Microsoft Word turkiston qaygusi ziyouz com doc



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/120
tarix06.10.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#152649
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   120
www.ziyouz.com kutubxonasi 
61
edi. Shu kabi og‘ir kunlar boshga tushganida yaxshi yomon ko‘zga ko‘rinib, do‘st 
dushman shunda ajraydi. Er kerakkim, shunday og‘irchilik kunlari torchilik yerlarida 
kishilikni yo‘qotmay o‘zini tuta bilsin. 
B a y t: 
Yaxshilik kunlarda barcha do‘st bo‘lur,
Qora kun tushganda kimdir ojiz o‘lur. 
Shundoq qiyinchilik bilan Pishpek yer osti turmasida yotqanimda menga jon kuydirib, 
vafodorlik bilan xizmat ko‘rsatuvchilar So‘quluq tungonlaridan Dovudhoji, Ma’sudhoji, 
Ma’sudoxun boshliq shogirdlarim edi. Bu tarix yozilgan kunlari qarasam ul vokeadan 38 
yil o‘tmishdir. Hozirgi 1968 yil tarixida esa, o‘sha sadoqatlik do‘st shogirdlarimizdan ikki 
uch kishigina qolib, boshqalari foniy dunyodan o‘tib, marhum bo‘lmishdirlar. Biz uchun 
mol jonini ayamagan, xudo uchun do‘st tutingan, vafolik shogirdlarimiz edilar. Alloh 
ulardan rozi bo‘lsin! 
O’sha vaqt turma tartibi bo‘yicha har o‘n kunda bir yo‘li yemak olishga ruxsat berur 
edi. Shu kuni bo‘lganida uch to‘rt yerdan ovqat kelgani ustiga, birovi oz deganda o‘n 
kishiga yetarlik qilib kirgizur edilar. Ayniqsa, tungonlarning manti, manpar, suyuqosh 
kabi boshqalarnikidan ortiqcha lazzatli taomlari ko‘pdir. Shunga ko‘ra butun 
kameradagilar shu kunning kelishini kutib turishardi. Ayniqsa, ichki Rusiyadan qochib 
kelgan ruslar ichida soqoli ko‘ksiga tushgan xristian ruhoniylaridan bir pop bor edikim, 
unga shuncha ko‘p ruslar ichidan birontasi ham yaxshi ko‘z bilan qaramas edi. 
Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalom aytgan ekanlar: «Uch turlik kishilarga rahm 
qilmoq kerak birovi shulki, avvalda, bir qavmning hurmatlik kishilaridan edi, so‘ngra 
xorlikka tushib qoldi. Ikkinchisi bir kishi boy edi, davlati qo‘lidan ketib, chag‘ay bo‘lib 
qoldi. Uchinchisi shunday olimdirki, zamonasida uning ilmini taqdirlaydigan odamlar, 
olimlar yo‘q bo‘lib, sof johillar ichida qoldi. Mana shunday odamlarga rahim 
qilinglar»,deydilar. Shuning uchun kelgan osh ovqatlarni yetganicha kamera ahllariga 
tarqatganimda hammadan ilgari o‘sha popga berar edim. 
Yerlik nemislardan o‘qimishlik injener bir yigit ham bor edi. Shuncha ko‘pchilik ichida 
boshqaga qaramay, men bilangina so‘zlashar edi. Uning aytishicha, Parij dorilfununini 
bitirib, boshqa Ovrupo tillaridan ham ikki uch xil til bilgan holda, oliy ma’lumotga ega 
bo‘lmish ekandur. Erta kech tashqariga chiqqanimizda qo‘ltiqlashib yurar, kameraga 
kirganimizcha mendan ajramas edi. Bir kuni menga qarab: «Hay do‘stim, bu 
yirtqichlardan qutilsak kishi go‘shtini yeydigan yer bo‘lsa ham borar edik, bu vahshiylar 
qadamlari yetmagan pok joylarda ikkovimiz shu kabi qo‘ltiqlashib yurar bo‘lsak, bu kabi 
vijdon azobidan qutulib, eng ulug‘ davlatga erishgan bo‘lur edik»,deb oh tortardi. Buning 
bu so‘zidan qattiq ta’sirlangan bo‘lishim kerakkim, oradan shuncha davr, 38 yil o‘tgan 
bo‘lsa ham ko‘nglimdan ko‘tarilgani yo‘qdir. 
Shunday qilib, 1931 yili butun qishni shu kabi yer osti kamera azobida o‘tkazdik. 
O’limdan surgundan qolganlarimiz zo‘rg‘a yozga ulashib chiqqach, qurilish ishlari 
boshlanib ketdi. Hafta o‘n kunda bir marta tashqaridan kelgan halol ovqatga qanoat 
qilib, turmaning harom taomlaridan totinmay, quruq nonchoy bilangina turdim. Buning 
ustiga kecha kunduzlab yer osti buzuq havoda yotganimizdan bo‘lishi kerak, kundan 
kunga kuchsizlanib, sog‘lig‘im nochorlashishga boshladi. Shunga ko‘ra ish so‘rab, 
tashqariga chiqishga ariza berib edim, xudo o‘nglab, ishga ruxsat qildilar. 
Bahor kunlari qorong‘u kameralardan tashqari chiqib, ochiq quyosh, sof havo, keng 
maydonda turgach, o‘zimni yangidan hayot topib, boshqa bir olamga kelganday sezar 
edim. «Va in taudduv nematolloh la tuhsuvxo», yani «Sizlarga bergan Allohning 
ne’matlarini sanab tugatolmaysizlar», degan oyatni o‘qigan bo‘lsak ham, buning asli 
ma’nosini shundagina tushundim. Shundoqkim, insonning har bir nafasida ikki ne’mat 


Turkiston qayg’usi. Alixonto’ra Sog’uniy 

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin