www.ziyouz.com kutubxonasi
60
o‘lkalaridagi yerlik musulmonlar ustida, agar siyosat shu hozirgi ketishicha davom etsa, ko‘p uzoqlamayoq bu ikki turk urugi o‘z tillaridan va ham vatanlaridan ajragan holda, hammadan ilgari ruslashib, yutilishga tayyor bo‘lib qoldilar. Chunki ikkinchi dunyo urushi to‘xtagan kunidan boshlab, hozirgi tarix 1968 yilga davr bu ikki o‘lkada yerlik xalqlarga ko‘ra rus zabonlarning soni tez ko‘payganligi shuni isbotlaydi. Shuning uchun hozir qutulish mumkin bo‘lmaganlikdan, uning vaqti kelguncha o‘zimizni yutilishdan saqlashimiz kerak. Qaysi yo‘l bilan bo‘lsa ham o‘zini saqlagan millat, vaqti kelganda sabablarni to‘liqlab, chidamlik bilan ishga kirishar ekan, albatta, maqsadni qo‘lga keltira oladi. Endi dushmanga yutilishdan saqlanishning eng kuchlik quroli esa, shu ikki narsadan iborat: birinchisi diniy ixlos, ikkinchisi milliy hisdir. Qaysi millat bu hislarga halal yetkizmay yaxshi saqlar ekanlar, unday millat dushman tomonidan yutilib ketilishi mumkin emasdir. Kommunistlar hukymati dinga qarshi ellik yillik kurashi davomida O’zbekiston musulmonlarini, ayniqsa, o‘qituvchi va o‘quvchilarni o‘z dinlaridan anchagina yiroqlashtirib, diniy hissiyotlarini yo‘qota oldi. Lekin bularning milliy hissiyotlari har qancha tortishuvlar ostida bo‘lsa ham, shu kunlargacha ozmi ko‘pmi saqlanib kelmoqdadir. Endi bu hissiyotimizni doimiy ravishda saqlab qolishimiz uchun, keraklikzarur tillarni o‘zlashtirganimiz ustiga, o‘z ona tilimizga qattiq ahamiyat berib, milliy adabiyotimizni yuqori ko‘tarib, ilm va madaniyat tillari darajasiga yetkazishimiz lozim. Mana shundagina bizlar oldimizda ogiz ochib tayyorlanib yotgan qizil ajdarhoning yutishidan o‘zimizni saqlay olamiz. Til-adabiyotimiz qanchalik o‘sib, taraqqiy topar ekan, ilm ma’rifat ham shunchalik kengayaveradi. U holda quruq otliq O’zbekiston bo‘lmay,. tilimiz qatorga kirgach, adabiyotimiz sohasi kengayib uning obro‘yi oshgan sayin, millatimiz hurmati ko‘tariladi. Bu esa milliy hissiyotimizni saqlab qolish uchun eng kuchlik qurollardan bo‘lib hisoblanadi. Shunga ko‘ra diniy hisdan ajraganlari ustiga milliy hislaridan ham ajramoq, XX asr madaniyat ajdarhosi ogziga tushib yutildi demakdir. Shuning uchun yosh qari demay vatanparvar, millatsevar o‘zbek olimlari o‘zlarining kelajak avlodlari oldidagi eng muqaddas vazifasi deb bilib, bu xizmatni eslaridan sira chiqarmasinlar! Bir millat o‘z hayotiy huquqlarini kerakli sharoiti bilan qo‘lga keltirishi uchun, u millatning oliy himmat o‘gillari fidoyilarcha mol-jonini ayamay, bu yo‘lda har qancha .qiyinchilik chiqar ekan unga qarshi ko‘krak kerib, chidamliq bilan ish olib borar ekanlar, ana shundagina haqiqatni yuzaga chiqarib, o‘z maqsadlariga erisha oladilar. Himmati o‘zidan oshmagan olimlarning butun qilgan harakatlari hayvonlarcha qorin to‘ygazishgagina boglangan bo‘lib, ular irodasiz, inson suratlik janivor lardir. O’z tillarini unitib, muqaddas dinlarini hammadan ilgari tashlagan holda, ular ilon ogziga kelgan quyondek yutilishga yaqin turadilar. Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalom «Kishi qaysi xalq tilini o‘rganib, ilmini olsa, uning tuzogiga tushmay, ziyon zahmatdan o‘zini qutqara oladi», dedilar. Bunday bo‘lgach, til o‘rganib, o‘quv o‘qituvdan kutilgan bizning birinchi maqsadimiz: butun dunyoga tanilgan Vatanimiz Turon Turkiston tarixini qoralashlardan saqlab va ham kelajakdagi avlod nasllarimizni seldek kelayotgan bosqinchilarga yutilishidan qutqarishdir. Agar shunday qilinmas ekan, iymonliklar xudo oldida javobga tortilib, boshqalar esa, so‘nggi avlod bolalarimiz tilida tuganmas la’natga qoladilar. Yana o‘z so‘zimizga qaytaylik. Zolimlar tomonidan nohaq olingan shuncha ko‘p
qirg‘izlardan yolg‘iz «so‘pochi choldan boshqa hech kim qutilolmadi. Ayniqsa, betoblikga
uchragan yoshi ulug‘ kishilardan hech kim qolmadi. Buning ustiga o‘zlariga qarshi
gumon qilib, yer osti kameralarida saqlanmish mazlumlardan qorong‘u tunlari, oldindan
qazib tayyorlab qo‘yilgan chuqurlarning labiga keltirib, otilgan chopilganlar ham oz emas