www.ziyouz.com kutubxonasi
43
qilishimni bilolmay, hayronlikda qoldim. Shundoq bo‘lsa ham rahmatul-olamin
payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalom boshlariga kelgan kulfatlarni ko‘z oldimga
keltirib, bir oz o‘zimni bosib olganim so‘nggida, yaxshi so‘zlar bilan bolalarni ham biroz
yupantirganday bo‘ldim. Shuning bilan ularga bilgan vasiyat-nasihatlarimni aytib,
qolganini Allohga topshirib, yo‘lga chiqdim.
Shu kecha yurganimizcha saharga yaqin Qorabuloqdan o‘tib, Burolsoy og‘zidagi bir
qora saroyga tushib, kun bo‘yi kishiga ko‘rinmay, bir uy ichiga kirib yotdik. Chunki, bu
to‘rt yo‘ldosh o‘rtamizda bir beshotar miltiq, uch bardanka va boshqa qurollarimiz
bo‘lganlikdan, kunduz kuni ko‘rinib yurishimiz xatarlik edi.
Shunga ko‘ra oqshom nomozini o‘tab olib, ko‘z qorg‘ulang‘och otlanib yo‘lga tushdik.
Ichimizda yo‘lboshchimiz Abish qirg‘iz bo‘lg‘onidek, dovyurak bahodir yigitimiz tungoni
Mokemir edi. Agar dushman to‘sqovullari (chegara, yo‘l zobitlari, posbonlari) bilan
uchrashib qolgudek bo‘lsak, ulardan qutulish chorasi topilmagan taqdirda qurol qo‘llash
ishini unga topshirdik. Shu bilan Kemen suvini bo‘ylab yurganimizcha tongga yaqin
Shodmon botir hojining qishlovi — Cho‘ng Kemen ko‘prigi ostiga yetdik.
Bu kishi esa qirg‘izlar ichida ota-bobolaridan beri el so‘rab, yurt kutib kelgan
Shodmon botir, Jantay botir o‘g‘li, Qorabek botir o‘g‘li, Ataka botir o‘g‘li, Tinay botir o‘g‘li
bo‘lib to‘qqiz ota-bobolarigacha el ustida o‘tgan, o‘z zamonasida qozoq, qirg‘iz xoni
atalgan zo‘r manaplardan edi. Marhum otamiz bilan do‘stlik aloqasi bo‘lganlikdan o‘zi
bilan hayotligida ham ko‘rishib, xizmatida ham bo‘lgan edim. Insonga yoqimli yaxshi
xislatlarning ko‘piga ega edi, Alloh rahmat qilsin! Kishi hayron qolgudek darajada uning
qilgan bahodirliklarini shu kunlarga davr qirg‘iz qariyalari qizg‘inlik bilan o‘zaro doston
qiladilar. O’zim ko‘rganday, eshitganlarimdan bir-ikkovini estalik uchun bu o‘rinda yozib
qoldirishni lozim ko‘rdim.
Ma’lum bo‘lg‘ayki, Shodmon hojining ilgaridan beri yerlab kelgan qishloq joylarini
Cho‘ng Kemen, Kichik Kemen deb ataydilar. Bular esa Tyan-Shan tog‘larining qalin
tarmoqlari orasida joylashgan bo‘lib, Kichik Kemenni Shodmon hojim qishloq tutmish
edi. O’z davrida Ediqut eli — Bolosog‘un o‘lkasini sug‘o-rib qondirgan Chuy daryosining
yarim qismi shu qishloq o‘rtasidan oqib o‘tardi. Bu suv, toshqin vaqtlarida ot-ulog‘ga
kechik bermas edi. Suvning kelish tomoni yuqori bo‘lg‘onliqdan tez oqarligi ustiga, suv
osti ko‘ram (ko‘rinadigan)
toshlari bilan to‘liqdir. Bunday suvdan kechib o‘tish ko‘p
xatarlik bo‘lur. Mana shunday toshqin kunlardan birida, suv hayqirib oqayotganida, mol
boqib yurgan bir qirg‘iz choli oqib ketib, jon talvasasi bilan suv o‘rtasida ko‘rinib turgan
bir yo‘g‘on tosh ustiga chiqib olmish edi. Shu atrofdagi qirg‘iz yi-gitlaridan hech bir kishi
uni bu halokatlik suvdan qutqarib olib chiqishga jur’at qilolmagach, «Botir Shodmon
qo‘lidan kelmaydigan ish yo‘q, Hizr nazar solgan kishi», deb ishongan qirg‘izlar, bu
dahshatli xabarni unga bildiradilar. Buni anglashi bilan chovitga (tashlanishga
tayyorlanib turgan) turgan yo‘lborsday turqi buzilib, o‘ngi o‘zga-rib: «Hay, attang!
Ingragir zamon bizga yomon bolla-rin qoldirgan ekan; tort to‘r ayg‘ir otimni», deb
hayqirmishdir.
Bolalik kunidan tortib, bir aytgan so‘zidan qayt-maslig‘ini bilgan xizmatchi-tobunlari
ilojisiz bo‘lib, u aytgan otini keltirishga majbur bo‘lg‘anlar. Shu orada cho‘ng kishilardan
o‘zining teng-tushlari keli-shib qolib: «Hay, botir, tilsiz yovga qarshi chiqib, botirlik qilish
qanday bo‘lar ekin? Ko‘pchilik el yig‘ilsa boshqa bir ilojin qilar edik», deyishib, har
qancha yolvorishsa ham, qaramay, otlanib suv to-monga qarab jo‘nabdi. Buni ko‘rgach,
nima qilishlarini bilolmay, yo uni bu ishdan qaytarolmay, butun xalq qo‘rqinchga tushib,
hayronliqda qolibdi. Mukush, Kamol degan otoqliq o‘g‘illarining onasi, uning oldida eng
suyuklik, el ichida qadri ulug‘ Lakabaybiche degan xotini yig‘lab-yolvorib: «Hay, botir, bu
ishni qo‘ying, sizdan so‘rardim», deb o‘zini ot ostiga tashlaganiga qaramay, otaka-o‘rani