Microsoft Word turkiston qaygusi ziyouz com doc



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/120
tarix06.10.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#152649
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   120
www.ziyouz.com kutubxonasi 
67
yuqoriroq joyda yasalgan minoracha ustida ham, bir qorovul o‘tgan ketganlarni tekshirib 
turmish edi. Bular oldidan o‘tish biz uchun ancha og‘ir bo‘lsa ham, boshqa choramiz 
yo‘qligidan o‘tishga majbur edik. Biroq, biz u yerga yaqinlashganimizda nima bo‘ldi 
ekan, qarab turgan qorovul yuqoridan tushib, shoshilganicha askarxona qo‘rg‘oniga kirib 
ketdi. Buni ko‘rgach biz ham ot yurishini tezlatib, qo‘rg‘on eshigidan ellik qadamcha 
o‘zg‘an edik: «Hoy-hoy», degan chaqiriq tovushi kela boshlagach, yo‘ldoshimga 
«qarama qarama», deb eshitmagan kishidek ketaverdik. U ham ikkinchi chaqirmadi. 
Xudo o‘nglab bundan ham ziyonsiz o‘tib oldik. 
Shu yurganimizcha o‘rtalikdagi to‘qay ichida ketayotganimizda chegara saqlovchi 
Shiva, Solan cheriklaridan qurollik bir otliq odam oldimizdan chiqa kelib: «Hay, to‘xta, 
qaerdan kelasizlar? Narigi yokdan o‘tgan kishilarga o‘xshaysizlar. Yo‘lxatlaring bormi?», 
dedi. Buning dahshatin ko‘rgach, boshqa so‘z aytqali bo‘lmadi. Yo‘ldoshim G’iyosoxun 
xitoy pasportini ko‘rsatib edi, unga qaramay yoniga solib olib: «Qani yomug‘o (turmaga) 
yuringlar», deb bizni haydaganicha yo‘lga tushdi. Yo‘ldoshim ikkovi xitoychalab nari-beri 
aytishib, yarim soatcha yurganimiz so‘nggida qarasam, ish ko‘payadiganga o‘xshaydi. 
Bir tadbir ishlatmoqchi bo‘lib: «Hay loya, ruxsat bering, tahorat sindirib olaylik», deb 
shu yerga tushdik. So‘ngra uni bir chetga chaqirib: «Bu kishining pasporti bo‘lsa, kuchlik 
yo‘lxatlari ham bor, qaerga olib borilsa ham foydasi yo‘q, quruq ovoragarchilik bo‘ladi, 
undan ko‘ra bir oz choy puli olib bersam qanday bo‘lar ekan?», dedim. «Choy puli» 
qulog‘iga kirgach «mohu mohu»lab, darrov so‘zi yumshab qoldi. Yo‘ldoshim bunga rozi 
bo‘lmagan bo‘lib tursa ham, men zurlag‘andek bo‘lib ko‘rinib, 20 tangani qo‘liga berishim 
bilan orqasiga qaramay chopqanicha ketdi. 
B a y t: 
Qadri yo‘q gavhar so‘zing olchoq kishilar oldida,
Durni taqsang na bilur, it og‘ziga tashla suyak. 
Shu bilan buning ham og‘zi yopilib, qaytib ketishi bilan biz ham shu yurganimizcha 
Suyding shahriga yetdik. Bu esa Ili o‘lkasida qurilgan shaharlardan biri, yo‘lovchilar 
saroyida bir kecha yotib, ertasi kuni G’ulja shahriga qarab yo‘lga tushdik. Bir soatcha 
yo‘l yurganimizdan so‘ngra Qura shahriga keldik. Kura Ili o‘lkasida qurilgan to‘qqiz 
qo‘rg‘on ichida eng ahamiyatligi, ayniqsa, harbiy tomondan o‘lka bo‘yicha hukumat 
markazi hisoblanur edi. Bu yerga kelgach, erkin hayotda o‘z ixtiyoricha yashayotgan 
baxtlik kishilarni ko‘rib, qattiq ta’sirlanmish edim. Chunki, sovet hukumati qurilgandan 
boshlab, ularning shum qadamligidan tirikchilikka kerak har narsa qahatchilikka 
uchramish edi. Chegaradan o‘tgach qarasak, do‘konlarda turlik mollar tiqilib yotmish edi. 
Boshqa davlatlardan keltirilgandir deb gumon qilib so‘rasak, bu mollarning hammasi 
sovet tomonidan yuborilmish ekandur. 
Bu hukumat qurilgan kunidan boshlab, o‘z xalqining har qancha qiyinchilik, og‘ir 
ahvolda yashayotganiga qaramay, balki butun narsalarini iqtisodiy tuzoq qilib
boshqalarni ham o‘z yo‘liga tortish uchun, chet ellarga chiqarib turishni o‘ziga qonun 
tutmish edi. Sovet hokimiyati zulmi ostida ezilayotgan yerlik xalqlar esa, butun oilasi 
barobar jon kuchlari bilan ishlab, o‘z tuproqlarida yetishtirgan mehnat hosilining yuzdan 
biriga ham ega bo‘lolmaydilar. Yolg‘izgina mehnat hosilotiga ega bo‘lmaslik emas, balki 
bular qo‘l ostida yashovchi kishilar insoniy huquqlaridan ham butunlay mahrum etilgan 
holda, hayvonlarcha erkixtiyorsiz xizmat qilishga majburdirlar. 
Dunyo yaratilib, inson nasli yer ustiga tarqalgan kunidan boshlab, hech bir zamonda 
bu kabi aqldan tashqari, buzuq maslakli olchoq odamlar xalq ustida hukmron 
bo‘lmaganligi ma’lumdir. Shuning uchun eng ogir dahshatlik kun qaysi deb 
payg‘ambarimizdan so‘raganda: «Haromzodalar o‘gli haromzodalar xalq ustidan 
ixtiyorsiz hukm yurgizsa o‘sha kun», dedilar. Yana Rasulullohning aytishlaricha, har bir 


Turkiston qayg’usi. Alixonto’ra Sog’uniy 

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin