan ilgari, Turon ahlining xon saylash usullari shu asosga 
qurilmish edi. Bunga ko‘ra butun xalq roziligini olish bu ishda shart qilinganligi bilinadi. 
Haqiqiy saylov shunday, xalq roziligi bilan bo‘lishi kerakdir. Yo‘q esa o‘zlarini xalq 
hukumati atagan madaniyat vahshiylari ko‘zbo‘yov, yolg‘on saylovlarini ellik yillardan 
beri kino ko‘rsatgandek qilib o‘tkazmokdalar, lekin qog‘ozni bir teshikdan olib 
ikkinchisiga tash-lashdan boshqani hech kim bilmaydi va ham bilish haqiga ega emasdir. 
Yana o‘z so‘zimizga kelaylik. Shunday qilib, Qo-rako‘l shahrida bir oy chamali turdim, 
bu yerdagi mu-sulmonlarning ko‘pchiligi uyg‘urlar bo‘lib, qolg‘anlari — o‘zbek, no‘g‘oy, 
tungon va sart qalmoq (mo‘g‘ul musulmonlari) edilar. Borgan kunimdan boshlab, kecha-
kundiz demay xalq bosa boshladi. U kunlari musul-monlar mening oldimga kirishib diniy 
masalalar, axloqiy va’z-nasihat anglashga ortiq qiziqar edilar. Birinchi jum’a No‘g‘oy 
katta masjidida, ikkinchi jum’a tungon jome’sida oyat, hadislardan ma’nilar bayon qilib, 
iymon-islom asoslarini tushuntir-dim. Dardlik ko‘nglimdan chiqqan ruhoniy va’zlar 
so‘zlaganimda, masjid to‘la necha minglagan musulmonlardan chiqqan yig‘i zori 
tovushlari bilan jome’ bi-nolari larzaga kelmish edi. Bu kabi ruhiy tomondan lazzatlanib, 
botiniy sezgularining qo‘zg‘olish xususi-yatlari ko‘pincha diniy va’z majlislaridagina ko‘ri-
nadi. 
«Odam o‘g‘lining yaxshilari farishtalardan ham or-tikdir», — deb payg‘ambarimiz 
Muhammad alayhissa-lom boshliq o‘tgan barcha yalovchi-payg‘ambarlar bu so‘zning 
chinligiga to‘nuqlik (guvohlik)
beradilar. Ularning yovuz-yomonlari esa, yirtqichlarni 
yo‘lda qoldirib, shay-tonlarga dars beradi. Hozirgi bizning davrimizda (1967 yil) G’arbiy, 
Sharqiy Turkiston bosqinchila-rining qilayotgan cheksiz zulmlari esa, buning jonlik 
guvohidir. Inson yaratilgandan beri ikki Tur-kiston musulmonlari uchun bu kabi ziyoni 
tuganmas, zarbasi uzulmas uzun ofat — qizil balo hech vaqt, hech qachon 
ko‘rilmagandir. Negakim, dunyo borlig‘idan beri xudosiz-dinsizlar qo‘liga qurol o‘tib, 
hoki-miyat ustiga minmagan edilar. Bu yirtqichlar insonlarni yolg‘izgina diniy, vataniy, 
shaxsiy huquqlaridan emas, balki insoniy haqlaridan ham butunlay ajratib, hayvonlar 
qatorida ishlatmoqdadir. 
Asrimiz boshida chiqqan siyosiy firqalar ichida kommunizm kabi aqldan yiroq, xayoliy 
bir maslak ahli bo‘lgan emas. Mana shu xayoliy maslak egalari 50 yildan beri aqldan 
tashqari tuzumlarini qurol kuchi bilan xalq ustida yurgizib keladilar. Payg‘ambarimiz 
Muhammad alayhissalomdan qiyomat alomati so‘ral-mish edi: «Unda haromzodaning 
o‘g‘li — haromzodalar hukumat egasi bo‘lib, xalq ustida zulm hukmini yurg‘izadi», — 
dedilar. Hozirda esa, naqd shu kunlar ustida turibmiz. Endi bu firqadan qanday yaxshilik 
umidi bo‘lurkim, bularning asosiy tuzumlari — xu-dosizlik, dinsizlikka, o‘zlaridan boshqa 
hech narsaga ishonmaslikka qurilgan bo‘lsa. Chunki, dinsizlik har bir yomonlikka yo‘l 
ochadi, insonni insonlik sifatida tutib turadigan, har bir yaxshilikka boshlaydigan narsa 
— dindur. 
Qorako‘l shahrida qancha turgan bo‘lsam ham, uyqi vaqtlaridan boshqa chog‘lari 
kelim-ketimdan bo‘shanol-madim. Shunday bo‘lsa ham vaqt topib, mashhur shved 
sayyohi Vanxidinning «Taklamakon» asarini va «Ti-bet» sayohatnoma kitoblarini o‘qib 
chiqdim, ulardin ko‘p foydalandim. O’zgarish oldida talanga uchragan Qorako‘l 
kutubxonasi tatarcha, usmonli turkchadan tar-jima qilingan nodir asarlar ko‘pligi bilan 
mash-hur edi. Inqilob boshlangan davrda qonunsiz qora kuch, nodon odamlar hokimiyati 
qurilganlikdan sha-harlardagi kutubxonalar va boshqa madaniy asarlarning ko‘plari zoi 
bo‘lmishdir. 


Turkiston qayg’usi. Alixonto’ra Sog’uniy 

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin