www.ziyouz.com kutubxonasi
45
Bolalik kunidan boshlab ko‘rsatgan bu bahodirning shu kabi kishi hayron qolarlik
ishlari juda ko‘pdir. Buning bahodirligi, saxiyligi ustidan boshqa emas, o‘zim ko‘rgan-
bilganlarimni yozar ekan-man, o‘z oldiga bir kitobcha bo‘lishi mumkindur.
Inson yaxshiligi ko‘milib ketmasin, xudo xush ko‘rgan fazilat bo‘lgan turk ulusining
bahodirligidan kelajak bo‘g‘inlarimizga o‘rnak bo‘lib, ibrat ol-g‘o‘dek so‘zlarni bu o‘rinda
kelturdim.
B a y t: Tilim turk xalqimga ko‘p ofarin qil, Nayongliq maxtasang ozdur aniq bil! Yarash chog‘ida mehmondek o‘tirg‘ay, Urush kunlarda arslondek otilg‘ay. Biroq payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam aytganlaridek, har odam o‘z
zamonasiga yaxshi tushunishi kerak. O’tmishdagi ko‘krak kerib ot chopgan, nayza solib
yov olgan, ota-bobolarimiz o‘z zamonalariga yarasha ustilariga yuklangan diniy, milliy
burchlarini o‘taganliklari uchun Vatanlarini bosqinchilardan saqlab, o‘z hokimiyatlarini
qo‘llaridan chiqarmagan edilar. Keyingi uch yuz yilda jaholat, xurofot balchig‘iga botib,
nodonlik, tushunmaslik ofatiga yo‘liqqanlik natijasida ruslar Vatanimizga zo‘rlik, qurol
kuchi bilan bosib kirib, erklik hokimiyatimizni qo‘limizdan tortib olganiga shu kunlari
to‘g‘ri yuz yil to‘lmishdur.
Vatanimizga birinchi bostirib kirgan shum oyoq chor hukumati ellik yillik davrida
Turkiston xalqini butunlay qorong‘ilikda, ilm-ma’rifatdan uzoq tutib kelgan bo‘lsa ham,
surbetlarcha ruslarni ko‘plab ko‘chirib kelmagan edi. Yerlik xalqning erki o‘zida, Vatani
qo‘lida bo‘lib, diniy marosimlari, maktab madrasalari, har turli jamoat ishlari o‘z
ixtiyorlarida edi. Qachonki, xalq g‘amini qayg‘urgan bo‘lib ko‘ringan yolg‘onchi aldamchi,
ustal oshig‘i, mansabparast kommunistlar, qurol kuchi bilan va ham o‘ng so‘lini, foyda
ziyonini ajratmagan, tushunmagan, vijdonsiz, qoraqurov nodonlardan foydalanib, o‘z
hokimiyatlarini o‘rnatib olgandan so‘ngra, butun ishlarni o‘zgartirishga kirishdilar.
Shundoqki, bularning hokimiyatlari dinsizlik xudosizlik asosiga qurilganlikdan, birinchi
kundan boshlaboq, butun diniy ishlarni, shariat hukmlarini yo‘qqa chiqarib, maktab
madrasalar, masjid xonaqolardan buzilmay qolganlarini choyxona, o‘yinxonalarga
o‘xshash o‘zlari uchun keraklik o‘rinlarga aylantirdilar.
Ma’lumdirki, dunyo yaratilgandan beri yer ustidagi insonlar o‘z erklaricha ishlab, tilagan joylarida o‘z ixtiyorlaricha yashab kelmish edilar. Chunki, inson bolasi asli yaratilishidayoq, o‘z erk-ixtiyoriga ega bo‘lishi sifatida tugilib, boshqa hayvonlardan shu orqali farqli bo‘lmishdur. Hayot olami ichra hech bir zamon, hech bir mamlakatda insonlarni erk ixtiyorlaridan ajratib, tilsiz hayvonlar qatorida majburiy ishlatish kishi xayoliga kelmagan edi. Endi bu xayoliy tuzimni qo‘llanuvchilar, xayolparast Lenin boshliq, qurol kuchi bilan shu kabi sharmandachiliklarni amalga oshirib, 50 yildan beri xalqni qiynab keladilar. B a y t: Qayg‘ulik tunlar uzaydi, tong otar kun bormikin? Biz qamaldik bu temir qo‘rg‘on ichida ingranib. Bu zulm qo‘rg‘on qobig‘in sindirar kun bormikin? Barcha olam yo‘llari ochiq erur bizga yopib. Ey, xudo, haj yo‘li bizga ochilur kun bormikin? Barcha olam ahli o‘z maqsadlarini toptilar. Uzbekiston xalqiga 6u ish bo‘lar kun bormikin? Ruslar bosti Vatanni, qopladi seldek kelib, Bu falokatdin, xudoyo, qutilar kun bormikin?