www.ziyouz.com kutubxonasi
69
yetkazishlari lozimdir. Shu safarimda chegaraga yetkunchalik och yalongoch bolalarga, oriq tuyaga yuklangan orqada ochlikdan gandiraklashib piyoda yurolmay ketayotgan er xotin qozoq oilalariga yo‘l bo‘ylab ko‘p uchrangan edim. O’sha vaqt ulardan qattiq ta’sirlanganim uchun chegaradan o‘tgach, ularni eslab, ko‘rgan ahvolni yozishga majbur bo‘ldim. Shu bilan Kuradan chiqib, G’ulja tomonga qarab yo‘lga tushdik. Taxminan 25
chaqirimcha yurib, G’uljaga yaqinlashib qolganimizda, Bayondoy shahri harobasi yonidan
o‘tishga to‘g‘ri keldi. Bu shahar esa Koshg‘arda 12 yil hukm surgan 1270 tarixi hijriyda,
butun Sharqiy Turkiston o‘lkasini Xitoy bosqinchilari qo‘lidan ajratib olib, uyg‘ur turklari
tomonidan xon ko‘tarilgan Yoqubbek otaliq davrida harob bo‘lmish edi. Shundoqki,
Uyg‘uriston Oltishahardan Ili o‘lkasiga askarlik xizmati uchun Xitoy xoni buyrug‘i bilan
majburiy ravishda ko‘chirib keltirilgan uyg‘ur taranchilari, xitoylarning zulmlariga
chidayolmay tungon musulmonlari bilan birlashgan holda, zolimlarga qarshi qo‘zg‘almish
edilar. Oxirida birlashgan musulmonlar ittifoqlik sharofatidan zolim xitoy askarlarini tor
mor keltirib, milliy hukumatlarini qurmish edilar.
Buyoqdan Yoqubbek otaliq janubiy Oltishaharni Xitoy bosqinchilaridan tozalagach,
shimoliy tomondagi Jung‘oriya markazi hisoblangan Urumchi shahrini, ittifoqqa
kelmagan, sulhga unamagan johil tungonlar bilan urushib, g‘alaba qozongandan
keyingina qo‘lga keltirdi. So‘ngra, shimoliy tomondan kelib, butun G’arbiy Turkistonni
bosib olgan chor Rusiyasiga qarshi siyosat qo‘llab, G’ulja hokimi taranchi Qorasultonni
birlik ittifoqlikka undab, elchi yubormish ekan. Bu johillar boshlig‘i o‘zining ongsizligidan
asosiy maqsadni tushunmasdan, rad javobi bilan ularni quruq qaytaradi. Yo‘q esa, otaliq
talabi bilan o‘sha vaqtdagi Turkiya sultoni Abdulaziz xalifa tomonidan yuborilgan olti
nafar turk afandilari uyg‘ur, o‘zbek o‘g‘illaridan tuzilgan otliq askarlarni butunlay yangi
intizom ostiga olmish edilar.
Yoqubbek otaliq Hindiston malikasi Angliya qirolichasiga ikki qayta, Turkiya sultoni
xalifa Abdulaziz hazratlariga itoat bildirib bir marotaba, elchi yubormish edilar. Buning
natijasi bo‘lib, o‘zining manfaati uchun qirolicha tomonidan birinchi navbatda 10 ming,
ikkinchi navbatda esa 24 ming pistonlik miltiq sovrun berilmushdir. Xalifa tomonidan
esa, oz ko‘p urush qurollari va askar yasoqlari bilan harbiy xizmatlarni yo‘lga qo‘yib
tartibga solish uchun, yuqoridagi afandilar kelmish edilar. Mana shular orqalik otliq, oyoq
askarlar va boshqa butun harbiy ishlar turk askarlari tartiblari bo‘yicha tuzilmish edi.
Shu sabablik o‘zlaridan qancha ko‘p ortiq qarshi askarlarni yengib, oz fursat ichida
Urumchi shahrini qo‘lga kelturdilar. U yerdan o‘tgach, Qutubiy, Sonji, Monos, Shixuga
yaqinlashganlarida bunga qarshi shoshilinch ravishda Olmota gubernatori qo‘mondasida
chiqqan chor Rusiyasi bosqinchilari G’uljani bosib oladilar. Shu bilan qancha musulmon
qonlari badaliga yangigina qurilgan davlat asosan ittifoqsizlikdan ruslar bilan bir
to‘qnashishga ham yaramay zavolga uchraydi.
Endi, ustida shunchalik tarixiy so‘zlar yozilishiga sababchi bo‘lgan Bayondoy
harobasidan o‘tkanimizdan so‘ngra, shaharga qarashlik Do‘ngmahalla bilan Qo‘rg‘ontepa
Kura darvozasi ostiga keldik. O’rta asr turmushlarini eskartadigan, xitoy odatlariga ko‘ra
shahar atrofi besh olti metr egizlikda (balandlik) tuproq qo‘rg‘onlar bilan o‘ralib, to‘rt
tomonidan to‘rt darvoza qurilmish edi. Darvoza tashqarisida ot tuyog‘i botqudek balchiq
ko‘rmagan bo‘lsak ham, darvozadan kirgach, tizzadan yuqorigacha sassiq, qora botqoq
kechib, shahar ichiga kirdik.
So‘ngra so‘rab surishtirib, bir yerda tug‘ilib, bir kentda o‘sgan To‘qmoqdagi o‘z
mahallamizdan ketishgan uyg‘ur Olmozbek hoji o‘g‘illari Turdoxunbek, Qurbontay qori
uylariga kelib tushdik. Uy egalari boshliq zol to‘lgan odamlar yugurganlaricha chiqishib,
bizni qarshi oldilar. Qarasam, shuncha ko‘p kishilar ichida birovi ham yot emas edi.