www.ziyouz.com kutubxonasi
65
kelishib, aravaga tushgandan so‘ngra, kichkina yurib, bir katta saroyga yetdik. Bu esa
necha tomonlab, ayniqsa, Olmota ulug‘ yo‘lining kelib qo‘shilgan joyida qurilib, o‘z
vaqtida ko‘p obod kutilgan bo‘lsa ham, inqilob buzg‘unligida uni egalari tashlab qochgan
ekanlar.
Olmota, Chelak, Norin, Talg‘ar, Qo‘rom qishloqlaridan uy joylarini tashlab, bola
chaqalari bilan ko‘chishib chiqqan musulmonlar bilan shu yerda ko‘rishdim. Lekin bola
chaqalari bilan ko‘chkanlarning ko‘pchiligi konsul orqali Xitoy pasportini olganlikdan uy
asbob, aravalar bilan chiqqan ekanlar. Bu saroy ichiga kirganimdan keyin eng achinarlik,
og‘ir bir manzara ko‘zimga ko‘rina boshladi. Shundoqki, kun qattiq sovuq, o‘t
yoqilmagan, saroy kutgan hech kim yo‘q, ichiga poxol to‘shalgan bo‘lsa ham, oyoq
ostida payxon bo‘lgan. Uzundan uzun qorong‘u uy ichida yuzlari qayg‘ulik kishilar
yotmish edilar. Sovuqqa chidayolmaganlari uy ichida o‘t yoqqanlaridan esa, burun
yorg‘udek
achchiq tutun bilan uy to‘lmish edi. Ayniqsa, bir yosh xotin o‘zi kasal, oyog‘
ostida yotgan ikki kasal bolasi
ustida termilib yig‘lab o‘ltirg‘anini ko‘rgach, unga qattiq
achindim. Balo tushganda bari kishi o‘zlari bilan bo‘lishib, rahm shavqat kabi fazilatlik
ishlar ham haqiqiy musulmondan boshqa kishilar ko‘ngillaridan butunlay ko‘tarilar ekan.
Yo‘lxat tekshiruvchi to‘sqovul oldimizda bo‘lib, boshqa yo‘l bilan o‘tish mumkin
bo‘lmag‘anlikdan barimiz qo‘rqinchda qoldik. «Sadaqa baloni qaytarur», degan
payg‘ambarimiz so‘zlari xotiramga keldi ersa, ikki bolasi bilan ochlik yalang‘ochlikda
kasal yotgan shu xotinga taom va akchadan berib, uni suyuntirgan holda shunday
ko‘chaga chiqsam, bir yuk mashinasi keldi. Unga qarab: «Bizni Oltiniman dovoni ostiga
eltib tashla, senga muncha aqcha beramiz», desam, u ham «Bir shartim bor, ikki toy
yukim tog‘dan soyga qulab ketgan, shuni chiqarib bersanglar, sizlarni olib ketar edim»,
dedi. Biz ham buni g‘animat bilib, darhol mashinaga chikdik. Biroq, o‘zimizni ishchilarga
o‘xshatish uchun safar belgisi xurjun xalashlarimiz ko‘rinmasligi kerak edi. Shuning
uchun qo‘llarida yo‘l xatlari bor, bola chaqalari bilan aravalik ketayotgan, Olmota
atrofidan chiqqan taranchilarga to‘sqovul oldidan o‘tib olganimizcha shu narsalarni
aravanglarga solib qo‘yaylik deb iltimos qilsak, qabul qilmadilar. So‘ngra, shu yoqqa
hukumatning molini yuklab ketayotgan rus aravakashlariga 5 6 so‘m aqcha berishimizni
aytib, xurjunlarimizni ularga topshirib, yo‘lga tushdik. Shu bilan bizni to‘sqovullar
oldidan taraqlaganicha o‘tkazib, besh o‘n chaqirim yurgach, tog‘ belida to‘xtadi.
Va’damiz bo‘yicha, soy ichida yotgan ikki toy yukni ming mashaqqatlar bilan yuqoriga
chiqargach, mashinasiga solishib qo‘ydik. Allohning yordami, sadaqaning sharofati bi-lan
bu balodan qutulib, Oltiniman oshuvini oshgandan so‘ngra, Boshchi saroyiga tushdik.
Bu yerda So‘quluq tungonlaridan Xanjar halpa degan kishi bola chaqa, ot aravalari
bilan bir saroyda yotgan ekan. Oltiniman dovonida qorbo‘ronda qolishganlikdan, ikki
qo‘lini sovuq oldirib, ishga yaramay hayronlikda turmish edi. Men uchun bu ish ko‘p
qulay kelgani ustiga, bular ham men kabi ishonimli bir yordamchiga muhtoj edilar.
Shuning uchun barimiz birgalikda ishimiz o‘nglanib, aravachi xizmatini bajargan holda
yo‘lga tushdik. Orada ikki qo‘nib, Bo‘rig‘ujur qishlog‘iga yetganimizda qarasak, bu yerga
yuqorigilardan ham qattiqroq to‘sqovul qo‘yilmish ekan. Shunday bo‘laturib, ich ora
aravachilaridek qamchini sudraganimcha, qorovulxona oldidan o‘tib 15 chaqirimcha
yurgach, salomat Yorkent shahriga yetdik.
Bu yerdan Xitoy chegarasi Qo‘rg‘os 46 chaqirim yo‘l bo‘lib, Sharqiy Turkistonda
bo‘lgan Jung‘oriya o‘lkasining g‘arbiy chegarasi hisoblanganlikdan, bu shahar ilgari,
ayniqsa, chor hukumati davrida obod bo‘lib, yaxshigina bezatilmish edi. Tarixiy va
siyosiy ahamiyatga ham ega edi. Bu yerdagi ko‘pchilik turg‘un xalq bu tarixdan
taxminan 200 yillarcha ilgari Oltishahardan keltirilgan, asli uyg‘ur bo‘lsa ham, o‘zaro
taranchi deb ataladilar. Bularning kelib chiqish taryaxlari vaqti kelgach o‘z o‘rnida