www.ziyouz.com kutubxonasi
53
kelar ekan, tog boskandek ustimizda bosib yotgan bosqinchilar qo‘lidan vatanimiz Turkistonni, albatta, qutqara olamiz. Chunki, bizlar hozirgi holda tog tagiga tushgan chumolidek ojizlikda yotgan bo‘lsak ham, bunga qarshi ko‘z oldimizda toglarni qo‘morgidek (ag‘dargudek, ko‘chirib, yulib tashlagudek), dahshatlik kuch quvvatlar fursat kutib turibdilar. Agar shundoq kunlar to‘gri kelar ekan, siyosat maydoniga millat yetakchilari, albatta, chiqadi va shunda Turkiston xalqi o‘z hukumatini birinchi navbatdayoq qurib olishi, albatta, lozimdir. Har millatning o‘z hukumati o‘z qo‘lida bo‘lmas ekan, cho‘poni qo‘ychiboni yo‘q bir to‘da qo‘y kabi yirtqich qushlarga, och bo‘rilarga yem bo‘lib, oxiri inqirozga uchrab yo‘qoladi. Endi maqsadga yetmoq uchun davlatimiz qo‘limizdan ketgan bo‘lsa ham, millatimizni yutilishdan saqlab qolish kerak. Buning birdan bir chorasi esa, diniy va ham milliy hislarimizdan ajramaslik edi. Biroq bu hiylagar bosqinchilar o‘zlarining zulm-istibdod hokimiyatlari ostida diniy milliy hislarimizni yo‘qo tish uchun, tish-tirnoqlari bilan qattiq kirishganliklari natijasida, Turkiston xalqining diniy hislari ko‘ngillaridan ko‘tarilib qoldi. Nechuk ko‘tarilmagaykim, din ilmi, din tarbiyati birinchi navbatdayoq maktab madrasalardan chiqarilib tashlab, o‘quv o‘qituv ishlari butunlay dinsizlik asosiga qurilmish edi. Shundan beri 50 yil o‘tdi. Sovet hukumati kommunistik istibdod ostida diniy milliy hislarini butunlay xalq ko‘nglidan chiqarish uchun, moddiy va ma’naviy kuchlari bilan dinga qarshi butun choralarini ko‘rmoqda. Buning ta’siri orqalik hozirgi yoshlarimizning din haqidagi tushunchalari o‘zgarib, diniy hislari yo‘qolishi boshlandi. Uning ustiga baynalmilal pardasi ostida yoshirinib olib, millatchilik yo‘q desa ham, boshqalarni yutish qonunini amalga oshirish bilan bizni yutmoqchi bo‘ladilar. Endi bu yolmogizlarga yutilishdan o‘zimizni qutiltirish uchun, diniy, milliy hislarimizni saqlab, zamonaviy fan ilmlarini egallashdan boshqa chora topilishi mumkin emasdir. Xulosa shuldirki, milliy hokimiyatimizdan hozircha ajrab turgan bo‘lsak ham, milliy hissiyotimizdan ajramay, uni saqlay olsak, kelajakda dushmanlarga yutilishdan o‘zimizni qutqara olamiz. Endi bu maqsadga yetish uchun qo‘yilgan masalalarning eng birinchi sharti til masalasidir. Agar biz til adabiyotimizni kengaytirib, uning qadr qimmatini oshirib, boshqa madaniy tillar darajasiga yetqizur ekanmiz, mana bu chogda millatimiz, milliy hissiyotlarimiz doimiy ravishda o‘sib saqlangusidir. Agar bunday bo‘lmay balki, aksincha, o‘z ona tili qadriga yetmasdan unga ahamiyat bermas ekanlar, u chogda ko‘p uzoqlamayoq alvido aytib, o‘z tillaridan abadiy ajragan bo‘ladilar. Shundoq bo‘lib, o‘z ona tilidan ajramoqlik, milliy hissiyotlarini yo‘qotish natijasidir. Bu ish esa insoniyat olami oldida ulug xiyonat, kechirilmas jinoyat hisoblanadi. Bunday bo‘ldi demak, ulug Turkiston ulusi Turon nasli bosqinchilar tilagicha, qurbon bo‘lgan holda inqirozga uchrab, Alloh saqlasin, tarix sahifalaridagi shon-sharaflik nom nishonlari o‘chiriladi demakdir. «Xonligingdan ajrasang dagi, ulusingdan ajrama», degan eskidan qolgan maqol eng hikmatli so‘zdir. Chunki, bizning ishimiz va biz o‘xshash boshqalarning ham ishlari shu hozirda talashib-tortishib yotgan dunyo siyosatiga bogliqdir. Shunga davr til adabiyotimizdan adashmay, milliy hissiyotimizdan ajramagan holda, zamonaviy ilmlarni egallashimiz kelajakda ko‘z tutilgan ulug maqsadlarimizning birinchi shartidur. Yana o‘z so‘zimizga qaytaylik. Shunday qilib, tog‘dan toqqa, dovondan dovonga osha
ikki kun yurganimizcha, bizni kutib olishga mo‘ljal qilishgan tog‘ga yetib keldik. Qarasak,
biz va’dalashgan kishilardan bu yerda hech kimni ko‘rolmadik. Bu ishdan o‘ylanib
gumonga tushgach, sog‘lik bilan olg‘a tomon yurib, kun tush vaqtida Qudurg‘u tog‘iga
yetib keldik. Bizni kutib turmoqchi bo‘lgan Qo‘ychi botirning yoshiringan joyi to‘p
qarag‘ay, qarshimizdagi tog‘ betida ko‘rinib turmoqda edi. Ko‘z tutgan yerimizdan hech
kim ko‘rinmay, jim-jit bo‘lganligi uchun hayron qolib turganimizda, birdaniga uch otliq
kishi tog‘ cho‘qqisidan chiqdilar. Bizning kishilarimiz bo‘lsalar kerak deb, Hizrni