TA’QIB VA SHARQIY TURKISTONGA O’TISH
Hayot olamida yashagan har qanday odam uning og‘ir yuklarini ko‘tarib, achchiq-
Turkiston qayg’usi. Alixonto’ra Sog’uniy
www.ziyouz.com kutubxonasi
63
chuchigini tatimasdan chorasi yo‘qdir. Qur’onning aytishicha: «Ne’matga shukr qilib,
mehnatga sabr qilmoq va uning qutulish chorasiga kirishmoq lozimdir». Turma tartibi
bo‘yicha hukm bo‘lgan kishilarni tashqi ishga chiqarmay jo‘nar vaqti bo‘lguncha
kamerada saqlar edilar. Ertalab turgach xizmat kiyimlarimni kiygan holda qarab turgan
edim. Ishchilar yo‘qlama tizim xatini o‘qiganda, xudo o‘nglab, otim chiqib qoldi.
«Tayyorman», deb qatorga o‘tdim. Odatga qaraganda meni kameraga qamab qo‘yib,
Toshkent konqlageriga jo‘natishlari kerak edi. Yo‘q, unday bo‘lmay, ishchilar ichida
turma temir qopqasidan tashqari chiqdim. Odatdagi ish ustiga kelgach, qarasam,
samovar qaynab choy ichar vaqti bo‘lmish edi. Mana shu chog‘da nima bo‘lib atrofga
qo‘ygan qorovullar ko‘rinmay qolishdi. Men ham vaqtni g‘animat bilib, mo‘ljallab ko‘ygan
o‘rama tikanlik sim ostidan chaqqonlik bilan o‘tib, ko‘zdan g‘oyib bo‘ldim.
Biroq, qanday qilishimni, qaerga borib kimning uyiga sig‘inishimni bilolmay, kishi kam
ko‘chalarda biroz kezganimdan so‘ng, qadrdon tungon og‘aynilarimdan Xiyoxalpa
eshigiga borib, chaqirib edim, yugirib chiqa keldi. Meni turmadan qutulib chiqdi deb
gumon qilgan bo‘lishi kerak, yig‘lagan holda «Muborak bo‘lsin» deb quchoqlashib
ko‘rishayotganda, qochib chiqqanimni qulog‘iga shivirlab quyib edim: «Qo‘rqmang, xudo
qutqargani shu!», deb ko‘nglimga ancha quvvat berdi. Buning qilgan kishiligi unutarlik
emas edi. O’lib ketmish ekan. Alloh uni rahmat qilsin!
Ehtiyot yuzasidan tom chodiri ichida bosilgan beda o‘rtasidan bir kishilik joy qilib,
kechga dovur meni shu yerda saqladi. So‘ngra, o‘z maslahatim bilan oqshom qorong‘usi
aralash, tungon mahallasida tungonlardan Ishoza otliq yana bir ishonimlik do‘stim bor
edi, shuning uyiga keldim. Bu esa iymon ixloslik, sinovdan o‘tgan mard kishi
bo‘lg‘anlikdan, jon fidolik ko‘rsatib, do‘stlik haqini bajarmish edi. Kishi hayron qolg‘udek
soqlik-sergaklik bilan meni uyida uch kungacha kutib, yaxshi saqladi. Shungachalik tinch
turgan bo‘lsak ham izlovchilar chiqa boshlagach, shu kuni shom vaqti bilan Pishpekdan
kun botishga yaqin, qirq chaqirimcha bo‘lgan tungon qishlog‘i So‘quluqqa qarab jo‘nadik.
Mendan xabar olgani ketayotgan Mogar, Momoza degan shogirdlarimiz yo‘lda yo‘liqishib,
birgalikda uylariga bordik.
Bu yerga kelgach, yolg‘iz o‘z shogirdlarim emas, balki butun tungon xalqi menga
qorovul bo‘lmish edilar. Mening bu yerga kelganimni o‘z shogirdlarimdan boshqa birov
bilmagan edi. Hukumat ichidagi xizmatchilari bo‘lsa ham, menga hayrixoh bo‘ldilar.
Shuning uchun necha qayta kelgan hukumat josuslarini bu yerga meni kelmaydi deb
qanoatlantirmish edilar. Shunday bo‘lsa ham ilon chaqqan kishi arqon shaklidan
cho‘chiydi degandek, o‘zim ham imkoniyat boricha ehtiyot yo‘lini tutdim. Shunga ko‘ra
butun shogirdlarim tashqaridan ko‘z quloq bo‘lib turdilar kunduzlari tirikchilik ishlari bilan
bo‘lishib, kechasi esa zerikmasligim uchun men bilan birga edilar. Shuning uchun
Rasululloh alayhi vasallam aytdilar: «Haqiqiy do‘stlarni ko‘paytiringlar, chunki bular
yaxshilik kunlarida ziynat bo‘lurlar, balo tushganda boshpanodurlar».
Har qancha soqlik bilan bu yerda turgan bo‘lsak ham, ishimiz kundan kunga
qo‘rqinchlik edi. Agar bu yo‘li yana zolimlar qo‘liga tushar ekanman, u vaqtda men
uchun qanday jazolar qo‘llashlari ma’lum edi. Shunga ko‘ra Solar tungonlaridan
Yusufqori degan bir shogirdim ko‘p qiyinchiliklar bilan Toshkentdagi Xitoy konsulidan
Ismoiloxun nomiga yasama pasport qilib, menga keltirib berdi. Bu kelginchalik
To‘qmoqdagi oilam bilan ko‘rishib, safar harakatlarini bajarib turdim. Shu orada bizning
qadrdon og‘aynilarimizdan va ham qo‘sh qudamiz, uzun yillar To‘qmokda turgan, asli
toshkentlik, G’uljada vafot topgan Shohidoyat qori, butun boyligidan ajragan holda, hech
yerga sig‘maganlikdan qochib, Suqo‘luqqa kelmish edi. O’zimni bildirmay turib,
boshqalar orqalik ul kishiga yordam yetkazib turdim.
Birinchi yotgan yerimda besh olti kundan ortiq turmagan bo‘lsam ham, ikkinchi o‘rin,
Turkiston qayg’usi. Alixonto’ra Sog’uniy
Dostları ilə paylaş: |