Microsoft Word turkiston qaygusi ziyouz com doc



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/120
tarix06.10.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#152649
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   120
www.ziyouz.com kutubxonasi 
62
bordir. U ham bo‘lsa toza havoning kirishi, buzuq havoning chiqishidir. Bunday bo‘lgach, 
boshqa ne’matlarning hisobiga qanday yetgali bo‘lg‘ay? Shu bilan qurilish ishlarida bir 
qancha vaqt xizmat qilib yurdim. Xizmatga chiqish yarim qutulishday bo‘lib, eshitgan 
og‘aynilar deyarlik har kuni yo‘qlab turishdilar. Ayniqsa, uyg‘ur Ibrohimoxun novvoy, 
o‘lgan bo‘lsa xudo rahmat qilsin, uning haftalik bir savat yog‘liq kulchasi bilan, bir chora 
(idish, tog‘ora) mantisi, yo bir tavoqda palov oshi uzulmay kelib turdi. 
Bir kuni kechqurun xizmatdan qaytib kelganimda turmadagilardan bir kishi qo‘limni 
ushlab turib, «Sening paloni nemis do‘sting sud bo‘lib, uzoq yerga 10 yilga surgun 
bo‘lmishdir. Menga topshirdikim, «O’zbek do‘stimning qo‘lini tutqan holda, mening 
yolqunliq salomimni yetkur. Dushman ko‘lida uzoq safarga ketdim», demish ekan va 
yana: «Qayg‘ulik ko‘nglim ostidan o‘rin olgan uning muhabbatini umr bo‘yi saqlashga 
va’da beraman», demish edi. Men ham 6u voqeadan 37 yil keyin, ya’ni 1968 yili uning 
so‘zini eskarib, tarix yuzida qoldirishim bilan muhabbat ahli kim bo‘lsa ham, mening 
oldimda naqadar ulug‘ hurmatga ega ekanligini ochiq ko‘rsatdim. 
B a y t: 
Muhabbatdan ko‘ngullar nurg‘a to‘lg‘ay,
Sakkiz jannat oningdin hosil o‘lg‘ay. 
Undan ajragan so‘nggida uch to‘rt oylab o‘z odatim bo‘yicha ishchanlik bilan turlik 
xizmatlarda bo‘ldim. Qamalgan kunimdan boshlab, biror marta bo‘lsin meni so‘roqqa 
chaqirmadilar. Birga qamalgan safar yo‘ldoshlarimni urib so‘kib, turli qiynovlar bilan 
so‘ragan bo‘lsalar ham, ilgari keyin Alloh meni bunday ishlardan asramish edi. Lekin 
ishning qattig‘ligidan haftada bir kun dam olishdan boshqa kunlarda ish vaqti 12 soatdan 
kam emas edi. Shunday og‘ir mehnatlar ostida 4 5 oy ishlatgan so‘nggida birdaniga bizni 
siyosiy idora qaramog‘idan katta turmaga ko‘chirmoqchi bo‘ldi. Bizni ishga chaqirishgan 
kundan boshlab, qo‘ra ichiga tikilgan kiygiz o‘tovlarda yotardik. Yana shularni o‘zimizga 
ko‘chirgizib, turma qo‘rasiga tiktirgach, bizni kameraga kirgizmasdan ularni yotoqxona 
qilib berdilar. Bu yerning qiyinchilik ahvolini ko‘rganimizdan keyin ilgari ko‘rgan mehnat 
mashaqqatlarimiz biz uchun rohat ko‘rilmish edi. Chunki, payg‘ambarimiz aytishlaricha: 
«Kimga bir musibat yetsa, unga sabr qilmoq kerak, undan yomonrog‘i bo‘lmagani uchun 
shukr kilish lozimdir». Shu bilan 6u joyda ham ishga borib kelib yurib, bir ikki oy 
o‘tkazgan bo‘lsak ham, odam ko‘pligidan ko‘p qiyinchilik ostida turib edik. 
Shu orada bizning ustimizdan hukm chiqardilar. Shundoqki, hamsafarlardan men 
bilan boshlig‘imiz Nazirqulga 10 yildan, yana birovimizga yetti yil, qolganlar esa 
bo‘shatilmish edi. Bo‘shaganlar suyunishgan, qolganlari, ayniqsa, bizga o‘xshab og‘ir 
kesilganlar ichida yig‘laganlar ham bor edi. Kesim (jazo, hukm qarori)
qog‘ozini 
qo‘limizga bergach, o‘qitib qarasak, jazoni ijro qilish ishi Toshkentdagi konqlager 
ixtiyoriga topshirilmishdir. U yerda esa qirq besh mingdan ortiq odam borlig‘ini 
onglamish edik. Kelgan mazlumlar har qanday yiroq surgunga ketar ekanlar, shu lager 
orqaliqgina yuborilar ekan. Sibirning eng yiroq, eng sovuq yerlari Slavka va Arxangelsk 
kabi joylariga hukm bo‘lgan kishilar ham shu o‘rindan uzatilur ekan. Bu joylarning 
haybati quloqqa ko‘p kiravergach, insonchilik ko‘nglimga turlik xayollar kelib, bundan 
qutulish chorasiga kirishdim. Toqatdan tashqari ishlardan qochish payg‘ambarlar sunnati 
bo‘lsa ham, qutulib ketish qiyin bo‘lganlikdan uzoq o‘ylanib qoldim. O’z o‘zimga: 
«Mening nima gunohim uchun o‘n yil berdilar», der edim. 

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin